Erni Tunda Xursand Qilish - Bu Ayolning Vazifasi ..!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Erni Tunda Xursand Qilish - Bu Ayolning Vazifasi ..!
- Дата релиза: 20-05-14, 14:44
Erni tunda xursand qilish bu
ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa
sifatli va yoqimli bo'lishi uchun
ayol ham, erkak ham birdek
izlanish va harakatda bo'lishi
lozim. Barcha mas'uliyat erkakda
deb o'ylamang, aziz ayollar...
Ayollar tunda qiladigan
xatolarning aksariyati bilan
tanishib o'tamiz:
1. "Men 'qimirlamay' yotsam ham
bo'ladi. Erim hammasini o'zi
bajaradi" degan fikrda bo'lsangiz,
adashasiz. Erkak jinsiy aloqa
jarayonida ayolini hissiyotlarini
ko'rishni, sezishni istaydi. Erkak
"qimirlamay" yotgan ayoli o'ziga,
qilayotgan harakatlariga va jinsiy
aloqaga nisbatan befarq ekan
deb
o'ylaydi. Tinch yotib aloqani
tugashini kutmay, o'z
tuyg'ularingizni, xohish va
ehtiyojlaringizni namoyon eting.
Ayolini erkalayotgan erkak unga
yoqimli ekanini sezishi lozim.
2. Suhbatlashish uchun boshqa
vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga
undab erkalashni boshlaganda
suhbatlashish niyatingizni
uzoqroqqa surib qo'ying.
Farzandingiz bugun maktabda
"5"
baho olgani haqida aloqadan
keyin ham suhbatlashsa bo'ladi.
Erkalash va jinsiy aloqa davomida
esa butun xayolingz va fikringiz
aynan eringizda va uning
harakatlarida bo'lsin. Bundan
o'zingiz yutasiz.
3. Birga bo'lishdan oldin pardoz
qilmang. Ayolning go'zalligi uning
tabiiyligidadir. Pomada, pudra,
tush kabilar sizga to'shakda
go'zallik qo'shib bermaydi. Ularni
restoranga borishga ishlatish
uchun olib qo'ying. To'shakda
esa
eringizga toza, xushboy va tabiiy
bo'lib olsangiz yoqimliroq bo'ladi.
4. Eringizni biling. Unga nima
yoqadi-yu, nima yoqmasligini
o'rganing. Sizning harakatlaringiz
unga yoqimli va kerakli bo'lsin.
Izlaning, aloqangiz davomida siz
qiladigan erkalash har safar bir
xil
bo'lmasin. Bir xillik zeriktiradi.
5. Eringiz bilan aloqangizni unga
ta'na qilmang, bir narsani undirib
olish uchun aloqaga kirishaman
deb bozorga solmang. Jinsiy
aloqa
bu ne'mat, undan manfaat
ko'zlamang.
6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-
hayo bu o'zbek ayollariga xos
go'zallik. Lekin bir necha yildan
beri birga yashab kelayotgan er-
xotin orasida ortiqcha
uyatchanlik
erkakka yoqmaydi. Yillar o'tib
erkak uchun ayoli ochiq va
lazzatlanishga tayyor bo'lganini
istaydi.
7. Ichki kiyimingizga doim
ahamiyat bering. Erkaklar ko'zi
bilan suyadilar. Eski, qaralmagan,
ko'rimsiz ichki kiyim hech qaysi
erkakga yoqmaydi. Doim toza,
chiroyli, yoqimtoy ichki kiyimlar
kiyib yurishga o'rganing.
8. Siz ham tashabbuskor bo'ling.
Har doim ham eringiz sizni
aloqaga undayverishi, aloqa
davomida harakatlarini
o'zgartirishi, yangilarini tadbiq
qilishi unga zerikarli bo'lib qoladi.
Sizdan ham tashabbus chiqsin.
"Bugun mana shunday bo'lsin"
yoki "men shunday qilib ko'ray"
kabi takliflaringiz erkakni sizga
nisbatan munosabatini yanada
qizdiradi.
9. Sizning aloqadan
lazzatlanishingizga faqat eringiz
mas'uliyatli deb o'ylasangiz
adashasiz. Ayolni qondirish
erkakni vazifasi, lekin ayol ham
buning uchun ancha harakat
qilishi kerak. Buning uchun siz
o'z
badaningizni, o'z xohish va
ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz
va
eringizga yetkaza olishingiz
lozim.
{xtypo_quote}Nozlanish bilan
uyalishning farqi katta...
{xtypo_quote}
10. Eringiz qilayotgan ayrim
takliflaridan bosh tortmang.
Eringiz birga bo'layotganingizda
sizdan bir nima talab qilsa, rad
etishga shoshilmang, axir
bundan
siz ham manfaatdorsiz. Ikki
sevuvchi qalb orasidagi jinsiy
aloqaning asosiy maqsadi bir
biriga lazzat ato etish. Eringizni
xursand qilish imkoniyati bor
ekan, yo'q demang.
Er-xotin butun hayot davomida
birga bo'lishni niyat qiladilar. Ular
orasidagi jinsiy aloqa esa ana shu
hayotning ajralmas qismidir. Uni
birgalikda yaxshilash, sifatini
oshirish, unga nisbatan faqat
ijobiy munosabatda bo'lish,
aloqadan har tomonlama
baxramand bo'lish va lazzatlanish
bu sizning va suyukli
yoringizning
vazifasi. Buning natijasi esa ahil
munosabatlar...
Axir sezmaganmisiz, ajoyib
o'tkazilgan "tun"dan keyin yaxshi
kayfiyatli, tabassumga boy tong
kelishini...