Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Farzand ko'rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato
Farzand ko'rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato

Farzand ko'rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato

Farzand ko'rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato

Farzand ko'rishni istayotgan er-
xotin, quyidagi ko'pchilik
qiladigan xatolardan xabardor
bo'lishi yaxshi bo'lar edi.
1. Jinsiy aloqani muntazam
ravishda qilmaslik.
Jinsiy aloqani faqat ovulyasiya
kunlari qilish homilador bo'lish
imkoniyatini oshiradi yoki uzoq
vaqt jinsiy aloqada bo'lmay turib
aloqa qilganda spermatozoidlar
kuchi oshadi degan xato fikrlar
ba'zi juftliklkarni yo'ldan uradi.
Aslida jinsiy aloqa muntazam
ravishda juftliklarni xohish va
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
amalga oshirishi lozim.
2. Tez-tez jinsiy aloqada bo'lish.
Albatta muntazam ravishda
bo'ladigan jinsiy aloqa
homiladorlik yuz berishi uchun
yaxshi yo'l. Lekin muntazamlik
bilan ko'plik har xil narsa. Juda
ko'p, masalan, kuniga bir necha
marta aloqada bo'lish
spermatozoidlarning
urug'lantirish kuchini yo'qqa
chiqarishi mumkin.
3. Aloqani bir holatdagina
amalga oshirish.
Ayol va erkaklarning jinsiy a'zolari
shakli va razmeri har xil bo'lgani
tufayli, biron ayolga homilador
bo'lish uchun bir holat to'g'ri
kelsa, ikkinchi ayolga bu holat
homilador bo'lishga hatto
to'sqinlik qilishi ham mumkin.
Shuning uchun aloqani har xil
holatlarda amalga oshirgan
ma'qul.
4. Bepushtlikni sababini ayoldan
izlash.
Ko'pincha oilalarda uzoq vaqt
farzand bo'lmagan davrda ayollar
davolanishni boshlaydiar. Lekin
statistikaga qaraganda
bepushtlikni sababchilaridan 40%
erkak kasalliklariga to'g'ri kelar
ekan. Shuning uchun davolanishni
ko'zda tutgan juftliklar uni
birgalikda boshlashlari maqsadga
muvofiq bo'ladi.
5. Ovulyasiya haqida bexabar
bo'lish.
Ovulyasiya davri - homilador
bo'lish uchun eng kerakli davr
hisoblanadi. Aynan o'sha davrda
bo'lgan jinsiy aloqa natijasi
homiladorlikka olib keladi. Ba'zida
ayollar ovulyasiya davrini hayz
ko'rgan kunidan 14 kunni sanab
belgilaydilar. Lekin bu hato. Hayz
sikli turlicha bo'lgani kabi
ovulyasiya davri ham hammada
har xil keladi. Shuning uchun uni
aniq bilish talab etiladi
(Ovulyasiyani bilish yo'li).
6. Jinsiy aloqani aynan
ovulyasiya kuni qilish.
Ovulyasiya kunini aniq bilgan
taqdirda ham, aloqani undan oldin
va bir-ikki kun o'tgach qayta qilish
tavsiya etiladi. Chunki
urug'lanishga tayyor bo'lgan ayol
tuxum xujayrasi 24 soat davomida
urug'lanishga moyil bo'ladi.
7. Kimyoviy kontratsepsiya
vositalardan foydalanish.
Ba'zi lyubrikantlar uzoq vaqt
mobaynida spermatozoidlarni
nobud qilish xususiyatiga ega
bo'ladi.
8. Shifokorga shoshilish.
Ayol turmushga chiqib 3-4 oy
o'tgach shifokor qabuliga
shoshiladi. Tezroq davolanib
tezroq farzandli bo'lishni istaydi.
Lekin normada kamida 1 yil birga
yashab muntazam ravishda jinsiy
aloqada bo'lgan er-xotinda ham
homiladorlik yuz bermasligi
mumkin. Shoshib shifokorga borib
kerakmas, ba'zida zararli
muolajalarni qabul qilish noto'g'ri
hisoblanadi. Yaxshisi, 1 yil kutib
keyin biron chora ko'rish kerak.
9. Umumiy salomatlikka
ahamiyat bermaslik.
Farzand ko'ra olmayotgan juftliklar
asosan o'z reproduktiv
salomatlliklariga ahamiyat
beradilar. Megatarona.tk saytidan olingan. Lekin erkak va ayolning
umumiy salomatligi ham farzand
ko'rishda muhim ahamiyatga ega.
Masalan, o'gir vazn, stress,
chekish, ba'zi dori-vositalarni
qabul qilish kabi holatlar ham
homiladorlik yuz berishiga
to'sqinlik qilishi mumkin.
10. Faqat homiladorlik haqida
o'ylash.
Shunday juftliklar borki, ular
uchun jinsiy aloqa homilador
bo'lish uchun navbatdagi
imkoniyatdek qabul qilinadi.
Aloqalar soni, holatlar, ovulyatsiya
davri, hayz sikli kabi mavzular er-
xotin uchun asosiy suhbat
mavzusiga aylanadi. Lekin shuni
unutmaslik kerakki, ayolning
psixologik holati ham homilador
bo'lish uchun juda muhim jihatdir.
Er-xotin o'zini biron yoqimli
faoliyat bilan band qilib,
homiladorlik haqida o'ylamay,
hayz kunlarini sanamay yashashni
o'rganishlari kerak.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: