ERKAKLARNI QANDAY SEVISh KERAK?

ERKAKLARNI QANDAY SEVISh KERAK?

ERKAKLARNI QANDAY SEVISh KERAK?
Ayollar hissiyotga beriluvchan bo`lishadi, bu hech kimga sir emas. Biz hamma ishni jo`shqinlik bilan amalga oshiramiz, ayniqsa, muhabbat bobida. Lekin erni nafaqat tuyg`u, balki aql bilan ham sevish kerak. «Qanday qilib, shunaqasi ham bo`larkanmi?» deyishga shoshilmang. Yaxshisi, quyidagi 10 maslahatga amal qilishga urinib ko`ring.

1. Munosabatlarning qadriga eting
Unda-bunda, esingizga tushganda emas, hamisha, har doim, har daqiqada. Ikki inson bir-biri bilan nima maqsadda nikoh rishtalarini bog`laydi? Bir-birini baxtli qilish, qo`sha qarish, uvali-juvali bo`lish... Har safar eringizdan norozi bo`lganingizda, uni qayta tarbiyalash, tanqid qilish, zaharingizni sochishga shaylanganingizda, do`stlariyu yaqin qarindoshlarini yomonlashga og`iz juftlaganingizda, bolangiz yoki shimining rangi borasida bahslashishga kirishganingizda shu gapni eslang: sizga baxtli bo`lish muhimmi yo haq bo`lish? Ko`pincha ayollar yo`q joydan muammo o`ylab topishadi va unga juftlarining munosabati o`zlari kutgandek bo`lmaganidan jahllanib, muammoning miqyosini olamshumul darajaga olib chiqishadi.

2. Maqtang!

Agar maqtovga arzirli jihatlari bo`lmasa, hech bir ishi ko`nglingizga o`tirishmasa, nima uchun unga turmushga chiqqansiz? Biror fazilati bordirki, yoqtirgansiz, sevgansiz. O`sha jihatlarini yodda tuting. Turmush o`rtog`ingiz uchun talabchan boshliq, maslahatgo`y ona yoki injiq qiz roliga kirmang. Shunchaki, unga g`amxo`rlik qiling-u, ammo buni juda bo`rttirib yubormang. Muhimi, eringizni maqtab turing. Yo`q emas, bor sifatlarini aytib, samimiy ravishda. Yaxshilab qarang, unda bunday jihatlar, albatta, topiladi. Chunki ideal inson bo`lmaganidek, yuz foiz yomon odam ham mavjud emas. Ko`pchilik ayollar maqtov odamni buzadi, degan noto`g`ri qarash bilan turmush o`rtoqlaridan shirin so`zlarini qizg`anishadi. Kap-katta, esi joyida odamni me`yordagi maqtov bilan buzib bo`lmaydi. Maqtash, bu tilyog`lamalik qilish emas, unda yaxshi fazilatlarni ko`rish istagidir. Siz maqtamasangiz, boshqalar bu ishni amalga oshiradi. Maqtov eshitish ehtiyoji esa hamma odamda mavjud.

3. Uni erga urmang va odamlarning oldida janjal ko`tarmang.

Omma oldida munosabatlarni oydinlashtirish umuman mumkin emas. Ayollar bir janjallashib, yana hech nima bo`lmagandek ketaverishlari mumkin. Erkaklar unday emas. Er kishi oilasidan tingan, vaziyatni boshqara oladigan, sirlarini oshkor etmaydigan sipo inson qiyofasini saqlab turishni istaydi. Jufti haloli, eng ishongan kishisi hammaning ko`z o`ngida obro`sini to`ka boshlasa, u buni orqadan pichoq urish, deb qabul qiladi. Buni ular kechirishi mumkin, ammo aslo unutmaydilar. Erkakning obro`si to`kilishiga sabab bo`lish ayollarning munosabatlardagi eng katta xatosidir. Kun kelib, bu xato o`z aks-sadosini beradi. Shuning uchun e`tirozlaringizni uyga etguncha jilovlab turing, ajab emaski, sovib, hammasini boshqacha baholay boshlasangiz.

4. Uni kichraytirish-erkalash otlari bilan chaqirmang.

«Begim», «xo`jayin», «sultonim», «xo`jam», «adajoni» kabi qator unga yoqadigan atamalar turganda «asalim», «shakarim», «qandim» kabi so`zlar bilan murojaat qilmang, hatto yolg`iz qolganingizda ham. Tasavvur qiling, u sizni «baqaloq», «bo`g`irsoq» yoki yana shunga o`xshash nomlar bilan atasa, xafa bo`lasizmi? Ular ham shunday. Erkak uchun buyuklik, hokimlik, sardorlik yarashadi.

5. Uni doim qo`llab-quvvatlang, hatto g`oyasi eng ahmoqona tuyulsa ham.

Qimorga deb o`zi mahrga bergan tillo uzugini olib chiqib ketsa, albatta, bunga chidab bo`lmaydi. Lekin o`z biznesini ochish uchun yordam so`rasa, bu boshqa gap. Balkim siz avvaldanoq uning g`oyasining o`xshamasligiga amindirsiz. Lekin u uyim-joyim, bolam-chaqam, deb harakat qilayapti. Siz vaziyatni oila byudjetiga emas, munosabatlarga foydayu zarari nuqtai nazaridan baholang. Bosh omon bo`lsa, do`ppi topiladi. Eringizning ishi o`xshab ketsa, o`zi olmos ko`zli uzuk olib beradi, o`xshamasa, qayta bunaqa tavakkalchilik qilmaydi. Ammo muhimi, u sizning doim qo`llab-quvvatlashingizga amin bo`ladi. Sizga yanada bog`lanadi. Aks holda, boshqa qo`llab-quvvatlaydiganlar topilishi, shubhasiz.

6. Barcha pardoz-andoz faqat uning uchun, sinfdoshlar uchrashuviga emas!

Zabt etilgan cho`qqiga nisbatan qiziqishning yo`qolishi nafaqat erkaklarda, balki ayollarda ham kuzatiladi. Suyganingiz bilan oila qurganingiz bu hali u bir umr faqat sizni ko`radi va sevadi degani emas. Ha, bu siyqasi chiqqan gap, lekin haqiqat. Erkak kishi ko`zi bilan sevadi, deyishadi. Chindan ham rafiqasiga qaraganda uning ko`zi quvnashi kerak. Ko`pchilik ayollar bir-ikki bolali bo`lgach, tashqi ko`rinish haqida unutib qo`yishadi. To`ydan oldin chiroyli kiyinib, shirin ifor taratib yurgan go`zal uyda xalat va shippakni ilib olib, turmush o`rtog`iga mudrab boqadigan uy bekasiga aylanadi-qoladi. Ammo bundoq qarasa, shu xiragina ayol to`y-hasham yoki sinfdoshlari bilan uchrashuvga obdon tayyorlanib, go`zallik saloniga borib, o`ziga oro berib, yashnab-yayrab ketayapti. Albatta, yoringizning bundan jahli chiqadi, ertasiga esa yana sizni eski xalatda ko`rib, ko`ngli sovishi mumkin.

7. Oilada u hokim, gap tamom!
Axir bu juda qulay-ku! Feministlarning asosiy muammosi shundaki, ular maza qilib raqs tushish mumkin bo`lgan joyda yuk tashishni afzal bilishadi. Tabiatan erkak kuchli mavjudot, shuning uchun unga ko`proq mas`uliyat yuklanadi. Demak, hokimiyat ham ko`proq uning qo`lida bo`ladi. Siz shu hokimiyat ostida maza qilib yashang, muammolarni ham, mas`uliyatni ham unga yuklang. Asablaringiz asraladi. Unga uyda qulay sharoit yaratib berishni uddalasangiz bo`ldi.

8. Muhim narsalar haqida imo-ishoralarsiz, to`g`ri gapiring.

Erkaklar imo-ishoralarni tushunishmaydi emas, tushunishadi, faqat tushungilari kelsa. Ya`ni o`zlari uchun ma`qul gapga ishora qilsangiz, darrov anglashadi. Boshqa payt esa tushunmaganga olib turaverishadi. Masalan, «Tzlqinlarning tovushi romantik tuyg`ular og`ushiga soladi, har bir ayolning orzusi dengizni ko`rish», deb chaynalib o`tirmay, «Antaliyaga borgim kelayapti», deng-qo`ying.

9. Uni olamning markaziga qo`ymang, o`zingiz ham uning uchun olamning markazi bo`lishga intilmang!

Masalan, bo`lar-bo`lmas e`tibor bilan uning joniga tegmang, nimanidir (olaylik, ilk uchrashgan sanangiz yoki yangi uyga ko`chib o`tgan kuningiz)ni unutgani uchun undan xafa bo`lmang. Uning ham, sizning ham o`ziga xos tashvishlaringiz, o`z dunyongiz bor. «Hayotimni sizga bag`ishladim», deb bechorani bezor qilmang. Shunchaki, yonida yashang, unga baxt ato qiling, o`zingiz ham baxtli bo`lishni eplang.

10. Qo`lingiz shirin bo`lsin.

Erkak kishining yuragiga oshqozon orqali borilishini bilasiz, albatta. Buni muhokama qilib o`tirish shart emas. Shunchaki eslatib o`tayapmiz, xolos.

ShAHINA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: