ETIKA ALIFBOSI: AMAL QILINIShI ShART BO`LGAN QOIDALAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: ETIKA ALIFBOSI: AMAL QILINIShI ShART BO`LGAN QOIDALAR
- Дата релиза: 09-10-17, 21:57
Ba`zi insonlarga bir qarashda, ikki og`iz suhbatning o`zida mahliyo bo`lib qolasiz. Ayrimlar esa ilk tanishuvdayoq hafsalangizni pir qiladi. Bunga sabab nima? Axir siz hali u haqda to`liq ma`lumotga ega emassiz-ku! Mutaxassislarning ta`kidlashicha, insonning o`zini tuta bilishi, ya`ni odob-axloq qoidalariga amal qilishi munosabatlarda muhim rol o`ynarkan. Demak, har doim hamma joyda barchada yaxshi taassurot uyg`otish uchun ularga amal qilishimiz shart!
Avtobusda yoshlar qariyalarga, erkaklar ayollarga, ayollar esa keksalarga, homilador va yosh bolalilarga joy berishlari shart. Yana jamoat transportlarida ovozingizni baralla qo`yib telefonda so`zlashish yoki hamrohingiz bilan nimanidir muhokama qilish o`rinli emas.
Barmoq bilan ko`cha-ko`yda kimnidir yoki nimanidir ko`rsatish madaniyatli kishilarga xos emas.
Vagonda ketayotib (poezd yoki metroning), uning shovqinidan ham balandroq baqirish va suhbatdoshiga nimanidir tushuntirish birinchidan mushkul, ikkinchidan odob-axloq qoidalariga to`g`ri kelmaydi.
Gul sovg`a qilinganda ularni tepaga qaratib, ko`tarib yurish lozim. Agar gullar pastga qaratilgan bo`lsa, bu sovg`ani mensimaganlikdan darak beradi.
Doim og`izda saqich bilan yurish, o`quv maskanlari, ishxonalar va jamoat transportida chaynash, kamiga uni shishirish mumkin emas.
Er yuzasiga mayda-chuydalarni, sumkangiz yoki cho`ntagingizdan chiqqan keraksiz narsalar va pista po`choqlarini tashlamang. Doim chiqindilarni maxsus chiqindi idishga solishni odat qiling.
Yomg`irpo`sh ochiq bo`lganda undan tomayotgan suv kimningdir libosiga tushmasligi, boshiga va ko`zoynagiga tegmasligiga ahamiyatli bo`ling.
Jamoat joyida imo-ishoralardan o`ta faollik bilan foydalanish atrofdagilarga xalaqit qilish bilan birga, u qadar chiroyli ko`rinmaydi ham. Xatti-harakatlaringizni hamisha nazorat qiling.
Zeb-ziynatlarni haddan ziyod ortiq taqish ayol kishining badavlatligini emas, didsizligini namoyish etadi.
Ismingizni o`zgalar to`liq aytishlarini istasangiz, o`zingiz ham hammani ismi bilan chaqiring. Atrofdagilarga laqab bilan murojaat qilish odobdan emas.
Yo`l o`rtasida tasodifan turib qolish ortingizdan kelayotgan insonga noqulaylik tug`diradi.
Ko`chada yurib, nimadir eyish madaniyatsizlikdir. Albatta, hech kim biror bog`dagi o`rindiqda o`tirib muzqaymoq eyishingizga qarshi emas, ammo jamoat transportiga, do`kon yoki muzeyga tishlangan somsa yoki gamburger bilan kirish yaramaydi.
Lab bo`yog`ini istagan joyda surtib ketavermang (masalan, jamoat transporti, ishxona, ko`cha, bozor).
Mashinada haydovchining yonidagi o`rindiqni, odatda, uning rafiqasi egallaydi. Begona ayol esa orqa o`rindiqda o`tirgani maqul.
Non bo`laklariga lablardagi yog`ni artish noto`g`ri.
Ovqatlanish paytida chapillatish, taomni hidlash yoki namoyishkorona kavlab ko`rish mumkin emas. Tishlar orasidagi taom qoldiqlarini hammaning oldida tozalash ham odobdan emas.
Pista chaqib yurish, uning po`chog`ini duch kelgan joyga tashlab ketaverish kishining farosatsizligidan darak beradi. Chunki bu bilan siz shahar yoki o`z yashash joyingizning ifloslanishiga hissa qo`shasiz.
Ruchkani og`ziga solgancha xayol surish o`quvchilarning odati. Lekin ba`zan kattalarda ham bu odat uchrab turadi. Ammo o`zini hurmat qiladigan kishiga bu yarashmaydi.
Stoldan bir nimani tushirib yoki to`kib yuborgan bo`lsangiz, vahima qilmang. To`kilgan suyuqlikni salfetka yordamida tozalab oling. Sochilgan ushoqlarni esa hech qachon qo`l bilan dasturxondan sidirib olmang.
Tashqi ko`rinishga ahamiyatli bo`lish kerak. Ammo o`zingizni tartibga keltirayotib (poyabzalni tozalash, sochlarni to`g`irlash, upa, tush surtish) atrofdagilarga halaqit qilmang va ularning diqqatini tortmang. Buning uchun maxsus xonalardan foydalaning.Metro, ko`cha-ko`yda bu kabi ishlarni umuman amalga oshirmang.
Tupurish eng xunuk odat. Ko`chada xoh yolg`iz, xoh hamroh bilan ketayotganda er yuziga tupurish atrofdagilar va insoning o`ziga nisbatan behurmatlikdir.
Ustki kiyimingiz qor yoki yomg`ir sababli xo`l bo`lsa, uni kirgan xonangizdagi divan yoki kresloga tashlab qo`ymang. Maxsus ilgich topib, osib qo`yishga erinmang.
Farosatali ayollar yuvilgan ichki kiyimlarni ko`zga tashlanadigan joylarga ilib qo`yishmaydi.
Xat o`qishni hammamiz yaxshi ko`ramiz. Ayniqsa, sevgi maktublari bo`lsa. Ammo unutmang, xatlar, «SMS», internet nomalar, xabarlarni egasining ruxsatisiz o`qish mumkin emas.
Sirk, kinozal yoki teatrda o`z joyingizga o`tish uchun qator oralab yurishga to`g`ri kelsa, o`tirgan insonlarga yuzlangan holda harakat qiling.
Charchagan bo`lsangiz ham, uyqu o`z domiga tortasa ham, og`zingizni ochib, esnamang.
Shevada so`zlashishni sizga hech kim taqiqlamaydi, ammo fuqarolar murojaati bilan shug`ullanadigan kasb egalari ish vaqtida faqat adabiy til me`yorlariga amal qilishlari kerak.
Etiket qoidalarini biladigan ayol hech qachon uchrashuvga katta sumka bilan kelmaydi. Chunki qoidaga ko`ra, bunday holda erkak kishi uning sumkasini ko`tarib yurishiga to`g`ri keladi.
Yumshoq o`rindiq va stulda har qanday vaziyatda ham ayol kishi (ming charchagan bo`lsa ham) chiroyli o`tirishi kerak. Kresloga yonboshlab olish, stulda yoki jamoat transporti o`rindiqlarida oyoqlar orasini katta ochib o`tirish, shuningdek, «o`zini qo`yib yuborish» atrofdagilarga chiroyli ko`rinmaydi.
Yakshanba kuni soat 10:00ga qadar tanishlaringizni bezovta qilmang. Ko`pchilik dam olish kuni chindan ham dam oladi.
O`shqirish juda hunuk eshitiladi. Ayniqsa, ko`chada, begona kishilarning oldida farzandingizga baland ovozda baqirishingiz, uni urushishingiz o`zingizda ham tarbiya etishmasligidan dalolat.
Qorningiz juda och bo`lsa ham, boshqalarga taom keltirilmasidan avval ovqatlanishni boshlamang.
G`ichirlaydigan va taqqillaydigan poyabzalni ishxonaga kiymaslik tavsiya etiladi. Chunki siz bu bilan har safar xonaga kirib-chiqqangizda hamkasblaringizning ishlashlariga xalaqit qilasiz.
Hamma eshitadigan qilib musiqa tinglash (uyali telefon yoki maxsus moslamada) boshqalarga noqulaylik tug`diradi. Shuning uchun bunday vaziyatlarda quloqchin (naushnik)lardanfoydalanish kerak.
Ekilgan maysa ustidan yurmang.
Sanayversak, yozilmagan qonunlar, etiket me`yorlari talaygina. Ammo har bir inson o`z farosatini ishga solsa, atrofdagilarga ahamiyatli bo`lsa, o`z-o`zidan barcha muammoli vaziyatlar bartaraf etiladi!
IRODA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар