Foydali, to`yimli va zaharli zamburug`lar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Foydali, to`yimli va zaharli zamburug`lar
- Дата релиза: 28-04-17, 18:07
Mamlakatimizda zamburug`larning 200ga yaqin botanik turlari aniqlangan bo`lib, shulardan 20-25 tasigina iste`molga yaroqli hisoblanadi. Qo`ziqorinlar bir-biriga o`xshash bo`lgani sabab, ularni farqlash qiyin. Ho`sh, xarid vaqti tanlovda adashmaslik, salomatlikka ziyon etkazmaslik uchun nimalarga e`tibor berish kerak?
Foydalimi?
Qo`ziqorin oqsilga boy mahsulot bo`lib, hatto bu modda uning tarkibida go`shtga nisbatan bir necha barobar ko`proq. To`yimliligi va ozuqaviyligiga ko`ra RR va D vitaminlarining ulkan zaxirasi, foydali mikroelementlar, ruh, temir, molibden, kumush, mis va kobalt bilan to`yingan. Shu sababdan birgina oq qo`ziqorin go`sht, kartoshka va boshqa sabzavotlar o`rnini bemalol bosa oladi.
Turlari
Respublikamizda asosan iste`molbop turlardan shampinon, ko`k oyoq (sinyaya nojka), veshenka, qo`ziqorin (smorchok), qo`ziquyruq (bely grib) kabi turlar, zaqarli turlardan esa lepiota turkumining aksariyat vakillari, Agaricus, xonthodefmus, A. Gennadii va boshqalar keng tarqalgan
Sifati
Qo`ziqorin xarid qilayotganda avvalo, uning tashqi ko`rinishiga qarang: yuzasi silliq va barra ko`rinishidagilarning sifati yaxshi bo`ladi. Yumshoq va so`lib borayotganlari esa aksincha. Qo`ziqorin qalpoqchasi bandiga yaxshi birikkan bo`lishi kerak. Yana sifati buzilmagan zamburug` yoqimsiz hid taratmaydi.
Qaerda saqlaymiz?
Odatda, sotuvga chiqarilgan qo`ziqorinlar bir necha sutka saqlanishga mo`ljallangan bo`lib, muddati o`tgach, iste`molga yaroqsiz hisoblanadi. Xarid qilingan qo`ziqorinlarni usti yopiq idish yoki sellofan xaltaga joylab, imkon qadar muzlatkichda saqlash lozim.
Qaynatimizmi yoki yo`q?
Har qanday turdagi qo`ziqorinni qaynab turgan suvga solib, 15-20 daqiqa pishirib olgan ma`qul. Shundan so`nggina taom yoki egulik tayyorlashda foydalansa bo`ladi. Qaynatish jarayonida pishganini bilish uchun bir donasini ikkiga ajratib, ta`tib ko`ring. Unutmang, pishirilgan qo`ziqorinlar bir kundan ortiq saqlanmaydi.
Ko`p foydalanadiganimiz
Bugungi kunga kelib, bozorlarda va supermarketlarning sabzavotlar sotiladigan qismida asosan ikki xil qo`ziqorinni yil bo`yi topish mumkin. Bular veshenka va shampinondir. Shuningdek ular marinadlangan holatda ham keng tarqalgan. Bu qo`ziqorinlardan turli xil salat va eguliklar tayyorlash mumkin. Qolaversa, ular kalsiy, kaliy va temir kabi vitaminlarga to`yingani bilan ham foydali. Narxi go`shtdan ancha arzon bo`lgani sababli tejamkor bekalarning taomnomasidan allaqachon sharafli o`rin olgan.
Zaharli turlari
Qizil muxomor, oq poganka, satanin zamburug`i kabilar zaharli hisoblanadi. Agar qo`ziqorin rangi yashilsimon, ko`kimtir yoki qoramtir bo`lsa, yoqimsiz hid taratib, qo`lingizga yopishsa, bilingki, bu mahsulot iste`molga yaroqli emas! Qolaversa, qo`ziqorinlarni me`yorda iste`mol qilish lozim.
Boshqa mahsulotlar bilan mosligi
Qo`ziqorin turiga ko`ra kartoshka, karam, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar bilan yaxshi muomalaga kirishadi. Tovuq go`shti bilan qovurib, smetana qo`shilsa, ta`mi yanada xushxo`r bo`ladi. Shivit, ko`kpiyoz va kashnich qo`ziqorinning «do`st»lari. Sarimsoqpiyozni esa qo`ziqorinli tamolarga kamroq ishlatganingiz ma`qul.
Davosi
Tibbiyotda zamburug`lar bilan davolashning butun bir yo`nalishi bo`lib, u fungoterapiya deyiladi. Bunda qo`ziqorinning turiga ko`ra ma`lum bir kasalliklarni davolashda qo`llash mumkin. Masalan, dojdevik qo`ziqorini yaralarga malham bo`ladi, lisichka turi gijjalarni tushirishda foydali, opyatyada esa yurak ishemik kasalliklari hamda diabetni davolovchi moddalar mavjud. Davo uchun qo`ziqorindan foydalanishda, albatta, shifokor maslahati zarur.
Ehtiyot bo`ling!
Respublika Davlat Sanitariya-epidimiologiya nazorat markazi mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotga ko`ra, qo`ziqorindan zaharlanish mart, aprel va may oylarida ko`proq kuzatilarkan. Katta magistral yo`l yoqalarida, zaharli kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi korxonalar atrofida hamda ariq bo`ylarida o`suvchi qo`ziqorinlar atmosfera havosi, suv va tuproq tarkibidagi zaharli moddalarni o`ziga singdirishi natijasida xavfli qo`ziqoringa aylanishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар