Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Er - Xotinlarga, Ayniqsa Ayollarga Nima Tavsiya Etilishi Mumkin ?
Er - Xotinlarga, Ayniqsa Ayollarga Nima Tavsiya Etilishi Mumkin ?

Er - Xotinlarga, Ayniqsa Ayollarga Nima Tavsiya Etilishi Mumkin ?

Er - Xotinlarga, Ayniqsa Ayollarga Nima Tavsiya Etilishi Mumkin ?

1. Har bir oila ma’lum
yoshlarda
inqirozlardan o’tishi
muqarrar ekanligini
bilib olishingiz, unga
tayyor bo’lishingiz,
shu jumladan mulohaza yuritilgan
yoshda ham ehtiyot bo’lishingiz
kerak. Bunda muomala
madaniyatiga katta e’tibor berish
shirin so’zlar, maqtovlarga xasis
bo’lmaslik kerak. Buni bilmaslik,
bilsa ham foydalanmaslik er –
xotin munosabatlaridagi eng zaif
joylaridan biri ekanligini
unutmang. So’z qudratidan mehr –
oqibat, oila baxti va shaxs
ma’naviyati manfaatida
foydalanmaslik shaxsning
madaniyatsizligi hisoblanadi.
2. Eringiz hayotida mazkur yoshda
o’zga ayol paydo bo’lsa, bong urib
hammaga jar solmang. Bunday
qilsangiz o’zingizga qarshi
ishlagan bo’lasiz va eringizni Sizga
bo’lgan munosabatini keskin
yomonlashuviga, mavjud bo’lgan
mehri, muhabbatini va hurmatini
yo’qolishiga zamin yaratgan
bo’lasiz.
Bunday xabarni eshitish qanchalik
og’ir bo’lmasin, unga falasafiy
qarang, uni oilaviy fojeaga
aylantirmang. Eringiz uchun bu
shunchaki vaqtini xush o’tkazish,
oila doirasida qondirilmagan
psixofizioligik ehtiyojlarini oiladan
tashqari qondirishning bir
ko’rinishi bo’lishi yoki o’z yoshligi
va imkoniyatlarini yana bir
marotaba sinab ko’rish ham
bo’lishi mumkin. Qanday
bo’lishidan qat’i nazar turmush
o’rtog’ingizni oiladan tashqari
munosabatlari Siz o’ylagandek
Sizga nisbatan qalb xiyonati emas,
balki tan sho’xligidir. Bunday
vaziyatda Siz eringiz bilan ilgarigi
munosabatlaringizni faqatgina
sabr – chidam, donoligingiz bilan
saqlab qolishingiz va eringizni tez
vaqtda bu « xastalik » dan
tuzalishiga yordam berishingiz
mumkin.
Aks holda oilada urush - janjallar,
qarindosh va ish joylariga borib
shikoyat qilishlar eringizni, o’z
qo’lingiz bilan o’zga ayol qo’liga
abadiy topshirishingiz bilan
tugaydi.
3. Erning ko’zini o’zgalardan
qayirgandan ko’ra ko’proq
o’zingizga qarashni odat qiling.
O’zingizni tashqi qiyofangizga
qarashni odat qiling. O’zingizni
tashqi qiyofangiz, toza -
pokizaligingiz, did bilan
kiyinishingiz, qaddi – qomatingizni
ko’rinishi, ortiqcha vaznlardan
xalos bo’lish, eng muhimi xulq
go’zalligini yanada
takomillashtirishga, eringizni turli
masalalarda ifodalanadigan
psixofizilogik ehtiyojlarini to’liq
qondirishga alohida e’tibor bering.
4. Erkaklarni uyga mahkam
bog’lashga intilmang. Ular uyda
o’tirish uchunn yaratilmaganligini
unutmang (salomatlik yoki kasbi
yuzasidan uyda ishlaydiganlardan
tashqari ). Ma’lum sabablarga
ko’ra, bir necha kun uyda olib
o’tirganingizdan keyin gaplarni
mag’zini chaqib, xursandchilik
bilan ishiga kuzatib qo’yasiz.
5. Hayotda hech bir chorasiz
vaziyatni o’zi bo’lmaydi. Faqat
ayolligingizga borib, ko’pda
aqlingiz juganini hissiyot qo’liga
bermang. Qanday g’azab yoki
tushkunlik holatida bo’lmang, har
doim hissiyotingizdan aqlingiz
ustunlik qilsin.
6. Ayol mehri manabai bo’lishi
zarurligini unutmang. Mehringizga
faqat qalbingizda emas, balki oila
a’zolaringiz, jumladan er – xotin,
ona – bola munosabatlarida yetarli
ifodalashga e’tibor bering va uni
ifodalashga e’tibor bering va uni
ifodalash malakalarini
bolalaringizda ham shakllantiring.
7. Hayotning eng damlarida, voydodshou.net dan olingan.
Sizning tasavvuringizda eng
chorasiz va qayg’uli kunlarida Sizni
to’laqonli shaxs sifatida
borligingiz, hayot ekanligingizni
o’zi yuksak baxtligini unutmang.
8. Hayotning eng og’ir damlarida
qalbingizdagi dardni eng yaqin
kishingizga aytib dardingizni
yengillashtiring, agar shunday Sizni
tushunadigan odam bo’lamasa,
psixologlarga murojaat qiling, U,
mutaxassis sifatida doimo Sizning
xizmatingizda bo’lishiga tayyor.
9. Er – xotin orasida kuzatiladigan
nizolarni tahlil qilishda, ulardan
xulosa chiqarishda, ilgarigi sevgi –
muhabbat, mehr – oqibat va o’zaro
hurmat hislarini yanada tiklashda
hatto adolat qoidalari ojizlik
qilishini va qalblarda yuzaga
kelgan « muz » ni faqat meht –
muhabbat o’ti bilan eritish
mumkinligini unutmang. Oilaviy
hayotda qonun va inson
huquqlaridan ko’ra, ba’zan qalb
qonunlari va mehr – muhabbat
mezonlariga tayanish ko’proq
samara berishi mumkinligini
unutmang.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: