Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​«Erim farzandli bo`lishimizni istamayapti...»
​«Erim farzandli bo`lishimizni istamayapti...»

​«Erim farzandli bo`lishimizni istamayapti...»

​«Erim farzandli bo`lishimizni istamayapti...»
— 4 oy avval to`yim bo`ldi. Yoshim o`tib borayotgani uchun yaqinlarimning qistovi bilan o`zim tanimagan, bilmagan insonga turmushga chiqdim. To`g`risi, to`yim qanchalik tez bo`lib ketganini tushunolmay ham qoldim. Erim avval uylangan, aytishicha, xotinini juda yaxshi ko`rgan-u, sevgan ayolining xiyonatiga chiday olmay ajrashishga majbur bo`lgan ekan. Nazarimda, hanuzgacha o`sha ayolni sevadigandek. Chunki uning kiyim kechaklariyu buyumlarini hamon asrab yuradi. Bu insonga turmushga chiqishdan avval munosabat o`rnatish mushkul bo`lishini tushunganman, biroq avvalgi xotiniga bu qadar bog`lanib qolganiligini bilmagan ekanman. Kiyimlarini yuvish uchun olsam, buyumlariga tegmaslikni buyuradi, yolg`iz qolganimizda gaplashib o`tirishni istayman, ne istihola bilan og`iz juftlasam, «Menga erkalanma» deb urushib beradi. Bularning barini xiyonatning asorati sifatida qabul qilishim mumkin edi. Biroq homilador ekanimni eshitgan erimning kayfiyati tushib, asabiylasha boshladi. Bir muddat o`tgach, bu bolani tug`ishimga qarshi ekanligini ma`lum qildi. Homilani oldirib tashlashimni istayapti. Nima qilishni bilmay hayronman. Menga ko`ngli yo`q erkakdan farzand ko`rishim to`g`rimi? Maslahat bering...

Zulxumor, 27 yosh, Buxoro viloyati.

Qaynonajon: — Qiyin ahvoldasiz, tushunamiz. Ammo siz xotirjam bo`ling, bu kunlar o`tadi. Xiyonat tufayli ajrashgan ekan, avvalgi xotini bilan yarashmaydi. Erkaklar xiyonatni kechirishi qiyin. Faqat ular yaxshi ko`rgan insonidan sadoqat ko`rmagach, boshqa ayollarga ham ishonmay qo`yishadi-da. Shu bois g`amxo`rligingiz soxtadek, makkorlikdek tuyulaveradi. Uni tushunishga harakat qiling. Dili yaralangan kishining aqli, tushunchasi va vujudi sog`ayishi, yangi hayotga qadam qo`yishi uchun vaqt kerak. Va albatta, sizdan mehribonlik, samimiylik, ruhiy holati va kayfiyatiga qarab muomala qilish talab etiladi. Juda ehtiyot bo`lish shart. Jahl ustida aytilgan so`zni, befarqlikni ko`ngilga olmay, chiroyli muomalada davom etish kerak. Qalbi siniq insonning yarasiga malham sifatida sizni tanlab kelin qilishgan, qizim. Shunday og`ir ahvolida unga sadoqatli hamroh bo`ling. Har bir yaxshilikdan so`ng bir sinovli kun bor, yomonlik va xiyonatdan keyin esa, albatta, yaxshilik keladi. Bu xonadonga siz yaxshilik farishtasi yanglig` kelganingiz rost bo`lsin. O`zingizni qo`lga oling. Vujudingizda dilband farzand o`sayapti. Shuning o`zi katta baxt. Ishonamizki, bolaning eson-omon tug`ilishi ham alamlarning unutilishiga sabab bo`ladi, hayotingizning baxtli onlari shu go`dak yig`isidan boshlanadi.

Shahnoza Halilova, ruhshunos: — Ko`ngil ishi qiyin masala. Ammo baxtga erishish uchun kurashish kerak. Totuv turmushni ota-onangiz ham, yaqinlaringiz va hatto eringiz ham sizga taqdim eta olmaydi. Har bir inson o`z quvonchi uchun o`zi harakat qilishi lozim. Avval ko`nglingizdagi «Unga avvaligi xotinidek bo`la olmadim, munosib ayol emasman, meni yaxshi ko`rmaydi...» kabi xayollarni chetga surib, o`zingizga nisbatan ishonchingizni oshiring. Bilasiz, bu dunyoda har bir insonga bir sinov beriladi. Eringizning e`tiborsizligini sinov deb qabul qiling va e`tiborga erishish uchun harakat qiling. Ishni esa ichki qo`rquvlarni engishdan boshlang. «Olma pish — og`zimga tush», deb o`tirsangiz, ko`z yoshingizni oqizib qolaverasiz. Oilangizni saqlab qolishga harakat qilsangiz, albatta, niyatingizga etasiz.

Saodat Ochilova yozib oldi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: