GIALURON MODDASI. YoShARTIRADI, HIMOYaLAYDI, GO`ZALLIK ULAShADI!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: GIALURON MODDASI. YoShARTIRADI, HIMOYaLAYDI, GO`ZALLIK ULAShADI!
- Дата релиза: 19-08-17, 19:27
Go`zal va betakror ko`rinishimiz, ajinlarning oldini olish va borlarini bartaraf etishda terini namlantirib turishimiz juda muhim. Ham ichkaridan, ham tashqaridan. Ichqaridan qanday qilib namlantiriladi, deysizmi? Gialuron moddasi yordamida-da, albatta! Kosmetolog Mahbuba MAMANOVA bugun shu mavzuga to`xtaladi.
Bu o`zi qanday modda?
Kosmetik vosita tanlash chog`ida yoki reklama roliklari orqali «gioluron kislotasi» degan so`zlarga ko`zingiz tushgan bo`lsa kerak. Tallaffuzi biroz mushkul bo`lsa-da, aynan shu modda teridagi namlikni saqlab, qarishdan himoyalaydi. Aslida gialuron kislotasi hujayralarimiz orasida mavjud gelsimon modda bo`lib, uning bir dona molekulasi 500 tagacha suv molekulasini ushlab qolishga qodir. Bundan tashqari, terining cho`ziluvchan va mayinligini ta`minlovchi kollagenlar ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi.
Uzoq muddat quyosh nurlari ostida bo`lganingizda teri sho`ralab, to`kila boshlashini kuzatgansiz-a? Aynan gialuron kislotasi etishmaganida teri ostidagi suyuqlik parlana boshlaydi. Yosh ulg`aya boshlaganda ham shunga o`xshash vaziyat kuzatiladi. Natijada ajinlar yuzaga keladi. Ajinlarning oldini olish uchun gioluron kislotasini ehtiyot qilish, kerak bo`lsa, ishlab chiqarilishini rag`batlantirish talab etiladi.
«Sehrli» kremlarga ishonishsa bo`ladimi?
Agar abadiy go`zallikning siri bir quti kremga joylanganida dunyoda birorta ham keksa inson qolmasdi, nima dedingiz? Shuning uchun parvarish vositalaridan mo``jizaviy natijani kutish noo`rin. Ishlab chiqaruvchilar krem, zardob, niqob va gellar tarkibiga yangicha moddalarni qo`shganliklarini, shu moddalar terining chuqur qatlamlarigacha etib borib, ajinlardan xalos etishini aytib, tinimsiz bong urishmoqda. Va shunday innovasion moddalar qatoriga gioluron kislotasini ham kiritishgan. Bo`lsa bordir, kremlarga bunday moddalar qo`shilgan yoki aksi ekanligini muhokama qilish fikridan yiroqmiz. Biroq o`sha gialuron kislotasining hajmi teridagi teshiklardan o`ta olamasligini yaxshi bilamiz. Qancha ishqalasangiz ham, teri ostiga kirib borolmaydi. Demak, vositangiz chuqur ta`sir o`tkazishga qodir emas, biroq epidermisga foydasi tegishi aniq. Ya`ni teri yuzasida yupqa plyonka hosil qilib, suv parlanib ketishini sekinlashtirishga ko`maklashadi. Bugungi kunda kosmetologiyada o`ta mayda molekulali vositalar ham mavjud bo`lib, ular lazer nuri yoki elektr toki yordamida teriga singdirilmoqda.
Go`zallik ukollari-chi?
Ha, teri ostiga yuboriladigan yoshartiruvchi ukollarning asosini ham aynan gialuron kislotasi tashkil etadi. Unga bir qancha vitaminlar va foydali moddalarni qo`shib, mezoterapiya amaliyotini o`tkazish mumkin. Gelsimon gialuron kislotasi yordamida esa chuqur ajinlardan xalos bo`lish imkoniyati mavjud. Shu o`rinda gialuron kislotasi so`rilib ketganidan so`ng teri avvalgi ko`rinishiga qaytib qoladimi degan haqli savol tug`ilishi mumkin. Qiziq tomoni shundaki, organizmning o`zi shu modda ishlab chiqarilishini rag`batlantirar ekan. Bu esa natija uzoqroq saqlanishini ta`minlaydi.
Eshitdingizmi, xapdorisi ham chiqibdi?
Dorixona va internet do`konlarda suyuq yoki kapsula ko`rinishidagi gialuron kislotasini ham uchratishingiz mumkin. Lekin ular butunlay besamar hisoblanadi. Chunki oshqozonga tushib parchalangach, modda butun organizm bo`ylab tarqatiladi. Uning qancha qismi aynan yuz yoki bo`yinga ta`sir qilishi o`rganilmagan. Shuning uchun bunday vositalarga murojaat qilish tavsiya etilmaydi.
Taomnomamizga yangilik kiritamiz
Organizmimizning o`zi tabiiy gialuron kislotasi ishlab chiqara olishi haqida gaplashdik. Bu jarayonni rag`batlantirish uchun yoshlik va go`zallikni saqlab qoluvchi mahsulotlarni iste`mol qilib borish lozim. Shunday taomlardan biri tovuq go`shtidan tayyorlangan qaynatma sho`rva hisoblanadi. Uni muntazam iste`mol qilsangiz, teringiz tarang va chiroyli ko`rinadi. Bundan tashqari, fitoestrogenlarga boy soya pishlog`idan ham ko`proq tanovul qilishga odatlaning. Yapon go`zallarining yuzlarini ko`rgansiz-a? Yoz ne`matlaridan esa uzum chiroyingizni uzoq saqlab qolishga qodir. Taomnomangizda shunday foydali mahsulotlarni ko`paytirsangiz, ishonamizki, yillar sizga o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар