ERKAKLAR, XIYoNAT KO`ChASIDAN QAYTING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ERKAKLAR, XIYoNAT KO`ChASIDAN QAYTING!
- Дата релиза: 03-11-17, 21:05
Nega ayrim erkaklar rafiqasiga xiyonat qiladi? Qancha urinsangiz ham, ayyuhannos solsangiz ham bu boshi berk ko`chadan qaytmaydi? To`g`ri, bunday vaziyatlarda ular o`zini oqlash uchun yuzlab sababu bahonalarni oldingizga terib qo`yadi. Biz esa bugun erkaklarning xiyonat qilmasligi uchun o`ntagina sabab keltiramiz.
Yaratgan zinoni harom qilgan. Bu ulkan gunoh. Ilgari shariat hukmi bo`yicha zinokorlarni toshbo`ron qilishgan. Jahannam azobi oldida bu nima bo`pti?!
Ko`ngil uchun. Siz ayolingizni sevasiz, ardoqlaysiz. Nega uni boshqa birovga almashtirasiz? Sevmay qolgan bo`lsangiz, unga ko`nglingiz tortmasa, barcha oqibatlarga rozi bo`lib, mas`uliyatni zimmangizga olib ajrashing va o`sha sevib qolganingizga uylaning. Toki hammasi halol bo`lsin. Sof, toza muhabbatga hirsni aralashtirib nima qilasiz? Keyin sevgan yoringizning ko`ziga qanday qaraysiz? Uning toza muhabbatini qanday qabul qilasiz? Hislarning ham uvoli bo`ladi. Eng yomoni oniy lazzat deb, bir umrlik yo`ldoshdan va muhabbatdan ayrilib qolish.
Bolalar haqqi. Xiyonatingiz oshkor bo`lib qolsa, ota-onasining kundan-kun buzilib borayotgan munosabatlarini ko`rib, farzandlaringiz qay ahvolga tushishini hech o`ylab ko`rganmisiz? Ular uchun ota ham, ona ham birdek kerak. Jondan aziz bolalaringizning ko`z yoshlari, tungi qo`rquvlari, kelajakdagi ruhiy muammolari, nahotki, bir necha lahzalik (kunlik, oylik yo yillik bo`lsa ham...) ko`ngilxushingizga arzisa? Shular evaziga keladigan xushbaxtlik tuyg`usi sizga qanday tatiydi? Bordi-yu xotiningiz taloq so`rasa, ajrashishga ariza bersa-chi? Jigarporalaringiz kemtik oilada o`sadimi? Siz ulardan voz kecha olasizmi?
Erlik g`ururi hurmati. Ko`pchilik erkaklar xushtor tutishni erlikning belgisi deb xato o`ylashadi. Nahotki, er yigit degani «nar» degan so`z bilan ma`nodosh bo`lsa. Axir «nar» deb hayvonning erkagiga aytiladi, uning uchun juftning farqi yo`q. Lekin siz ongli insonsiz-ku! Xotiningizga yaxshilab boqing, o`sha «qiz ko`ringan» ko`chadagi juvondan o`lsa, o`ligi ortiq. Faqat yashilab qarang, xuddi ilk uchrashuvdagidek sof va xolis nigoh bilan. «Xotinboz» degan sifat er kishi uchun g`urur emas, sharmandalik belgisi, unutmang.
Xotirjamlik uchun. Oilasiga xiyonat qilgan erkakning xotirjamligi yo`qolishi tayin. Avvalo, vijdon azobi uni bezovta qiladi. Yaratganga istig`for aytib, gunohidan kechishini so`raydi, tavba qiladi, boshqa bu noma`qulchilikni qilmaslikka ont ichadi. Amallab vijdonini tinchlantirib oladi ham deylik. Ammo ehtiroslaringiz so`ngach, siz o`z yo`lingizga, sizga qo`shilib gunoh qilgan ayol o`z yo`liga ketaveradimi? Unday bo`lmasa-chi? U ayol sizga yopishib olsa, kunu tun qo`ng`iroq qilsa, xotiningizga aytaman, deb qo`rqitsa-chi? Bordiyu, homilador bo`lib qolsa (yo birovdan homilasini sizga to`nkasa) nima qilasiz? Xullas, xotirjam kunlaringiz bilan vidolashavering.
Oyni etak bilan yopib bo`lmagani sababli. Ya`ni har qanday xiyonat ham oshkor bo`lib qolishi mumkin. Avvalo, rafiqangizning tanish-bilishlari, dugonalari, opa-singillari bordir. O`zingizning ham tanishlaringiz etarli. Unisi bo`lmasa, bunisi sizlarni birga ko`rib qoladi. Hammaning og`zini yopolmaysiz. Do`stlaringiz ko`rib, xotiningizga aytmagan taqdirda ham, umumiy tanishlaringizga og`zidan gullab qo`yishi mumkin. Xudo ko`rsatmasin, bu fakt dushmanlaringizning qo`liga tushib qolsa, ular juda ustalik bilan bundan foydalanishlari tayin. Xullas, gap-so`z urchiydi. Mishmishlar nafaqat xotiningizga, butun mahallayu qarindosh-uruqqa tarqalishi mumkin. Obro`ngiz to`kiladi, sharmanda bo`lasiz. Balki ayolingiz kechirar, lekin uning ham, farzandlaringizning ham, ota-onayu boshqa yaqinlaringizning ham boshi egiladi. Buzuq erkak tamg`asi bir o`zingizga emas, butun oilangizga bosiladi.
Cho`ntakdan baraka qochmasligi uchun. Olaylik, siz tabiatan suyuq erkak emassiz. Shunchaki, bir ayolga ko`nglingiz ilib qoldi. Bir qarasangiz, bechora beva, bolasini boqolmayapti. Rahmingiz keladi, yordam bermoqchi bo`lasiz, keyin ishqingiz ham tushib qolgan. U yog`i ke-e-etdi... Bir bechoraga yordam berayapman, mehrga zorga mehr ulashayapman, deb o`zingizni ovutasiz. Ammo har qanday ayol ham erkakda suyanchiq, muammolarini hal qilib beruvchi shaxsni ko`radi. Buning nimasi yomon demoqchimisiz? Birinchidan, uning muammolari sizning ham elkangizga tushadi, demak, tashvishingiz kamida ikki baravar ortadi. Qolaversa, ikkita ro`zg`orni eplashingizga to`g`ri keladi. Bunisiga ham qurbingiz etadi, deylik. Lekin bora-bora u ayolning talablari ortmasligiga kafolat yo`q. Chunki u shunday o`ylaydi: «Oilasini tashlab, mening yonimga kelayaptimi, demak, men xotinidan yaxshiroqman. Mensiz yashay olmaydi. Shunday ekan, nega menga olmos ko`zli zirak, avtomobil yoki o`g`limning kelajagi uchun bittagina kvartira sovg`a qilmasin?» Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan, haromga aralashdingizmi, ishingizdan baror, cho`ntagingizdan baraka ham uchadi.
Kasalliklar yuqtirmaslik uchun. Ayrim erkaklar engiltak ayollar bilan ko`ngilxushlik qilishadi. «Bir marta hech nima qilmaydi, fohisha baribir fohisha. Uning oldida hech qanday mas`uliyatim bo`lmaydi, pulini beramanu ketaveraman», deb o`ylashadi. Ammo shu pulga siz so`zak, zahm kabi tanosil kasalliklari, eng dahshatlisi, OIVni yuqtirib olishingiz mumkin. O`zingizga yuqtirganingiz etmagandek, jufti halolingizga ham uni «ulashasiz». Sizning gunohingizga bir yoki bir necha begunohlar qoladi. (Shu punktga etganda 90 foiz erkak xiyonatdan voz kechishiga shubha yo`q!)
Oila buzilib ketmasligi uchun. Ayol kishi erini kechirmasligi va ajrashish uchun ariza berishi mumkin. Xo`sh, nima bo`ladi shunda? Baxtingiz zavol topadi, uyingizdan fayz ketadi, sizni issiq bag`riga oladigan oila o`chog`i vayron bo`ladi. Keyin yolg`izlik, alimentlar va pushaymon qoladi, xolos. Rafiqangiz bolalari bag`rida, baxtli yashashi mumkin. Siz-chi? Siz ko`p narsa yutqazasiz!
Achchiqni achchiq bilan kesmaslik uchun. Ba`zilar umr yo`ldoshining no`noqligi, noshudligi, o`ziga qaramasligidan noliydi, jufti halolidan topmaganini boshqa ayoldan izlaganini aytadi. Lekin bu bir bahona. Hammasini sabr bilan engish, ayoldan nima istashni ochiq aytish va uni tarbiyalashga urinib ko`rish mumkin. Ikki inson birga baxtli bo`la olmasa, har kim o`z baxtini izlashga haqli. Biroq baxt topaman deb, oilangizni ham, yangi topgan suyuklingizni ham baxtsiz qilishingiz hech gap emas!
ShAHINA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар