FARZAND KUTAYaPSIZMI? PSIXOLOGIK TAVSIYaLAR BILAN TANIShING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: FARZAND KUTAYaPSIZMI? PSIXOLOGIK TAVSIYaLAR BILAN TANIShING!
- Дата релиза: 27-09-17, 15:40
Ayol kishining to`ydan so`ng tez orada, muammolarsiz homilador bo`lishi ham bir saodat. Buni, ayniqsa, ayni baxtni kutganlar chuqur his qilishadi.
Ilk bor homilador bo`lgan ayol ko`pchilik bilan quvonchini bo`lishmoq istaydi. Turmush o`rtog`ining qulog`iga yaqinda ota bo`lishini shipshiydi, onasiga qo`ng`iroq qilib, suyunchilaydi, qaynonasiga uyalibgina so`ylaydi. Va tabiiyki, u homiladorligini bilgan kunidan e`tiboran, yon-atrofdagilardan o`zgacha munosabat kutadi. Yaqinlari uning boshida qanchalik parvona bo`lishsa-da, baribir kamdek tuyulaveradi. Kundan-kunga to`lishib borayotgani, yuzlariga dog` tushayotgani, yaqindagina ne orzu-havaslar bilan tiktirgan ko`ylaklariga sig`may qolayotgani, qadami og`irlashayotgani,egan-ichgani ichiga tushmayotgani uni qiynaydi. Shuning uchun oilada bo`lajak onani asrab-avaylash, sevish, injiqliklarini ko`tarish kerak.
Tushuning, uning boshi qorong`i!
Har birimiz ilk marotaba boshqorong`i bo`lgan paytimizni entikish bilan eslaymiz. Eslaymiz-u,jonimiz qiynalgani yodimizga tushib, yuragimiz orqaga tortadi. Chunki doim ham farzand kutayotgan ayol ideal sharoitda, iliq munosabatlar og`ushida bo`lavermaydi-da. Og`iroyoq holida ham izg`irin payti dor-dor kir yuvib, etmaganiga eridan dakki, qaynonasidan tanbeh eshitib, bir kun ham oyoqni cho`zib dam olmay, ona bo`lganlar qancha! Ammo nimaiki bo`lmasin, ona bo`lish uchun bu yo`l, albatta, bosib o`tilishi shart!
Ilk homiladorlik ayolning botiniyu zohiri, dunyoqarashiyu tabiatini o`zgartiradi. Hayotida ilk marotaba nihoyatda g`aroyib holatga duch kelgan ayol ko`p vaziyatda nima qilishini bilmay, irodasini qanday bo`ysundirishni tushuna olmay, o`zini ham, o`zgalarni ham qiynab qo`yishi mumkin. Bu holat, asosan, birinchi uch oylikda kuzatiladi, ayolning butun vujudi hujumga otlangan askardek mushaklarni pishitib, qurol-aslahalarni ko`paytirib, mushtlarini do`laytirib, kuch yig`ishga harakat qiladi.
Sabr, sabr va yana sabr
Tanadagi o`zgarish ruhiyatga ta`sir etmay qolmaydi, albatta. Zero, yurak ostida yana bir mitti yurak ura boshladi, bu esa mo``jiza! Yosh ayol o`sha yurakchaga “quloq tutib”, yarim kechasi “xonim eyman”, deb qoladi, xonim hozir bo`lganida esa uni eyish tugul ko`rgan zahotiyoq burun jiyirishi ham bor gap. Erkak kishi shunday paytda sabrli bo`lgani ma`qul. Homiladorning beqarorligi doim ham atay qilingan injiqlik emas. Toksikoz tufayli bola shakllanayotgan mahal ba`zilarning tomog`idan choy ham o`tmay, holdan toyib qoladi, ba`zilar esa umuman boshiqorong`ulik nimaligini bilmay, besh bolani dunyoga keltirishi mumkin. Shuning uchun ham qaynonalar kelinlarining g`alati istak va qiliqlarini erish bilib, o`zlarining yoshliklariga solishtirishlarito`g`ri emas. Zero, hammaga ma`lum o`sha gapda jon bor: har bir organizm o`ziga xos!
Ona bo`lish erkatoylik emas!
Ayolning homilador bo`lishi turmush o`rtog`i va yaqinlarini baxtiyor qiladi. Ammo hech kim homilador juvonning tanu jonida yuz berayotgan yaxshi-yomon o`zgarishlarga sherik bo`la olmaydi, uni teng bo`lisha bilmaydi. Shu bois erkatoylik onlarida yo`q joydan eri va oila a`zolariga xarxasha qiladigan ayolni yolg`onchi va tantiqqa chiqara olmaymiz. U o`zini har jihatdan xursand qilish evaziga vujudidagi bolani xotirjamlik hissi bilan ta`minlaydi. Boshi qorong`i kelin, toksikozdan qiynalayotgan xotin garchi, oilaning boshqa a`zolariga noqulaylik tug`dirayotgan, hadeb shifoxonaga ovqat tashib, dori sotib olishga majbur qilayotgan bo`lsa-da, ulardan ozgina sabr talab qilinadi, evaziga o`sha injiq ayol hech nimaga tenglashtirib bo`lmaydigan boylik – avlod davomchisini dunyoga keltiradi. Agar shu ayol homilador bo`lolmasa ham qancha xarajat va harakat talab qilingan bo`lardi, to`g`rimi? Nazarimizda, homila – bu omonat jon, bas, shunday ekan, nega shu omonatni ehtiyotlashga jiddiy e`tibor qaratmaymiz?
Ayolning yaqinlari!
Beshik to`y uchun pul yig`mang, choyxonaga kamroq boring, biroq shifokor yozgan barcha dorilarni o`z vaqtida olish uchun mablag`ni ayamang. Ayon hayotiy haqiqat: kamqon ayoldan kamqon bola tug`iladi. Mazasi qochsa, onasinikiga bir-ikki kunga jo`natib, xotirjam o`tirmang, chunki, ikki kunlik “rohat-farog`at” bilan keliningiz (xotiningiz) sog`ayib qolmaydi. U doimiy ravishda to`g`ri va to`yimli ovqatlanishi, kayfiyati yaxshi bo`lishi, sayrga chiqishi, foydali va engil mehnat bilan shug`ullanishi, vaqtida uxlashi darkor. Farzand tug`ilgach, shifoxonama-shifoxona yugurmaslik uchun bola vujudga kelgan paytdanoq hushyor bo`ling.
Homiladorlikayolning asl qiyofasimi?
“Siz qanday yashagan bo`lsangiz, shunday tug`asiz”, deydi ginekolog shifokorlar. Hayot qiyinchiliklari oldida o`zingizni qanday tutgan bo`lsangiz, homiladorlikda ham hulqingiz shunga monand bo`lar ekan. Demak, hamma payt ham ko`payib-kamayayotgan gormonlar hisobiga o`zgarayapman, deb o`zingizni oqlay olmaysiz. Shunday ekan, yaqinlashib kelayotgan baxt onlarini xira kechinmalar va ginalar ortiga berkitmang. Men unga bola tug`ib berayapman-u, uning parvoyi falak, deb binoyidek er yoki qaynonadan norozi bo`lmang. Avval ham qaynonangiz bilan munosabatlaringiz noxushbo`lsa, homiladorligingizni eshitishi bilanoq sizga: “Ona qizim, asal qizim” demasligi aniq. Agar oilangiz a`zolarining qanchalik xursandligini ichlariga kirib bilsangiz edi, to`qqiz oyni yurib emas, uchib o`tkazgan bo`lardingiz! Axir, ular siz va sizning bolangiz sabab ota, buvi-buva, amma-xola, tog`a-amaki bo`lishayapti!
Yig`lagingiz kelayaptimi – yig`lang
Xo`sh, shuncha gapimizdan keyin ham arzimagan narsalar tufayli yig`lagingiz kelayaptimi, yig`lab oling! Lekin yodda tutingki, homiladorlikda yig`lagan faqat siz emas, eng baxtli ayol ham bu paytda ko`z yosh to`kishga ehtiyoj sezadi. Shu ma`noda siz ham qaynonam poliklinikiga chiqishga ruxsat bermaydi, deb o`kinishingiz tayin. Onangiznikiga hech bo`lmasa oyda bir marotaba borayapsiz, to`yga, bozorga borish uchun ruxsat olishni eplayapsiz, demak, vaqtida ro`yxatga turish ham qo`lingizdan keladi. Yig`ini bas qiling-da, shifokor huzuriga yo`l oling. Agar mutaxassis tahlillar yaxshi chiqmaganini aytsa, jiddiy kasallik bo`lmasa ham vahimaga berilib, butunlay umidsizlikka tushmang. Bilasiz, bugun tibbiyot rivojlangan. Vaqtida muolaja olsangiz va eng muhimi, bolangiz sog`lom dunyoga kelishiga ishonsangiz, bas.
“Chiroyli kelinchak” degan nomingizni esdan chiqarmang
Homiladorlik o`zingizni juda bo`sh qo`yib yuborish, degani emas. Teriga tushayotgan chiziqlar-u, yuzdagi dog`lar bilan kurashsa bo`ladi. Engil pardozda yuring, homiladorlikda ham chiroyli, didli kiyinishga harakat qiling. Qanday ona bo`laman, degan savolni o`zingizga avvaldan bering, bilmaganlaringizni tajribali kelinlardan so`rang, kitoblar, risolalar o`qishga erinmang. Tug`ish haqidagi dahshatli taassurotlarga berilmang, yodingizda tursin,tuqqan ayol bir siz emas! Demak, to`lg`oq azobiga chidash mumkin. Agar tug`ish dahshat yoki fojea bo`lganida onalar ikkinchi va uchinchilarni dunyoga keltirmagan bo`lishardi!
Aziza QURBONOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар