​Go`zallikning yozgi 16 siri

​Go`zallikning yozgi 16 siri

​Go`zallikning yozgi 16 siri
Kunlar isishi bilan hamma suv havzalariga va quyoshda toblanishga oshiqadi. Foydalanib qolish kerak axir. Ustiga-ustak chiroyli toblangan teri hamon urfda bo`lsa. Ammo har narsada ham me`yor va uquv kerak. Quyida masalaga oid eng ko`p beriladigan savollarga javob beramiz.

1. Agar teri nozik va ta`sirchan bo`lsa, nimalarga e`tibor qaratishim kerak?

Avvalo sun`iy tarkibli va aromatizatorlarga boy quyoshga qarshi kremlardan umuman foydalanmang. Ular terini qichishtiradi. Ikkinchidan, ta`tilga bir oy qolganda tarkibida beta-karotin mavjud kremdan foydalaning. U teringizni quyosh vannalariga yaxshilab tayyorlaydi.

2. Quyoshga qarshi vosita o`rniga tungi kremdan foydalanish mumkin, degan gap to`g`rimi? U meni etarlicha himoyalay oladimi?

Ishonish qiyin, ammo bu gap zamirida haqiqat bor. Tungi kremlar tarkibida SPF-filtr bo`lmasa ham, tiklovchi va oziqlantiruvchi moddalar ko`p. Shuningdek, ular kunduzgi kremlardan «og`irroq» bo`ladi. Bu esa quyoshga qarshi yaxshiroq himoya qatlami hosil qiladi. Shu sababli quyoshga qarshi krem topilmaganda ulardan foydalanish mumkin. Albatta, quyoshga qarshi maxsus vositalarga nisbatan 50 foizga kam samara beradi. Ammo yo`qdan ko`ra, oz bo`lsa-da ultrabinafsha nurlardan himoyalanasiz.

3. Suvga chidamli vositalarni SPF bilan birga ishlatsam bo`ladimi?

Albatta, mumkin. Cho`milib chiqqandan so`ng yana 20 daqiqa davomida o`zining himoya vazifasini bajara oladigan vositalar suvga chidamli sanaladi. Ammo teri quyoshda qurishi bilan kremning himoya xossalari havoga uchib ketadi. Shu sababli ularni qayta-qayta surtib turish lozim.

4. Teri quyoshda kuysa, vaqt o`tishi bilan xuddi toblangandek ko`rinishi rostmi?

Umuman olganda, shunday. Engilgina qizarib turgan teri bir necha kundan so`ng toblanishga aylanadi. Ammo quyoshda kuygan teri po`st tashlay boshlaydi. Demak, bu toblanish effekti uzoq saqlanib turmaydi. Shu sababli ehtiyot bo`ling! Salgina qizarish ham sog`liqqa zarar etkazishi mumkin.

5. «Men asosan salqin joylarda yuraman. Shunga qaramay, terim chiroyli toblanishi mumkinmi?»

Albatta! Ultrabinafsha nurlar soya joylarda ham mavjud, chunki ular butun atmosferaga tarqaladi. Ustiga ustak, ultrabinafsha nurlarning soya joylarda bir me`yorda tarqalishi tufayli teringiz bir tekis toblanadi. Bunda maxsus zardob va skrablar yordam beradi, ularni ta`tilga ikki hafta qolganda teriga surtib turish lozim. Ular terida melanin hosil bo`lishini tezlashtiradi, natijada tezroq toblanasiz.

50 foiz ayollar ultrabinafsha nurlari terida ajinlar paydo bo`lishining asosiy sababchisi ekanini bilishmaydi.

6. Yozda atirlardan voz kechish kerakmi?

Ko`pgina o`tkir iforlar, masalan, bergamot yog`i quyosh nurlari bilan reaksiyaga kirishib, kiyimda qora dog`lar qoldiradi. Yozda engil iforlardan foydalanganingiz ma`qul. Shunda ham ularni faqat sochlarga sepish kerak.

7. Sun`iy (solyariyda) toblanish terini quyoshda kuyishdan asraydimi?

Aslo! Ko`pgina solyariylar A tipidagi ultrabinafsha nurlari bilan ishlaydi. Ular terini toblaydi, ammo himoya qobiliyatini rag`batlantirmaydi. Bundan tashqari, solyariyda tez-tez toblanish teri saratoni xavfini oshiradi.

8. Quyoshga qarshi kremning o`tgan yildan qolganidan foydalansa bo`ladimi?

Agar hali qadoq buzilmagan bo`lsa, mumkin. Shunda ham yaroqlilik muddatiga qarash kerak. Biroq o`tgan yili ochilgan idishdagi vositani ishlatmagan ma`qul, chunki o`tgan vaqt mobaynida uning tarkibidagi moddalar achigan va o`z xossasini yo`qotgan bo`lishi mumkin.

Ko`pchilik ayollar may oyiga kelibgina terini toblashga tayyorlashni boshlashadi. Faqat 4 foiz ayollargina yil o`n ikki oy terilarini yozgi toblashga tayyorlab boradilar!

9. Yozda sport bilan shug`ullanish uchun qanday dezodorantdan foydalanish kerak?

Agar yozda ochiq havoda sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanmoqchi bo`lsangiz, SPF-himoyali dezodorantlardan foydalaning. Sport zallarida shug`ullanish uchun esa «antistress» funksiyali dezodorantlar tavsiya etiladi.

10. Quyoshda toblangandan keyin terini maxsus parvarishlash shartmi?

Shubhasiz! After sun belgili maxsus losonlar mavjud, ular tarkibidan terini namlantiruvchi va tinchlantiruvchi komponentlar bor. Ularni dush qabul qilib bo`lishingiz bilanoq surting. Oddiy losonlardan ham foydalansangiz bo`ladi, faqat uning tarkibida Aloe Vera, shaftoli yoki o`rik moyi mavjud bo`lishi kerak. Yuz terisi uchun tungi kremlardan foydalanishni ham unutmang, ular terini juda yaxshi parvarishlaydi.

11. Quyoshdan himoyalovchi kremlardan ko`p foydalanish organizmda D vitamini tanqisligini yuzaga keltirishi rostmi?

Bu juda keng tarqalgan afsona. Yoz oylarida bunday tanqislik bo`lishi mumkin emas. To`g`ri, quyoshdan himoyalovchi vositalar D vitamini hosil bo`lishini birmuncha kamaytiradi, shunga qaramay, teri organizm uchun zarur miqdordagi D vitaminini sintezlay oladi. 20 foiz ayollar faqat terini toblash haqda o`ylab, uni himoyalashni unutib qo`yadilar.

12. Quyosh vannalari qabul qilganimdan so`ng yuz terisini himoyalashim shartmi?

Quyoshda toblangandan so`ng yuz terisini nafaqat himoyalash, yaxshilab namlash va jonlantirish kerak. Teringiz tipiga mos keladigan ajinga qarshi zardob va namlantiruvchi krem tanlang. Ular tarkibida albatta gialuron kislotasi bo`lishi kerak.

13. Quyoshga chiqishdan yarim soat oldin quyoshdan himoyalovchi krem surtishim kerakmi?

Yo`q, chunki SPF-himoya surtilgan zahoti o`z ishini boshlaydi. Uni uydan chiqayotganda surtish kerak, chunki cho`milish havzasiga etib borguncha teringizni kuydirishga ulgurishingiz mumkin.

14. «Quyoshdan himoyalovchi» belgili kosmetik vositalardan foydalanishning o`zi etarlimi?

Yo`q! Pardoz yuzga kremchalik bir tekis. Shu sababli ular terini qisman himoya qiladi, xolos. Pardoz tagidan har doim quyoshdan himoyalovchi krem surting yoki uni tonal asos bilan almashtirib qo`llang.

15. Quyoshdan himoyalovchi kremlar teri teshikchalarini berkitib qo`yib, ajinlar hosil bo`lishiga olib kelishi rostmi?

Agar teringiz yog`li yoki aralash tipga mansub bo`lsa, oziqlantiruvchi moddalarga boy quyuq himoyalovchi kremlar yuqoridagi muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli qo`rg`oshin (sink) tarkibli engillashtiruvchi vositalardan (gellar, spreylar) foydalaning. Ular yopishqoqlik hissini keltirib chiqarmaydi, teridan yog`lar ajralishini nazorat qiladi, yallig`lanishga qarshi ta`sirga ega.

30 foiz insonlar quyoshda kuyishni umuman bezarar deb hisoblashadi, bu esa mutlaq noto`g`ri qarash!

16. Terimga yog`li narsalar surtishni yoqtirmayman. Toblanish uchun mo`ljallangan moylardan foydalansam bo`ladimi?

Albatta. Axir quyoshdan himoyalovchi zamonaviy vositalar teriga bir tekis yotadi va tezda singib ketadi. Ular tarkibida polimerlar mavjud bo`lib, bu moddalar quruq teriga surtilganda uni silliq qiladi.

SPF-himoya nima?

Quyoshdan himoyalovchi ko`pgina vositalar tarkibini o`qiganimizda «SPF-himoya» degan yozuv va yonida raqamlarga ko`zimiz tushadi. Bu himoya vositasining maxsus markeri bo`lib, uni to`g`ri tanlasangiz, quyoshda kuymay, teringizni bir tekis va chiroyli toblaysiz. SPF-himoyaning koeffisenti 2 dan 24 birlikkacha bo`ladi va zararli ultrabinafsha nurlardan himoyaning uch darajasini bildiradi:

kuchli himoya SPF 24-12
o`rtacha himoya SPF 12-3
jadal toblanish uchun himoya.
To`g`ri himoyalanish uchun arifmetikani esga olamiz. Quyoshda 15 daqiqagacha turib, terini kuydirmaslik mumkin. Undan keyin ultrabinafsha nurlarning zararli ta`siri boshlanadi. SPF-himoya indeksini 15 ga ko`paytirib, shu vosita himoyasida qancha vaqt quyoshda o`tirish mumkinligini aniqlash mumkin.

SPF 4 (4 x 15) – 1 soat
SPF 8 (8 x 15) – 2 soat
SPF 10 (10 x 15 ) – 2 soat 30 daqiqa
SPF 15 (15 x 15) – 3 soat 45 daqiqa
SPF 20 (20 x 15) – 5 soat.
Shahnoza SOATOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: