Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Fitnes-parhez: sportzalda ozish uchun nima yeyish kerak?
Fitnes-parhez: sportzalda ozish uchun nima yeyish kerak?

Fitnes-parhez: sportzalda ozish uchun nima yeyish kerak?

Fitnes-parhez: sportzalda ozish uchun nima yeyish kerak?
Fitnes-parhez — sportcha hayot tarzining tengi yo‘q sherigi! Lekin uning o‘z sirlari va hiylalari bor. Hatto siz iloji boricha tezroq ortiqcha vazndan qutulishga qaror qilgan va joningiz boricha mashq qilishga tayyor bo‘lsangiz ham, ehtiyot bo‘ling: sport zalida ozish nafaqat taomnoma tarkibiga, balki ovqatlanish grafigiga ham alohida yondashishni talab qiladi.

Fitnes-parhez: nima yeyish kerak?

Fitnes-parhezning ikkita bosh qahramoni bor — uglevodlar (karbo) va oqsillar.

Uglevodlar — tanani quvvat va miya, asablarni esa ozuqa bilan ta’minlaydi. Tanada karbo zaxiralari glikogenlar (hayvon kraxmali) ko‘rinishida mushaklarda va jigarda saqlanadi va mashq qilish paytida faollik bilan sarflanadi.

Fitnes-parhez uchun karboning eng mukammal manbalari — singishi davomli bo‘lgan uglevodlar. Bu butun donlar va uning mahsulotlari, meva va sabzavotlar — quvvatning bir tekisda kelib tushishini ta’minlaydigan va sekin hazm bo‘ladigan hamma oziq-ovqatlar.

Oqsillar fitnes-parhezda mushaklar uchun “g‘ishtlar” rolini o‘ynaydi: qizish, ishlash va sarf qilish jarayonida mushaklar oqsillarni sintezlash uchun aminokislotalar porsiyasini talab qiladi.

Fitnes-parhezda yog‘lar — diqqat va nazoratni talab etuvchi savol.

Fitnes-taomnomada yog‘ kislotalarining tengi yo‘q — ular kardiovaskulyar, markaziy asab va endokrin tizimlari uchun juda zarur, to‘qimalarning elastikligini ta’minlaydi, hujayralarning bo‘linishida qatnashadi, yog‘ erituvchi vitaminlar uchun saqlovchi va ko‘chiruvchi muhit sifatida xizmat qiladi.

Va, albatta, suv haqida unutmang. Fitnes-parhezning faol ozish bosqichida u havodek zarur — suv yordamida oqsillar va yog‘larning parchalangan mahsulotlari, toksinlar chiqib ketadi. Suv mushaklarni kislorod bilan ta’minlashga yordam beradi.

Lohaslik, og‘iz qurishi, kayfiyatning keskin tushib ketishi suv yetishmasligining alomatlari bo‘lishi ham mumkin!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: