Farzandlar: onalar uchun stress, otalar uchun xursandchilik
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Farzandlar: onalar uchun stress, otalar uchun xursandchilik
- Дата релиза: 30-11-17, 00:17
Nyu-Yorkdagi Kornell universiteti olimlari erkaklar va ayollarning ota-onalik burchlariga qanday yondashishlari mavzusida tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkaklarga ham, ayollarga ham o‘z farzandlari bilan muloqotda bo‘lish bir xilda yoqishi, lekin bunga ayollar ko‘proq kuch sarflashlari va ko‘proq javobgarlikni yelkalariga olishlari ma’lum bo‘ldi.
Farzandlarning o‘yin va sayr qilish kabi qiziqarli mashg‘ulotlarida odatda otalar ishtirok etishar ekan. Onalar esa farzandlarining kundalik maishiy talab va ehtiyojlarini qondirish vazifasini zimmalariga olishar ekan, buning ustiga, bolaga g‘amxo‘rlik qilishni yolg‘iz eplash bilan birga, kechalari bolaga qarash uchun ko‘p uyg‘onish, o‘zlariga vaqt ajratolmaslik kabi qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishar ekan.
Tadqiqotda 2010, 2012, 2013-yillarda 12 ming ota-ona ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlaridan foydalanildi. So‘rovnoma erkak yoki ayolning qanday ish bilan bandligi va o‘zini qanday his qilayotganligi, bu ishni qanchalik ahamiyatli deb his qilishi haqidagi savollardan iborat bo‘lib, ishtirokchilar bu savollarga javob berishda o‘zlari bajarayotgan ish vaqtidagi tuyg‘ularini “qayg‘uli”, “zavqli”, “baxtli”, “charchoqli” kabi so‘zlar bilan ifodalashgan. Olimlar so‘rovnomani o‘rganish jarayonida farzand tarbiyasi bilan band erkak va ayollarning javoblarini solishtirib ko‘rishdi va bu ish ularda qanday his-tuyg‘ularni keltirib chiqarishi haqida ayrim xulosalarga kelishdi.
Tadqiqotda ishtirok etgan olimlardan biri Kelli Musikning aytishicha, ota yoki onaning farzandlari bilan birga o‘tkazilayotgan mashg‘ulot vaqtida o‘zlarini qanday his qilishlari bu mashg‘ulotning diqqat-e’tibor, javobgarlik va ehtiyotkorlikni qanchalik talab qilishi va xavfsizlik darajasiga bog‘liq ekan. Farzandlar bilan birga vaqt o‘tkazish odatda otalar uchun o‘yin shaklida kechadi, onalar ham bu jarayonlarda ko‘pincha ular bilan birga bo‘lishadi va bir vaqtning o‘zida kundalik ishlar haqida ham qayg‘urishadi. Otalar farzandlari bilan birga o‘yinlar o‘ynab, sayr qilishdan zavqlanish olsalar, onalarning xayolini ko‘pincha “tushlik tayyorlash”, “bolalar ust-boshining tozaligi”, “kir yuvish” kabi fikrlar band qiladi. Farzand tarbiyasidagi majburiyatlarning bunday tarzda taqsimlanishini jamiyatdagi “standart” fikrlar bilan tushuntirsa bo‘ladi, deydi Kelli Musik. Chunki jamiyatda azaldan qabul qilingan tartib-qoidaga ko‘ra, farzand tarbiyasidek muhim ish ko‘proq ayol kishining, ya’ni onaning zimmasiga yuklatiladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар