Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Fendan turmushda foydalanishning 7 usuli
Fendan turmushda foydalanishning 7 usuli

Fendan turmushda foydalanishning 7 usuli

Fendan turmushda foydalanishning 7 usuli
Bu buyum har bir ro‘zg‘orda bor, lekin uning noyob imkoniyatlari haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Bugun biz sizga kundalik hayotda fendan foydalanishning bir necha usullari haqida aytmoqchimiz.

Yog‘och yuzadagi dog‘larni ketkazish

Ba’zan, yog‘och stolga piyolani qo‘yar ekansiz, stol ustida qolgan xunuk dog‘ni payqab qolasiz. Bu dog‘ni fen yordamida bir-ikki daqiqa qizdirsangiz, u osongina yo‘qoladi.

To‘shakni shishirish

Bu usulni bilib olsangiz, shishiriladigan to‘shakni havo bilan to‘ldirish siz uchun juda osonlashadi. Plastik butilka tagini kesing va uni skotch yordamida fenga mahkamlang. Endi bemalol dam berishga kirishsangiz bo‘ladi!

Plastirni olib tashlash

Plastirni olish — yoqimsiz va og‘riqli ish, lekin ma’lum bo‘lishicha buning oldini olish mumkin ekan! Plastir yopishtirilgan joyni fen yordamida bir necha daqiqa qizdirsangiz u oson olinadi.

Konvertlarni ochish

Ba’zan pochta orqali muhim hujjatlarni jo‘natishda konvertni yopishtirganingizdan keyin biron-bir hujjatni unutib qoldirganingizni bilib qolasiz. Endi siz qaytadan yangi marka sotib olmasangiz ham bo‘ladi. Yopishtirilgan konvertni ochish uchun uning yelimlangan joyini fen yordamida bir-ikki daqiqa qizdirishning o‘zi kifoya qiladi.

Mum dog‘larini ketkazish

Gilam ustiga to‘kilgan mum dog‘larini fen yordamida tozalash mumkin. Muammoli yuzani bir-ikki daqiqa davomida qizdiring va erigan mumni qog‘oz salfetka yordamida artib oling.

G‘ijim bo‘lgan kiyimni tekislash

Dazmol bo‘lmay qolgan vaziyatlarda, g‘ijimlanib qolgan kiyimga biroz suv seping va uni fen yordamida yaxshilab quriting. Natijada kiyimingiz dazmollangandek bo‘ladi.

Ko‘zoynaklar shaklini to‘g‘rilash

Ko‘zoynagingiz ilgarigidek turmayaptimi? Uni to‘g‘rilashning iloji bor: ko‘zoynakning plastik qismini fen yordamida qizdirsangiz uning shaklini qo‘l bilan to‘g‘rilasa bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: