Eng samarali 10 parhez

Eng samarali 10 parhez

Eng samarali 10 parhez
Zamonlar osha bir savol go`zal hilqat vakillariga hech tinchlik bermay keladi: qanday qilib ortiqcha vazndan tez va oson xalos bo`lish mumkin? Qisqa muddat ichida samarali ozdiruvchi dietalar haqiqatan ham mavjudmi yoki bu o`ylab topilgan afsonami? Qolaversa, hayotda shunday vaziyatlarga duch kelamizki, muhim bir tadbir oldidan atigi bir necha kun ichida sarvqomatga ayolga aylanishimizga to`g`ri keladi. Ana shunday vaziyatlarda asqatuvchi tezkor dietalar bormi? Albatta, bor!

Mutaxassis: Mariya KOROLYoVA, dietolog

Quyida eng samarali va tezkor dietalar TOP 10 taligini taqdim etamiz:

1.Gollivud tanlovi

Bu dieta jahon yulduzlari orasida juda ommabop bo`lib, davomiyligi ikki haftani tashkil etadi. Unga, ko`ra siz tuz, shakar va yog`ni minimal miqdorda iste`mol qilishingiz, non va xamirli taomlardan butunlay voz kechishingiz talab etiladi. Natijada 7 kg ortiqcha vazndan xalos bo`lasiz.

2.Karam — xaloskor

Karam yog`larni eritishi tufayli uni eng samarali parhezlar qatoriga qo`shish mumkin. Taomnomani karam va karamdan tayyorlangan yog`siz taomlar, salatlar tashkil qiladi. Natija sizni quvontirishi aniq: 1 hafta ichida – 5 kg!

3.Uch kun va natija

Bu dieta 9 kundan iborat bo`lsa-da, har biri 3 kunlik 3 bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqichda faqat guruch, ikkinchisida faqat kartoshka, uchinchisida esa sabzavotlar iste`mol qilinadi. Bundan tashqari, parhez davomida tuz va yog` miqdorini qat`iy nazorat qilish, faqat toza suv ichish zarur. Natijada 7-9 kg vazn yo`qotish mumkin.

4.Grechixali dieta

Grechixa yormasi organizmni shlaklardan tozalab, ortiqcha yog`lardan xalos etadi. Yormani pishirmasdan 3-4 soat qaynagan suvda yumshaguncha ivitish talab etiladi. Hech qanday qo`shimchalarsiz bir hafta davomida ushbu “taom” eyilsa, 5 kg.gacha vazn yo`qotish mumkin.

5.Sho`rvali dieta

Bu parhez menyusiga o`zingizga yoqqan turli sho`rvalarni kiritishingiz mumkin. Ammo sho`rvaga kam miqdorda tuz solish, kartoshka, dukkakli mahsulotlar va yog` qo`shmaslik hamda nonsiz tanovul qilish talab etiladi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan xayrlashasiz.

6.Modellar uchun!

Bu dieta 3 kundan iborat bo`lib, kun davomida faqat 1 ta tuxum va 300 gr tvorog eyish mumkin. Dieta shartlari og`ir bo`lsa-da, natija sizni quvontirishi aniq: 3 kunda 5 kg!

7.Sharbatli parhez

Agar uni tanlashga qaror qilsangiz, sizdan ulkan sabr va matonat talab qilinadi. Chunki kun davomida uch mahal apelsin, greypfrut va limon sharbatlari ichiladi, xolos. Qolgan paytda faqat toza suv ichishga ruxsat etiladi. 3 kunda 5 kg!

8.Ekspress dieta

Bu dieta iste`mol mahsulotlari miqdorini keskin kamaytirish va kechki ovqatdan butunlay voz kechishga asoslangan. Kun davomida o`zingizga yoqqan mahsulotlarni oz miqdorda tanovul qilishingiz mumkin. Taxminan quyidagicha taomnoma ayni muddao:

nonushta: bitta tuxum, shakarsiz choy.

Ikkinchi nonushta: tvorog yoki yog`siz qatiq.

Tushlik: bug`da pishgan 150 gr tovuq go`shti yoki baliq, sabzavotli salat, meva.

Kechki ovqat: shakarsiz choy.

Dieta 5 kun davom etib, 6 kg.gacha ortiqcha vazndan xalos etadi.

9.Ochlik kunlari

Eng tezkor va samarali dieta turlaridan biri, shubhasiz, ochlik kunlaridir. Bu dieta 3 kundan iborat bo`lib, 5 kg ortiqcha vazn yo`qotiladi. Uning birinchi va uchinchi kunlari dietaga kirish va chiqish kunlaridir. Ular organizmni asta-sekin ochlikka tayyorlab, yana me`yorida ovqatlanish rejimiga qaytishga yordam beradi. Bu kunlarda meva-sabzavotlar, engil sho`rvalar tanovul qilish mumkin. Non, dukkakli mahsulotlar, yog`li va xamirli taomlardan voz kechiladi. Dietaning ikkinchi kuni asosiy ochlik kuni bo`lib, kun davomida faqat suv ichish mumkin. Dietadan so`ng oqsilli va yog`li mahsulotlarni rasionga oz miqdordan asta-sekinlik bilan kiritish tavsiya qilinadi.

10. Qatiqli dieta

U tezkor va samarali bo`libgina qolmay, salomatlik uchun g`oyat foydali hamdir. Qatiq tarkibiga kiruvchi qator vitamin va mikroelementlar organizmni tozalab, ichaklar faoliyatini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Dieta bir hafta davom etadi. Іar kuni taxminan 1,5 l qatiq ichish talab qilinadi. Natijada 4-5 kg ortiqcha vazn bilan xayrlashasiz.

Bundan tashqari, dieta davomida dorixonalarda sotilayotgan ozdiruvchi fito-choylardan ham ichishni unutmang. Ular dieta samaradorligini oshirish bilan birga organizmni tetiklashtirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Parhez kunlari sog`ligingizga nihoyatda e`tiborli bo`ling. Noto`g`ri tanlangan yoki me`yoridan oshgan dieta salomatligingizga putur etkazishi mumkin. Istalgan natijaga erishgach, me`yoriy vazningizni saqlab qolish uchun yarimtayyor mahsulotlar, fast-fud va gazlangan ichimliklardan butunlay voz kechishingiz kerak. Yodda tuting: ortiqcha vaznni butunlay yo`qotishda hech qanday dieta doimiy sog`lom turmush tarzi va to`g`ri ovqatlanish kabi yordam berolmaydi.

Ilmira Fayzullaeva tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: