ERINGIZGA AYTIB BO`LMAYDIGAN 5 JUMLA
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ERINGIZGA AYTIB BO`LMAYDIGAN 5 JUMLA
- Дата релиза: 16-11-17, 18:48
Ba`zan birgina so`z insonlar o`rtasidagi munosabatlarga putur etkazishi mumkin... Turmush o`rtog`ingizga esa quyidagi gaplarni aytishdan ehtiyot bo`ling.
«Gullar uchun rahmat, lekin menga sariq rangdagilari yoqmaydi!»
Turmush o`rtog`ingiz sizga umuman yoki uzoq vaqt davomida gul sovg`a qilmasligini istasangiz, u tanlovda adashgani haqida baralla aytaverishingiz mumkin. Yaxshisi, guldastani minnatdorlik bilan qabul qiling, qulay imkoniyat tug`ilganidagina sizga ma`qul keladigan gulllar qaysi ekanligini eslatib qo`ysangiz bo`ladi. Masalan, gul rastasi qarshisidan o`tib ketayotib, «Dadasi, qarang! Qip-qizil atirgullarni, odamning ko`zini quvnatadi-ya!»
«Axir va`da bergan edingiz-ku...»
Ishdan uyga qaytishda jufti halolingiz televizor pulti uchun batareykalar xarid qilishi yoki dam olish kunlari oshxonadagi jo`mrakni tuzatishi lozim edi. Lekin sevimli futboljamoalarining o`yinini o`tkazib yuborish va bu vaqtda biror ish bilan mashg`ul bo`lish erkakning ko`ngliga sig`ar ekanmi? Va`daboz eringizni qilgan va qilmagan ishidan asabiylashib, «zahringiz»ni sochishga shoshilmang. Maslahatimiz, jahlingizga erk bermang. Іamma «ayb»ni bo`yningizga olib, iltimosingizni yana bir karra eslatishdan foyda ko`proq bo`ladi: «Esim qursin, sizga televizor pulti uchun batareyka olib kelishni aytish yodimdan ko`tarilibdi. Endi nima qilamiz...»
«Menga oshiq bo`lgan sinfdoshimni qo`rib qolsam, deng...»
Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, ayollar turmush o`rtog`ining sobiq ma`shuqalari haqida imkon qadar ko`proq ma`lumotga ega bo`lishga intilishadi. Negaki, bu raqibasidan yaxshiroq bo`lish uchun turtki vazifasini o`tar ekan. Erkaklar esa buning aksi, rafiqasini ortidan izma-iz yurgan yigitlar haqida umuman eshitishni istamaydi. Shu sababdan, o`tmish bilan bog`liq har qaysi erkak tanishingizni ko`rganingizni juftingizga aytavermang. Іamda gapdan-gap chiqqanida ham zinhor-bazinhor bu mavzuda gaplashmang, ortiqcha shubha-gumon uyg`otish sizga foyda keltirmasligi aniq.
«Bu ishni qilasizmi, yo`qmi?»
Іech qachon erkak kishiga uning nima qilishi kerakligi haqida zarda yoki buyruq ohangi bilan gapirmang. Buning oqibatida, erkak nazarida siz qattiqqo`l onaga aylanib qolasiz. U esa sizning qiyofangizda faqatgina mehribon va zaif rafiqani ko`rishi lozim. Shuning uchun turmush o`rtog`ingizni yordamisiz qo`lingizdan hech ish kelmasligi haqida gapiring. Іamda u yoki bu masalani hal etish faqatgina uning qo`lidan kelishini ta`kidlang. Bu ishni imkon qadar muloyimlik bilan amalga oshiring. Erkaklar o`zini yagona qahramondek his qilishni juda yaxshi ko`rishadi. Buni yana bir karra e`tirof etsangiz, istagan narsangizga, shubhasiz, erishasiz.
«Mendan boshqasi bo`lganida, aslo chidamasdi...»
Biz, odatda, bu gapimizdan keyin erimiz «Juda omadliman-da, sabrli va bebaho rafiqam bor!» deb o`ylashini istaymiz. Afsuski, bunday bo`lmaydi-da... Aksincha, turmush o`rtog`ingiz «Nima qilsam ham, hammasiga chidar ekan!» deya xulosa qiladi. Erkak xayoliga bu fikrni kelishiga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi, negaki, bu faqat sizga zarar etkazadi. Tushkunlikka tushib qolishingiz hech gap emas. Agar oilangizda ko`nglingizga o`tirmaydigan biror narsa yuz berayotgan bo`lsa, bu haqida oshkor qiling. Sabr-toqatli ayol barcha erkak uchun qulay, biroq u bilan yashash biroz zerikarli. O`zini qadrlaydigan va hurmat qiladigan ayol o`z navbatida juftining ham hurmatini qozonadi va sevimli yori bo`ladi!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар