Go'zallik uchun muhim uch mahsulot
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Go'zallik uchun muhim uch mahsulot
- Дата релиза: 01-02-19, 01:12
ZAYTUN MOYI
Uni iste'mol qilasizmi yoki shunchaki yuzaki foydalanasizmi, buning farqi yo'q, «Italiya oltini» inson tanasini yoshartiradi hamda sog'lomlashtiradi. Antioksidantlar va yog' kislotalari konidan mana bunday yo'sinda foydalanish mumkin.
Moy yordamida tozalash haqida eshitgandirsiz. Eng qizig'i, zaytun yog'i har qanday teriga mos keladi.
Xuddi pardozlangandek
Zaytun moyi bilan solishtirilganda qolgan barcha vositalar yutqazadi. Bu mahsulot arzon bo'lmasligi mumkin, lekin undan foydalanishdan keyingi tabiiylik hamda mayinlik o'zini oqlashi shubhasiz.
Sochlar salomatligini tiklashda…
Yorqin, jilokor sochlar, qazg'oq hamda quruqlikdan xalos bosh terisiga issiqqina zaytun moyidan soch uchun niqoblar tayyorlash orqali erishish mumkin. Bu niqob istalgan mavsum, istalgan uzunlikdagi sochlarga mos keladi.
Teri uchun toner
Zaytun moyi hamda ko'k choyni aralashtirib, teri uchun munosib toner tayyorlang.
Husnbuzarlarni davolashda
Uyquga yotishdan oldin yuzingizning muammoli qismiga zaytun yog'idan surtib yoting. Tun bo'yi moy teriga yaxshi ta'sir ko'rsatib, husnbuzarni davolaydi.
Oddiy soqol oluvchi krem o'rniga
Turmush o'rtog'ingizga tavsiya qilib ko'ring. Zaytun moyidan soqol olishda krem o'rnida foydalanish mumkin.
Eng muhimi, zaytun yog'ini taomnomaga kiritishni ham unutmang. Salatlarga qo'shing. Ovqat pishirishda foydalaning.
OLMA SIRKASI
Olma sirkasi ham foydali mahsulotlardan biri, albatta, tabiiy bo'lsa. Suv bilan aralashtirib ishlatsangiz ham foydali.
Sochlarni chayish
Sochlaringizni yuvganingizdan so'ng ularni 1: 1 miqdorda aralashtirilgan suv hamda olma sirkasi bilan chaying. Bu sochlarni jilokor qiladi. Muolajani haftada ikki marotabadan ko'p takrorlash mumkin emas.
Husnbuzar chiqqanda ularni olma sirkasini surtish bilan yo'qotish mumkin ekan. Faqat sirkani husnbuzarning o'ziga surting. Butun yuzingizga emas.
Varikozga qarshi kurashishda…
Buni qarangki, olma sirkasi teri osilib qolganda unda hosil bo'ladigan xunuk dog'larni ham ketkaza olar ekan. Ayniqsa, kimyoviy vositalardan foydalana olmaydigan ayollar olma sirkasini suv bilan aralashtirib, oyoqlariga surtish orqali venadagi muammolardan xalos bo'lishi mumkin.
Suli yormasi — tana hamda teri uchun juda ajoyib tabiiy mahsulot.
Yumshoq skrab
Qo'lingizga bir hovuchdan kamroq suli yormasini olib, unga ozgina suv qo'shib, qo'llaringiz bilan ishqalang. Shunda qo'lingizda suli yormasi hamda suvning aralashmasidan oq massa hosil bo'ladi. To'kib yubormasdan shu massani yuzingizga surtib, yengil ishqalang. Bir necha soniyadan so'ng yorma yopishqoq bo'lib qoladi. Shundan keyin yuzingizni toza suvda yuvib olishingiz mumkin.
Teridagi qizarish hamda qichishishlarni yo'qotadi
Namlangan yormani yuzda bir necha daqiqa qoldirsa bo'ladi. Yogurt + suli yormasi, asal + suli yormasi, zaytun moyi + suli yormasidan ham niqob tayyorlash mumkin.
Iste'molda…
Nonushtaga bo'tqa tayyorlash mumkin. Bundan tashqari, suli yormasini un holiga keltirib, pishiriq pishirishda un o'rnida ham foydalanish mumkin.
Yuqoridagi mahsulotlar deyarli allergen emas. Lekin o'zingiz uchun ilk foydalanishda bir marotaba sinov sifatida ishlatganingiz ma'qul.
Suli yormasi ham tabiiy bo'lsin. Tez pishadiganidan foyda yo'q.
Olma sirkasini doim suv bilan aralashtiring. Chunki u ancha kuchli vosita.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар