FARZANDINGIZ KO`P SUYuQLIK IChSA, XAVOTIRLANMANG!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: FARZANDINGIZ KO`P SUYuQLIK IChSA, XAVOTIRLANMANG!
- Дата релиза: 13-10-17, 14:24
Agar farzandingiz ko`p suyuqlik ichsa, xavotirlanishga shoshilmang. Ehtimol kun davomidagi faol harakatchanligidan yoki havo haroratidan kelib chiqib, organizmi ko`proq suyuqlik talab qilayotgandir. Suyuqlikni turli meva sharbatlari, qatiq, sut kabi mahsulotlar bilan almashtirib berish mumkin. Agar kechga borib, bolangiz lanj, holsiz bo`lib qolsa, tez-tez hojatga olib borishingizni so`rasa, suyuqlik berishni kamaytirganingiz ma`qul. Bolaga ichimlik berayotib, uning egulik bilan birga bo`lishiga diqqat qiling. Chunki ba`zi bolalar suyuqlik ta`mini bilib qolib, ovqatlanishni istashmaydi. Ortiqcha suyuqlik ta`sirida esa oshqozonda og`irlik paydo bo`lib, kerakli ozuqa bilan ta`minlanmaydi. Bu esa o`z-o`zidan holsizlik va bolaning injiqlanishiga olib kelishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Manba: Darakchi.uz
Смс Шерлар