Fotima-Zuhromi yoki Hasan-Husan?

Fotima-Zuhromi yoki Hasan-Husan?

Fotima-Zuhromi yoki Hasan-Husan?
Ayolning qorin bo`shlig`ida joylashgan juft tuxumdonda ikki hayz orasida bir tuxumhujayra etiladi. Odatda bu to`rt haftada bir – yo o`ng, yo chap tuxumdonda sodir bo`ladi. Keyingi hayz maromida avval tuxumhujayra etiltirgan tuxumdon «dam oladi», navbatdagi tuxumhujayra ikkinchi tuxumdonda etiladi. Ana shu o`ziga xos «kelishuvchanlik» ayolning tug`ishga qodir bo`lgan davri mobaynida davom etadi.

Biroq vaqt-vaqti bilan tabiat er yuzida odamzodning kamayib ketayotganini his qilibmi, yoki qiz va o`g`il bolalar muvozanati buzilayotganini sezibmi, ayol organizmining bu faoliyatiga «aralashadi». Shunda tuxumdonlar odatdagidek navbatma-navbat emas, ikkalovi birdan bittadan tuxumhujayra yoki bir tuxumdon (ikkinchisi «dam olayotganda») ikki tuxum hujayra hosil qiladi. Biri – bitta, ikkinchisi esa qo`shaloq yoki undan ko`p tuxumhujayra hosil qilgan hollar ham uchraydi. Faqat bu kamdan-kam sodir bo`ladi.

Umuman, o`rta hisobda har 85 tug`uruqqa bir egizak, har 6-8 ming tug`ruqqa esa biryo`la uch egizak to`g`ri kelishi kuzatiladi. Undan ortiq egizak tug`ish ahyon-ahyonda uchraydi.

Bir tuxumli egizaklar ikki yadroli tuxumhujayraning spermatazoid bilan otalanishidan yoki ikki yadroli spermatazoid bir yadroli tuxumhujayrani otalantirishi natijasida hosil bo`ladi, ba`zan tuxumhujayralar uchta, to`rtta (va undan ortiq) yadrodan iborat bo`lsa, uchtalik, to`rttalik va hokazo egizaklar rivoj-lanishi mumkin.

Bir tuxumli egizaklarning plasentasi bitta, ularning jinsi ham (faqat qiz yoki faqat o`g`il), qon guruhdari ham bir xil va tashqi qiyofalari bir-biriga juda o`xshash bo`ladi, ularni hatto eng yaqin kishilari ham bir-biridan ajratishga qiynaladilar. Ikki tuxumli, ya`ni har xil tuxumdan rivojlanadigan egizaklar bir vaqtda etilgan va alohida urug`lar bilan otalangan ikki va undan ortiq tuxumhujayradan hosil bo`ladi. Ular o`zicha mustaqil rivojlanadi, plasentasi ham alohida bo`ladi, qon guruhlari esa bir yoki har xil bo`lishi mumkin. Shunga qarab jinslari ham bir yoki har xil bo`ladi. Ular o`rtasidagi o`xshashlik odatdagicha: «aka-uka», «opa-singil», «aka-singil», «opa-uka»dek bo`ladi.

Egizaklarning bo`yi va og`irligi (ba`zan ancha) farq qiladi, bu bachadon-plasenta qon aylanish tizimidan oziq moddalarning teng taqsimlanmaganligi bilan bog`liq. Egizaklar bachadonda turlicha holatda joylashgan bo`ladi. Ko`pincha bo`ylamasiga – biri bachadonning o`ng va boshqasi chap tomonini egallaydi. Egizak homilani homiladorlikning ikkinchi yarmida, yurak urishi eshitiladigan paytda aniqlash mumkin, ultratovushli diagnostik apparatlar yordamida esa 3-5 haftadayoq aniqlasa bo`ladi. Egizak homilalarda ayol organizmiga zo`r kelib, boshqorong`ilik ancha qiyin kechadi, bachadonning nihoyatda cho`zilishi natijasida tug`ruq vaqtidan oldinroq ro`y beradi. Shuning uchun ham homilasi egizak deb topilgan ayollar tez-tez ginekologga ko`rinib turishlari, 27-29 haftalik bo`lganda esa erta tug`ib qo`yishning oldini olish maqsadida tug`ruqxonada profilaktik davolanishlari zarur. Ular tug`ish vaqtidan biroz avvalroq tug`ruqxonaga yotsalar yaxshi bo`ladi, chunki homila o`z vaqtida tug`ilsa ham qog`onoq suvining erta ketib qolishi, to`lg`oqning zaif bo`lishi va shu kabi ba`zi holatlar uchraydi. Umuman esa ko`p homilalik normal kechganda tug`ruq vaqtida deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi.

Egizaklarning tug`ilishida irsiyat, naslning ahamiyati bormi, degan savolning tug`ilishi tabiiy. Shuni aytish kerakki, bo`lajak onalar yoki otalarning o`zlari egizak tug`ilgan, ota-bobolari yoki nisbatan uzoqroq egizak qarindoshlari bo`lgan oilalarda egizaklarning tug`ilish ehtimoli ko`proq bo`ladi.

“Xotin-qizlar ensiklopediyasi”dan

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: