Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » EHTIYoT BO`LING: AYoLLAR SALOMATLIGINING 5 «DUShMAN»I
EHTIYoT BO`LING: AYoLLAR SALOMATLIGINING 5 «DUShMAN»I

EHTIYoT BO`LING: AYoLLAR SALOMATLIGINING 5 «DUShMAN»I

EHTIYoT BO`LING: AYoLLAR SALOMATLIGINING 5 «DUShMAN»I
Ko`rkam libos va pardoz-andoz faqat sog`lom ayolgagina yarashadi. Shu bois ham biz, ayollar salomatligimiz haqida hammadan ko`ra ko`proq qayg`urishimiz zarur. Sog`liq uchun kurashar ekanmiz, uning “dushman”lari nimalar ekanligini bilish zarar qilmaydi, albatta.

Parhez – foyda emas, zarar!

Ideal qomat va go`zal chehra sohibasi bo`lishga haddan ziyod intilib, ko`pchilik ayollar o`z sog`lig`iga zarar keltirayotganini sezishmaydi ham. Bilsangiz, ayol organizmining birinchi raqamli dushmani ochlikdir. Parhezga rioya qilib, majburan och yurish koni zarar. Eng yomoni esa ko`pchiligimiz qaerdadir o`qigan yoki dugonamizdan eshitganlarimizga rioya qilamiz. Malakali mutaxassis bilan esa maslahatlashmaymiz. Odatda, bunday parhez kutilgan natijani bermaydi, organizmning odatiy ozuqasidan bosh tortish esa sog`liq bilan bog`liq katta muammolarga sabab bo`lishi mumkin. Masalan, yurak ritmining buzilishi, soch to`kilishi, osteoporoz, qabziyat, tomir tortishishi va ko`ngil aynishi kabilarni olaylik. Bularning bari sillani quritib, asabga ham ta`sir etmay qolmaydi.

Tor liboslardan voz keching!

Sarvqomat bo`lay, deb ayollar tor-tarang liboslarni kiyib yurishga odatlanishgan. Ayniqsa, qomatni bir necha santimetr kichikroq qilib ko`rsatuvchi ichki kiyimlarni kiyishni ham kanda qilmaymiz. Shifokorlarning ta`kidlashicha, muntazam tor kiyimlar kiyish organizmda modda almashinuvini izdan chiqarib, ginekologik va endokrinologik kasalliklarga sabab bo`ladi, bepushtlikni rag`batlantiradi. Xususan, tor shim kiyish oqibatida qizlarda tos suyagining qisqarishi, ya`ni torayish yuz bermoqda. Bu esa ayolni eng oliy vazifasi – farzand dunyoga keltirishdan mahrum etishi ham mumkin. Shuningdek, ichki kiyimlarni tanlayotganda tabiiy matodan tikilganlarini sotib olish maqsadga muvofiqdir.

Baland poshnali poyabzal

Baland poshnali oyoq kiyimlar ayol kishiga yanada maftunkorlik baxsh etishi bilan birga uning o`ziga bo`lgan ishonchini ham oshiradi. Ammo soatlab noqulay holatda turgan oyoq mushaklari charchaydi va moddalar almashinuvi buzilib, turli salbiy natijalar yuzaga keladi. Oyoqning tovon qismi balandda bo`lgach, asosiy bosim oyoq kafti ostiga tushadi. Me`yor buzilishi tananing ustuni – umurtqa pog`onasiga og`irlik qilib, ayolning gavda tuzilishida o`zgarishlar yuzaga keladi. Uzoq muddatli va haddan ortiq kuchli zo`riqish mushaklar toliqishi va oyoq panjalari zo`riqishiga olib keladi. Oyoq panjalarida, boldir, tizza bo`g`imlari, bel sohasi va boshda og`riq paydo bo`lishi mumkin. Oyoq tomirlarining varikoz kengayishi, asab bilan bog`liq turli dardlar, orttirilgan ko`ndalang yassioyoqlik kelib chiqishi, shuningdek, yosh o`tgan sari oyoq barmoqlari shaklining o`zgarishi, podagra yuzaga kelishiga ham baland poshnali oyoq kiyimlar sabab bo`ladi.

Harakatsizlik

Uzoq muddat bir joyda o`tirish – ayollarning eng katta dushmanlaridan biri. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, bir erda ko`p vaqt o`tirib ishlaydigan odamlar faol kishilarga nisbatan o`rtacha o`n yilga erta qariydilar. Muntazam o`tirish ortiqcha vazn va moddalar almashinuvi buzilishiga olib kelishi isbotlangan. Kamharakat turmush tarzi bavosil (gemorroy), osteoxondroz, semirish, yurak etishmovchiligi kabi oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, harakatsizlik tufayli umurtqa arteriyasi tizimida sustlik yuzaga kelib, miyaning qon bilan ta`minlanishi buzilishi ham mumkin. Bundan bosh og`rig`i kelib chiqadi, xotira pasayadi, qon bosimi ko`tariladi va holdan toyish kuchayadi. O`tirganda bel sohasidagi umurtqa diskiga tushadigan bosim to`rt baravar oshadi. Bunda nimjon qorin mushaklari umurtqani umuman “qo`llab-quvvatlay” olmay qoladi. Natijada, belingiz bukilib, qorin osilib qoladi va u ichki a`zolarning siljishiga olib keladi. Bu esa oshqozon-ichak yo`lida sodir bo`ladigan ko`pgina muammolarga sababdir. Bundan tashqari, kamharakat turmush tarzi kichik tos sohasida qon aylanishining buzilishini keltirib chiqaradi.

“Engilgina” shamollash

Engilgina shamollash, vaqtida davolanmagan tish kasalliklari, angina, sovuq, zax erda o`tirish – ko`pchilik ayollar uchun tanish holat, to`g`rimi? Bunday e`tiborsizlik sog`liqqa zarar keltiradi. Chunki, odatda, buyrakdan siydik yo`ligacha bo`lgan a`zolar qonni tinimsiz bakteriyalardan tozalaydi. Organizmda issiqlikni saqlash o`rniga sovqotish yuz bersa, jinsiy a`zolarda yallig`lanish paydo bo`ladi. Shamollashdan keyin bel sohasida tortuvchi og`riq, hojatga borganda achishish, kechga yaqin ozgina isitma kuzatilsa, bilingki, «oddiygina” shamollash nafas yo`llaridan ancha pastga, siydik yo`llariga o`tgan. Shamollashni davolash vaqtida ko`proq issiq o`ranib yotish, tomoqqa kompress qo`yish, oyoqni issiq vanna qilish tavsiya etiladi. Bu oddiy muolajalar bilan yallig`lanishning buyrak, qovuq va jinsiy a`zolarga o`tishiga yo`l qo`ymaslik mumkin.

Aziz ayollar, o`z sog`lig`ingizga bee`tibor bo`lmang!

Oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Nafisa SULTONOVA tavsiyalari asosida Dilnoza Shuhrat qizi tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: