Ehtiyot bo`ling, yozgi angina!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ehtiyot bo`ling, yozgi angina!
- Дата релиза: 17-06-17, 23:34
Bu holatga deyarli har birimiz duch kelamiz. Ba`zilar esa shu kasallik bilan umrbo`yi kurashib kelishadi. Yozning jazirama kunlaridagi angina esa ikki karra muammoli. Gap oddiygina tomoq og`rig`i haqida ketmoqda. Lekin mana shu oddiy og`riqni vaqtida davolamasangiz, asorati muhim a`zolar, ayniqsa yurakda sezilishi mumkin. Ushbu kasallik haqida shifokor-otolaringolog Timur MADAZIMOV ma`lumot beradi.
–Ko`p yillardan beri anginadan aziyat chekaman. Bu kasallikning sababi nimada? Nima qilsam uning hurujlaridan saqlanishim mumkin?
Shohida, Toshkent shahri
TARQATUVChISI O`ZINGIZDA
Odamning tomog`i istalgan mikrob-virus uchun ochiq darvozadek gap. Ammo biz doim kasal bo`lmaymiz. Sababi, aynan tomoqda mikroblarni o`tkazmaydigan limfa uzugi bor. U erdagi killer-hujayralar tomoqqa yaqinlashgan kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ba`zan qo`zg`atuvchi ichingizda – quloq, burun, kariesli tishlar, hullas, yallig`lanish o`chog`ida tinchgina yashaydi. Kuchli charchoq, yoz kunlari kondisioner tagida o`tirish, muzdek suvni huzurlanib ichish, hatto qattiq asabiylashish ta`sirida immunitet sustlashsa, kasallik boshlanadi. Angina xasta odam bilan yaqin muloqotda bo`lganda ham yuqadi.
BELGISIGA E`TIBOR BERING
Bodomcha bezlari yallig`langani sabab, tomoq qichishadi, behollik qiynaydi, yutinganda tomoqda og`riq seziladi. Bu engil turi bo`lib, vaqtida davo choralari ko`rilsa, 3-4 kunda o`zingizga kelasiz. Ammo anginaning kuchliroq (follikulyar) turiga uchragan bo`lsangiz, kasallik baland isitma bilan boshlanadi, odam titraydi, og`riq quloqda, mushak, qo`l-oyoq bo`g`imlari, hatto belda seziladi, ishtahasi bo`g`iladi. Kasallikning bu turi 10 kundan ziyod davom etishi mumkin.
DORINI FAQAT ShIFOKOR BUYuRSIN
Dorivor vositalarni faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish kerak. Odatda, antibiotik yordamiga tayaniladi. Shu yo`l bilan kasallik surunkali tus olmaydi. Asosiysi, bu davrda davoni «yaxshi bo`lib qoldim-ku», deya to`xtatmang. Chunki organizmda mikroblar qolib ketib, keyinchalik shu antibiotik umuman yordam bermay qo`yadi. Tomoq og`rig`ining ilk belgilarini sezishingiz zahoti, keyin asorati bo`lmasligi uchun 2 kun, albatta, yotib dam oling. Ovqatni kamroq esangiz-da, suyuqlikni tez-tez, iliq (qaynoq emas) holda iching. Kasallikdan keyin immunitetni ko`tarish ishlari – chiniqish, badantarbiya bilan shug`ullanish va og`izni har kuni sho`r suvda chayish sizni kasallikdan asraydi.
GIGIENA MUHIM
Angina yuqumli kasallik! Oila a`zolariga yuqmasligi uchun, idish-tovog`ingizni alohida qiling. Bu shaxsiy buyum va anjomlarga (sochiq, yotoq choyshab va h.k.) ham tegishli.
Uzoq vaqtdan beri yiringli anginadan qiynalaman. Tabibga borganimda kasalimni davolashda bir usuldan foydalandi: qulog`imdan qon chiqardi. Ushbu usul haqiqatan ham anginada kor keladimi?
Avvalo, tabib aniq qanday muolaja qilganini bilmaymiz, balki u quloq atrofiga zuluk qo`ygandir? Buning ta`sirida bemorning tana harorati pasayib, ahvoli yaxshilangan bo`lishi ham mumkin. Unutmang, har bir bemorga buyuriladigan davo individual (uning o`ziga xos) bo`lishi kerak. Axir bir kishiga kor kelgan usul boshqa bir odamda allergik reaksiya chaqirishi yoki undan-da noxush holatlarga sabab bo`lishi mumkin. Maslahatim, bu kasallik bilan bevosita shug`ullanadigan terapevt, LOR shifokori ko`rigidan o`tib, tegishli tahlillar topshirgan holda davolaning. Noan`anaviy tibbiyotga qiziqsangiz, uy sharoitida quyidagi davo choralarini qo`llashingiz mumkin:
Nafisa, Toshkent viloyati
Shotut, anor sharbatlarini isitib ichish anginani quvishga yordam beradi.
*Lavlagi sharbatini 1-2 limon shirasi bilan aralashtirib, tomoq chayiladi. Aralashma tezkor va samarali davo beradi.
*Shivitli choyni kun davomida ichib yuriladi va tomoq chayiladi.
*Qalampirmunchoq damlamasida og`iz chayiladi.
*Bug`doy qipig`ini qaynatib, suvini kun davomida iliq holatda ichiladi.
*Asalari mumini 10 daqiqa davomida chaynab keyin tuflab tashlanadi.
OLDINI OLISh OSONROQ!
Anginaga chalinmaslik uchun sizni hech narsa bezovta qilmasa-da, LOR shifokoriga borib, quloq-tomoq-xalqum a`zolarini yaxshilab tekshirtirib, tomog`ingizni 1-2 marta yuvdirish kerak. Bu bilan tomoq-xalqumdagi yallig`lanish yo`qotiladi va kasallikning oldi olinadi. Afsuski, bu yo`ldan deyarli hech kim foydalanmaydi. Vaholanki, bu bilan halovatingiz, vaqtingiz va naqdingizni asrab qolasiz. Tishlardagi karies, ayollarda sistit va boshqa yallig`lanishlarni o`z vaqtida davolasangiz, asosan meva-sabzavotlar va sharbatlarni ko`p-ko`p iste`mol qilsangiz, angina sizga yaqinlashmaydi.
Barno XOJIMIRZAEVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар