Fohishalar, Buzuqi Qizlar....
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Fohishalar, Buzuqi Qizlar....
- Дата релиза: 07-06-14, 20:54
Quyidagi hadisda
keltirilganidek, Islom
fohishalikni qat’iyan
man qiladi: Bir ansoriy
joriya ayol keldi va
“Mening hojam meni
zino qilishga
majburlaydi” dedi.
Shundan keyin quyidagi
oyat nozil bo’ldi [Ҳayoti
dunyoning o’tkinchi
matoҳini istab, poklikni
iroda qilgan
cho’rilaringizni
foҳishalikka majbur
qilmang. Kim ularni
majbur qilgan bo’lsa,
bas, albatta, Alloҳ ular
majbur qilganlaridan
keyin o’ta mag’firatli va
raҳmli zotdir. 24:33]
(Abu Dovud #2304)
voydodshou.net dan olingan.
Hozirgi jamiyatimizda
juda bir achinarli holatni
uchratish mumkinki –
bu ba’zi kishilarning
ba’zi bir sabablarga
ko’ra fohishalik
ko’chasiga kirib
qolganligidir.
Fohishalikning eng razili
va eng shafqatsizi bu
bolalar prostitutsiyasi
bo’lib, bu ishga bolalarni
o’z ota-onalaridan biri
(kamdan-kam
uchraydigan, lekin eng
vahshatli hol), yoki
ularni otaliqqa olgan
kishilar, yoki firibgar
qalloblar
majburlaydilar.Bundan
tashqari tadqiqotlar
fohishalik va
giyohvandlik o’zaro juda
mahkam
bog’langanligini
ko’rsatmoqda.
Giyohvandfurushlar
odatda hech nimadan
xabardor bo’lmagan
maktab, kinozal va
ko’cha-kuylarda yurgan
o’smir yoshlarni bepul
narkotik tatib ko’rish
taklifi bilan jalb qiladilar.
Oqibatda hech nimadan
xabari bo’lmagan bu
yoshlar istar-istamas
narkotikka o’rganib
qolishadi va o’sha
giyohvadfurushlarning
“doimiy mijoz”iga
aylanib qoladilar. Bu esa
ularni tilanchilik,
o’g’irlik, fohishalik
ko’chasiga olib keladi,
chunki endi narkotik
ular uchun bepul
bo’lmaydi. Yoshlar bu
qo’shmachi
xotinfurushu-
giyohvandfurushlardan
ogoh bo’lishlari lozim –
bu dunyoda hech nima
bepul berilmaydi, har bir
narsada birov uchun
qandaydir foyda bor.
Hushyor bo’ling! Bundan
tashqari, yosh bolalarni
xo’rlash orqali buzuq bir
ma’noda qoniqish
oladigan pedofillarning
tahdididan ham ogoh
bo’ling!