EHTIYoT BO`LING, LARINGIT!

EHTIYoT BO`LING, LARINGIT!

EHTIYoT BO`LING, LARINGIT!
.So`nggi paytlarda tahririyatimizga qo`ng`iroq qilayotgan yosh onalarni ko`p qiziqtirayotgani uchun bugun laringit haqida ma`lumot berishga qaror qildik.

Bu qanday kasallik?

Laringit — hiqildoq shilliq pardasining o`tkir yallig`lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Ko`pincha u o`tkir respirator xastaliklar, gripp bilan birga kechadi. Laringitning qoqshol va qizilcha xastaliklari bilan birga kechgani ham kuzatilgan. Aksariyat hollarda kasallik maktab yoshigacha bo`lgan bolalarda uchraydi va ayniqsa allergiyaga moyilligi borlarda og`irroq kechadi. Bu bolalar hiqildog`ining anatomik jihatdan tor tuzilganiga ham bog`liq. Katta yoshdagi insonlarda kasallik kechishida nafas olish yo`lining torayishi 19 foiz bo`lsa, bolalarda 75 foizgacha bo`g`ilish yuzaga kelishi mumkin. Aynan shu holat bolaning hayotiga xavf soladi.

Laringitning bir qancha ko`rinishlari mavjud: kataral, gipertrofik, atrofik. Bularning barchasi bir-biridan belgilari bilan ajralib turadi.

Kataral turi — laringit kasalligining engil formasi. Xirillash, tomoqning qichishib achishishi, damba-dam yo`tal bilan namoyon bo`ladi.

Gipertrofik laringitda xirillashning zo`rayishi, yo`tal va qichishish kabi alomatlar bor. Kataral laringitdan farqi shundaki, hiqildoqda to`g`nog`ichning boshidek keladigan kichik tugunchalar paydo bo`ladi. Aynan shu ovozning xirillashiga sabab bo`ladi.

Atrofik laringitda hiqildoq shilliq qavatining yupqalashgani kuzatiladi. Og`iz qurib, og`riqli yo`tal bezovta qiladi. Qattiq yo`talganida balg`am qon aralash ko`chishi ham mumkin. Laringitning bu turi bolalarda deyarli uchramaydi.

Kasallikning kelib chiqishiga…

…umumiy va mahalliy sovqotish,
tovush chiqarishdagi zo`riqish (baqirish, sovuqda uzoq gapirish),
muzdek ichimliklar va allergik holatga olib keluvchi eguliklar iste`moli sabab bo`lishi mumkin.
Alomatlariga bee`tibor bo`lmang!

Bolalarda kattalarga qaraganda bu kasallik turli darajadagi stenoz (nafas bo`g`ilishi) bilan kechadi. Xastalik to`satdan yarim tunda tana haroratining oshishi, yo`tal bilan boshlanadi. Nafas olishi shovqinli bo`lib, hansirash yuzaga keladi. Masofadan ham bolaning xirillab nafas olayotgani eshitiladi. Bola tomog`ining qurigani, achishganini, ba`zan hiqildog`idagi og`riqdan shikoyat qiladi. Ovoz xirillashi, qo`pollashishi yoki umuman yo`qolib qolishi mumkin. Nafas olishdagi qiynalish oqibatida yurak etishmovchiligi yuzaga kelish ehtimoli oshadi. Bu esa bola hayoti uchun xavfli. Bemor to`g`ri davolansa, kasallikning 3-4-kunlarida balg`am ajralishni boshlaydi. 7-10 kundan so`ng esa laringit alomatlari butunlay yo`qolishi mumkin. Kasallik boshlangan zahoti ota-onalar tomonidan ko`riladigan choralar sog`ayishning tezlashishiga yordam beradi. Laringitning birinchi belgilari paydo bo`lganda shifokorga murojaat etish zarur. Kasallik tunda xuruj qilganida esa «Tez yordam» chaqirish kerak.

«Tez yordam» etib kelgunicha…

Bolani toza havodan nafas oldirish, ko`proq suyuqlik ichirish va yarim o`tirgan holatda ushlash kerak.
Uni chalg`itadigan muolajalar yordam berishi mumkin. Masalan, oyoq uchun issiq vanna tanada qon aylanishini yaxshilab, hiqildoqdagi shishlarni kamayishiga yordam beradi.
Ovoz paylarini zo`riqtirmaslik tavsiya etiladi, unga qulay sharoit yaratib, kamroq gapirtirish, yig`latmaslik kerak.
Nafas olishini kuzatish zarur. Og`zi emas, burni bilan nafas olsin. Og`zidan nafas olganida tomoq qurib, xirillash kuchayadi.
Tez-tez, oz-ozdan suyuklik ichirish kerak. Qanchalik ko`p suyuqlik ichsa, sog`ayish jarayoni ham tezlashadi. Buning uchun ilitilgan sut, gazsiz mineral suv, shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlama ayni muddao.
Tamaki tutuni, bo`yoq yoki boshka zararli narsalarning hididan nafas olmasligi kerak.
Davo choralari

Laringitni davolashning eng samarali usuli ingalyasiya hisoblanadi. Lekin ahamiyat berish kerakki, laringit bilan og`rigan bemorlarga sovuq ingalyasiya (maxsus ingalyator apparat orqali) qilinadi. Ingalyasiya vaqtida bola og`zi bilan nafas oladi, bu muolajani kun davomida 3-4 marta takrorlab turish lozim. Uy sharoitida esa ingalyasiya qilish mumkin emas. Bu ish faqatgina shifokor nazorati oastida amalga oshirilishi kerak.

Kasallikning birinchi kunlarida oyoq uchun 42-45 daraja issiq vannalar yaxshi yordam beradi. Bu muolaja uyquga yotishdan avval 20-30 daqiqa davomida bajarilgani ma`kul.

Laringitda tomoqdagi qichishish va shilliq qavatlar yallig`lanishini davolash uchun tarkibida giyohlar bo`lgan dorilar, to`qimalardagi shishlarni ketkazishga mo`ljallangan antigestamin (allergiyaga qarshi) dorilardan foydalaniladi.

Kichkintoyni laringitdan himoyalash uchun…

Go`daklarni imkon qadar ko`krak suti bilan boqish kerak. Bu bolani har qanday infeksion kasalliklardan himoyalashning eng samarali chorasi.
Kichkintoyning organizmini chiniqtirib borish lozim.
Allergiyaga moyil bolalarda parhez muhim ahamiyatga ega.
Parhez

Parhez ham davolashning muhim shartlardan biri hisoblanadi. Sovuq, juda issiq, achchiq, sho`r eguliklar, shirinliklar, gazli ichimliklar tavsiya etilmaydi. Sitrus mevalar, tuxum, shirinliklar, asal, yong`oq, mosh, no`xat, tovuq va qo`y go`shtidan tayyorlangan ovqatlar mumkin emas. Sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan eguliklar, qizil rangli meva-sabzavotlar, giyohlardan tayyorlangan damlama (shifokor tavsiyasiga ko`ra), mol go`shtidan qaynatib, bug`da dimlab pishirilgan taomlar berish mumkin.

Laringit bilan og`rigan bolani shifokor nazoratida ostida davolash kerakligini unutmang!

Oliy toifali shifokor-pediatr Qahhor RAShIDOV

tavsiyalari asosida

Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: