Fransuzcha ozish

Fransuzcha ozish

Fransuzcha ozish
Fransuz ayollari o'zining
ozg'inligi bilan dunyoga
mashhurdir. Agar fransuzcha
taomnomaga qaralsa, uning
tarkibida albatta qaymoqli desert,
uglevodli asosiy taom va
glyukozaga boy vino ham bo'ladi.
Nega unda fransuz ayollari
semirib ketmaydi?
Bu haqda hatto tadqiqotlar ham
olib borilgan. Ahir to'g'ri
ovqatlanish tamoyilida
"uglevodlarni oqsillar bilan
yemaslik kerak," deb tavsiya
etiladi. "Asosiy taomdan so'ng
desert yeyish tez semirtiradi",
kabi qoidalar mavjud bo'lsa, u
holda fransuzlar to'g'ri
ovqatlanish tamoyiliga amal
qilmayotgan bo'lmaydilarmi?
Lekin ular ozg'in, Fransiyaga
borgan odam ko'chada
haqiqatan to'la bo'lgan insonni
ichratsa u odatda turist bo'lgan
bo'ladi. Fransuz aholisi, ayniqsa
yoshlari orasida umuman semiz
odam uchramaydi.
Yana bir qiziq holat, fransuz
odam Amerikaga borib yashasa,
yarim yilda semirishni boshlaydi.
Shu qatorda amerikalik
Fransiyaga kelib yashasa,
semirmaydi hatto ozadi ham.
Ajoyib emasmi?
Nihoyat tadqiqotlar buning
sababini topdilar. Bu sabablar ilk
ko'rishda oddiydek tuyulganiga
qaramay, haqiqatan inson
organizmi ortiqcha vaznga ega
bo'lmasligi uchun yordam berar
ekan.
1. Fransiyada yillar davomida
tushlikka 2 soat ajratiladi. Ya'ni
ishxonadagilarga tushlikda
ovqatlanib olish uchun to'liq 2
soat berilar ekan. Bunday
imkoniyatni deyarli hech bir
mamlakatda uchratmaysiz.
Sababi, fransuzlar ovqatni juda
sekin yeyishni afzal ko'radilar.
Ovqatlanish ular uchun maxsus
jarayon bo'lib, uni hech qachon
yo'lda, shoshgan holda yoki tez
pishadigan ovqatlar bilan
qilmaydilar. Ovqatlanish
jarayonidan fransuzlar to'liq
lazzat olishlari muhim. Nafaqat
qorin to'yishi kerak, balki
ovqatlanishdan estetik qoniqish
ham ular uchun muhim
hisoblanadi. Bu esa semirmaslik
uchun juda kuchli faktor.
Birinchidan, sekin ovqat
yeyilganda to'yish hissi ham tez
keladi va ravshan namoyon
bo'ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt
chaynalgan taom oshqozonda
tez hazm bo'ladi. Uchinchidan,
uzoq muddat yaxshilab
pishirilgan taom, tez pishadigan
"fast food" kabi taomdan farqli
o'laroq semirtirmaydi.
Afsus, hozirgi kunda, yoshlar
shoshgan holida ovqatlanishni
odat qilganlar. Yo'lda hot-dog
yeb ketish, chala tayyor taomlarni
mikroto'lqinli uskunada tayyorlab
yeyish yoki oshxonaga kirib
shoshib tamadi qilib olish hozirgi
kunning odatidir. Oqibati esa,
ortiqcha vaznda, oshqozon-ichak
a'zolari kasalliklarida namoyon
bo'lmoqda.
2. Fransuzlar restoranlariga nazar
solsak, taomnomada doim set
taomi mavjud bo'ladi. Bu nima
degani? Bunda mijoz bir narxga
biratolasin 3 taomni sotib oladi.
Bu odatda salat, asosiy taom va
desert bo'lishi mumkin. Yoki 2
taomdan iborat set salat va
asosiy taom yoki asosiy taom va
desertdan tashkil topgan bo'ladi.
Bir tomondan qarasa, bizdan
deyarli farqi yo'q. Biz ham kafega
ovqatlanishga borsak, birinchi
salat yeymiz, keyin asosiy taom va
oxirida desert bilan tamadini
yakunlaymiz. Lekin fransuzlar
yeyishida bizdan bir katta farq
bor. Bu porsiya!
Biz butun bir tushlik kalloriyasini
tashkil etuvchi salatdan keyin,
huddi shuncha kalloriyaga ega
asosiy taom va ba'zida asosiy
taomdan kalloriyada oshib
ketuvchi desert bilan
ovqatlanamiz. Fransuzlarda esa
mana shu salat, asosiy taom va
desertning umumiy kalloriyasi bir
tushlikda talab etiladigan
kalloriyadan oshmaydi. Ya'ni
bizning holatda 3000 kalloriyaga
ham yetsa, fransuzlarda bu
uchchala taom shundoq
balanslashgan bo'ladiki, uning
umumiy kalloriyasi 1000-1500
kalloriyadan oshmaydi.
Demak, semirmaslik uchun
yeyilayotgan porsiyaga hamiyat
bermoq lozim. Mayonezga
bo'kkan salatdan keyin shashlik,
ustidan esa snikers tortini yeb
hech qanday balans haqida
gapirib bo'lmaydi.
3. Nihoyat tadqiqotlar aniqlagan
uchinchi sabab sifatda ekan. Har
bir fransuz uchun ovqat uchun
sifatli mahsulotlardan foydalanish
bu qonun. Haqiqiy fransuz taom
tayyorlashda oz bo'lsada
eskirgan, bir tomoni burushib
qolgan yoki uzoq vaqt
xolodilnikda turgan mahsulotni
hech qachon ishlatmaydi.
Ularning fikricha, odam
organizmi faqat yuqori sifatli,
foydali va mazali mahsulotlarni
iste'mol qilishi kerak. Tez
pishadigan, chala tayyor
taomlarni yeyish fransuz uchun
juda qiyin. U ovqat tayyorlashga
ham uni iste'mol qilishga ham
juda katta e'tibor bilan qaraydi.
Mana shu uch tamoyil fransuz
ayollarini semirmasligiga asosiy
sabab ekan.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: