Gollivudlik kosmetologdan go'zallik sirlari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Gollivudlik kosmetologdan go'zallik sirlari
- Дата релиза: 01-02-19, 01:10
Gollivudda tanishtirishga muhtoj bo'lmagan doktor Garold Lanser, teri go'zalligi yoshga bog'liq emasligiga ishonchi komil. Uning sharofati bilan mashhur aktrisalar Jennifer Lopes va Skarlett Yoxansson yillar o'tgan sari chiroyiga chiroy qo'shilib bormoqda.
KUNDALIK PILING
Hayron qolarlisi, doktor Lanser kundalik piling teri epidermisiga zarar yetkazadi degan fikrga qarshi. Uning ta'kidlashicha, kundalik piling teri yosh va ko'rkam saqlanishiga faqatgina ko'maklashadi. Bahs-munozaralarga sabab bo'ladigan uning bu tavsiyasiga amal qiladigan mijozlari ko'rinishlaridan mamnun.
60 SONIYa QOIDASI
Dermatolog namlantiruvchi kremlarni yuvinib bo'lgach, bir daqiqa ichida surishni tavsiya qiladi. Shunda krem va teri o'rtasida yanada ko'proq namlik saqlanib qoladi.
YuZ UChUN ShAMPUN
Qanchalik g'alati eshitilmasin, lekin doktor nima deyayotganini biladi. Yuz terisining qichishishini qazg'oqqa qarshi shampun yordamida oldini olish mumkin, chunki uning tarkibida rux mavjud. Ta'sirchan teriga sohiblar ham yuzlarini shampunga yuvishlari tavsiya qilinadi.
PRAYMERNI UNUTMANG
Pardozdan avval suriladigan baza neytral kimyoviy tarkibga ega bo'lgani sababli, u yog'li terilarni husnbuzar toshishidan, normal terilarni esa qurib ketishdan saqlaydi.
SPF-FAKTOR
Yulduzli dermatolog SPF-himoyadan haddan tashqari ko'p foydalanmaslikni maslahat beradi. Agar namlantiruvchi kremingiz Ultra binafsha nurlaridan himoyaga ega bo'lsa, tonal kremni SPF-himoyasiz bo'lgani ma'qul. Bu teri uchun ortiqcha yuk bo'ladi. Eng yaxshisi kundalik foydalanish uchun yengil VV va SS-kremlardan foydalangan ma'qul.
BYuTI-DETOKS
Haftasiga bir marta pardozsiz kun e'lon qiling. Bu kuni siz faqat terini ozuqlantiruvchi va namlantiruvchi kremlardan foydalaning.
SUV HARORATI
Iloji boricha iste'mol qilish va yuvinish uchun xona haroratidagi suvdan foydalaning. Shunday qilsangiz teringiz ortiqcha namlikni yo'qotmaydi va tirishib qolmaydi.
TIShLARINGIZNI NONUShTAGAChA YuVING
Garold Lanser ta'kidlashicha, bu qoidaga amal qilsangiz teringiz ko'rkam ko'rinishni yo'qotmaydi. Chunki, tishlar ilk taom iste'molidan avval tozalanganda tun bo'yi yig'ilib qolgan bakteriyalar taomingiz bilan organizmingizga singib ketmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар