Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Doimiy uyquchanlikdan qutulish choralari
Doimiy uyquchanlikdan qutulish choralari

Doimiy uyquchanlikdan qutulish choralari

Doimiy uyquchanlikdan qutulish choralari
Doimo uyqungiz kelib, yostiqni orzu qilib yurasizmi? Quyidagi oddiy maslahatlar uyqungizni qochirib, tetik tortishingizga yordam beradi.

Tanaffus qiling!

Ish joyingizda ko‘zlaringiz yumilib ketaversa, joyingizdan turib, biroz oyoqlaringiz chigalini yozing. Ishingiz bir zayldagi harakatlardan iborat bo‘lsa, kichik tanaffuslar bilan xayolingizni biroz chalg‘itishingiz kerak.

Olma yeng!

Kam-kamdan, to‘g‘ri tanlangan mahsulotlar bilan tamaddi qilib turish ham o‘zingizni tetik his qilishingizga yordam beradi. Bunday mahsulotlarga olma, ismaloq, suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa, grechka, shokolad, loviya kabilar misol bo‘ladi. Bundan tashqari, mutaxassislar me’yoridan ortiqcha yemaslik va yog‘li ovqatlardan uzoqda bo‘lishni maslahat berishadi.

Mizg‘ib oling!

Jorjtaun universiteti tomonidan aniqlangan: kunduzi mizg‘ish jarayonida miyaning mantiqiy fikrlash va xotira jarayonlariga javob beruvchi chap yarim shari dam oladi va tiklanadi. Shuning uchun, kunduzgi uyqudan keyin odam tetiklashib, mehnat qobiliyati oshadi, tiniq fikrlay boshlaydi. Kunduzgi uyqu qisqa bo‘lishi kerak, buning uchun 15—20 daqiqa yetarli, deyishadi mutaxassislar. Kunduzgi uyquning vaqtini to‘g‘ri tanlash ham ahamiyatga ega. Kech tushayotganda mizg‘imaslik kerak, bu tungi uyqusizlikka olib keladi.

Pardalarni oching!

Siz o‘tirgan xona nimqorong‘i bo‘lsa, darrov uyqu bosa boshlaydi. Pardalarni oching, chunki quyosh nuri melatonin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Melatonin esa, biologik soatlarning to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydi. Bulutli ob-havoda chiroqni yoqib o‘tiring.

Derazalarni oching!

Kislorod yetishmasligi uyquchanlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biri. Shuning uchun derazalarni ochib, xonani shamollatib turing. Vaqtingiz bo‘lsa, toza havoga chiqib, biroz sayr qilib keling.

Sovuq suvda yuvining!

Bu charchog‘ingizni ketkazadi va tetiklashtiradi.

Qahva iching!

Kofein inson tanasi faolligini haqiqatdan ham oshirishini Kardiff universiteti xodimlari aniqlashgan.

Yuqoridagi chora-tadbirlarga qaramasdan baribir uyquchanlik saqlanib qolsa-chi? Nima qilamiz?

Kechasi to‘yib uxlang!

Kattalar uchun tungi uyquning davomliligi 7—9 soat bo‘lishi kerak. Bunda uyquning sifatini yaxshilashga ham e’tibor bering.

To‘g‘ri ovqatlaning!

Ovqatlanish tartibiga rioya qiling va ratsioningizda oqsil, yog‘ va uglevodlarning to‘g‘ri miqdorda bo‘lishiga etibor bering. Suvni yetarli miqdorda iste’mol qiling.

Shifokor qabuliga boring!

To‘g‘ri va tartibli turmush tarzingizga qaramasdan, sizda doimiy uyquchanlik saqlanib qolaversa, shifokorga murojaat qilganingiz ma’qul.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: