Erkak Hiyonati (Fakt Va Fikrlar)
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Erkak Hiyonati (Fakt Va Fikrlar)
- Дата релиза: 19-05-14, 10:48
Xiyonat qanchalik yomon narsa
ekanligi hammaga ma'lum bo'lsa
kerak, xiyonat qilgan erkak aslida
kim ekanligi haqida bilib olish ham
yomon bo'lmaydi.
Qadimdan hayvonot olami
individlari o'z podasidan boshqa
podadagi urg'ochini
urug'lantirishi tabiatan zaruriy
holat bo'lgan. Aks holda shu
individlarga mansub hayvonlar
yo'q bo'lib ketishi
mumkin. Boshqa podaga mansub
urg'ochini
urug'lantirishda hayvonlar
o'zlarining jinsiy instinktlariga
rioya qiladilar. Aynan shu instinkt
odamlarga, xususan erkaklarga
ham mansubdir. Erkakda tabiatan
o'z oilasidan boshqa ayolni ham
urug'lantirishga moyilligi mavjud
bo'ladi. Lekin...
Insoniyat hayvonot olamidan ongi
borligi bilan ajralib turishi bejiz
emas. Aynan ongimiz tufayli biz
ba'zi xatolardan xolimiz. Misol
uchun, insoniyatda hayvonlardagi
singari himoya instinkti ham bor.
Agar arslonning oilasiga biron
hayvon hujm qilmoqchi bo'lsa, oila
boshi uni g'ajib tashlaydi.
Insonlarda bu darajaga bormaydi.
Bizga biron inson qanchalik
yoqmasligidan qat'iy nazar,
himoya instinktlarimiz qanchalik
kuchli bo'lmasin uni g'ajimaymiz,
unga hujm qilmaymiz, juda zarar
keltiradigan bo'lsa, huquq
organlariga murojat qilamiz.
Yoki yana bir misol, bizda tirik
qolish instinkti mavjud. Unga
muvofiq biz qornimiz ochganda
ovqatlanamiz, ovqat topish uchun
harakatda bo'lamiz. Hayvonlarda
ham bu instinkt rivojlangan bo'lib,
ularga keraklicha yegulik topishga
yordam beradi. Biron arslonning
qorni ochsa, o'zidan zaif hayvonni
yeb qo'yadi. Inson esa qanchalik
qorni och bo'lmasin duch kelgan
joydan yegulik olib ketmaydi.
Ovqat topishga ongini ishlatib
harakat qiladi.
Insoniyat aynan shu bilan
hayvonlardan farq qiladi. U
muammoni ongli ravishda hal
qilish yo'llarini izlaydi, kerak
bo'lganda sabr qilishni biladi.
Negadir xiyonat qilayotgan
erkakda ana shu ong yo'qdek.
Uy iti jinsiy aloqaga ehtiyoji
bo'lganda juda quturgandek
tuyuladi. Agar ehtiyojini
qondirmasa, u qattiq g'azablanadi
va egalariga ziyon keltirishi ham
mumkin. Ehtiyoji qonishi shart,
unga shu payt chidab turishni
ham yoki urg'ochi topish qiyin
ekanligini ham tushuntira
olmaysiz - u hayvon. Lekin erkak -
insondir. U tabiatdan berilgan
instinktlari qanday bo'lishidan
qat'iy nazar sabr qilishni, ongli
ravishda harakat qilishni va o'z
harakatlariga ma'suliyatl bo'lishni
bilishi kerak.
Aks holda, insonning hayvondan
farqi nimada bo'ladi?
Aslida xiyonat qilayotgan erkak
juda bo'sh va kuchsizdir.
Bir tomondan, u o'z oilasidan voz
kecha olmay xiyonat qilib
hammani aldab yuradi. Agar u
kuchli, haqiqiy erkak bo'lganda, u
oilasidan butunlay ketib, boshqa
turmush qurib yashab ketar edi.
Lekin bu juda qiyin. Bunga katta
kuch va iroda kerak, qolaversa
o'sha boshqa ayolga nisbatan
haqiqiy tuyg'u va ishonch bo'lishi
kerak. Kim issiqina uyi, uyda doim
kutib o'tiradigan vafoli va hech
qachon eriga xiyonat qilmaydigan
xotini, shirindan-shakar
bolalaridan voz kecha oladi? Axir
yillar davomida qurilgan
turmushni bir necha oy davom
etayotgan ehtirosga almashtirsa
bo'ladimi?...Yo'q, erkak bundan
qo'rqadi. Shunga o'zi uchun oson
qo'rqoqlar yo'lini tanlaydi, oilasini
ushlab turgan holida unga xiyonat
qilishda davom etadi.
Ikkinchi tomondan, xiyonatiga
sababchi bo'lgan boshqa ayolni
ham aldab yuradi. Oilasidan voz
kechib umrbod u bilan birga
bo'lishni va'da qiladi yoki umuman
va'dasiz shunchaki birga bo'lib
yuradi, xolos. U ayolni sevmaydi,
unga biron bog'liqlik joyi ham
yo'q, shunchaki o'z instinktlarini
qondirish niyatida yoki o'ziga
kuchli ekanligini isbotlash niyatida
unga borib turadi. Lekin kuchli,
haqiqiy, har tomonlama ERKAK
uchun o'ziga yoki do'stlariga hech
narsani isbotlash kerak emas.
Nihoyat xiyonatchi erkaklar
o'zlarini aldaydilar. Qilayotgan
xiyonati uchun o'ziga oqlash
izlaydilar. Xotini birdan juda
semirib ketgandek tuyuladi,
muomilasi yoqmay qoladi yoki
uydagi sharoit go'yo
yomonlashgandek ko'rinadi va
hokazolar. U esa shu holatlarni
tuzatish o'rniga qochadi.
Xiyonatkorlik doim bo'shlik
alomati bo'lgan. Hatto do'stlar
orasida, ishchilar orasida sotqinlik
yuz berganda ruhan eng bo'sh va
zaif inson sotqin bo'lib chiqadi.
Kuchli, ongi baland va haqiqiy
inson hech qachon xiyonat
qilmaydi.
Haqiqiy
erkakka biron narsa yoqmasa,
uni qondirmasa, shuni
tuzatishga harakat qiladi, ruhan
katta kuch ketqazadi, agar
shunda ham tuzatilmaydigan
holat bo'lsa, u ketadi, butunlay,
qaytmaydigan bo'lib ketadi.
Xiyonat esa qo'rqoqlarning
qismati. Megatarona.tk saytidan olindi.
Afsus, erkak xiyonat qilayotganda
hayvonlnarga mansub oddiy bir
instinkt qurboni ekanligini
anglamaydi. Agar o'sha payt ular
inson ekanliklarini va jismoniy
ehtiyoj va lazzatdan ko'ra hayotda
qadrliroq narsalar borligini,
turmushdagi salbiy tomonlarni
tuzatish oila boshi erkakning
qo'lida ekanligini anglay
olishganida turmushda xiyonat
so'zining ma'nosi qolmas edi.