Grippga qarshi vaksina 100 foiz himoya emas?!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Grippga qarshi vaksina 100 foiz himoya emas?!
- Дата релиза: 03-10-18, 19:34
Odatda, grippga u qadar e`tibor qilmaymiz. Ba`zan kasallikni oyoqda o`tkazishimiz ham rost. Lekin buning asorati borligini bilmaymiz. Xo`sh, gripp yo`limizga to`g`anoq bo`lmasligi uchun nima qilish kerak? Axir, u havo-tomchi yo`li bilan yuqadi, nafas olmaslikning esa iloji yo`q. Shunday ekan, yagona chora – emlanish. Biroq odamlar orasida grippga qarshi vaksina haqida har xil gaplar yuradi. Bugun shulardan bir qanchasiga ftiziatr Malik UTEShEV oydinlik kiritadi.
Kimlarga tavsiya etiladi?
Immuniteti mustaµkam kishilar va odamlar bilan u qadar ko`p muloqotda bo`lmaydiganlar uchun emlanish ortiqcha. Bunday kishilarga kasallik yuqishi ehtimoli juda kam. Shuningdek, grippga qarshi emlanish quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:
homiladorlikning birinchi uch oyligida;
6 oylikkacha bo`lgan go`daklarga;
vaksina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo`lganlarga.
Shuningdek, tana harorati ko`tarilganida, mavjud surunkali xastaliklar avj olgan mahal, og`ir kasalliklarda emlanish mumkin emas.
Mana bu holatlarda esa emlanish zarur hisoblanadi:
6 oydan oshgan go`daklar;
keksalar (60 yoshdan oshganlar);
yurak qon-tomir tizimi, o`pka va buyrakda surunkali xastaliklari bor bemorlar;
immun tizimi sust, OITS bilan kasallanganlar;
qandli diabet, bronxial astma, qon kasalliklariga chalinganlar.
Bu kabi bemorlarda gripp juda og`ir kechadi va og`ir asoratlar kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, oilada shu guruhga kiruvchilar bor bo`lsa ham emlanish tavsiya etiladi. Chunki gripp ular orqali salomatligida muammo boryaqinlarga osongina yuqishi mumkin.
Bundan tashqari, ba`zi kasb egalariga ham grippga qarshi emlanish tavsiya etiladi. Bular: maktab va maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari, haydovchi va jamoat joylarida xizmat qiluvchilar, talabalar.
Emlanishdan 2-3 kun avval antigistamin preparatni qabul qilish tavsiya etiladi. Bu kelib chiqishi ehtimoli bor allergik reaksiyani xavfini kamaytiradi.
Emlanganlar ham kasallanadi...
Emlanish gripp bilan kasallanmaslikka 100 foiz kafolat emas. Chunki:
kasallik grippning vaksinada bo`lmagan boshqa shtampiga taalluqli bo`lishi mumkin;
emlangach, vaksina kuchga kirgunicha kasallanganda (emlangach, immunitet hosil bo`lgunicha vaqt kerak);
organizmga bir vaqtning o`zida katta miqdordagi virusla tushishi sababli ularga qarshi immunitet kuchi etmasligi;
sifatsiz yoki muddati o`tgan vaksina qo`llanishi;
emlanish usuli noto`g`riligi. Masalan, vaksina mushaklar orasiga emas, teri ostiga, elka yoki songa emas, dumbaga yuborilgan bo`lishi.
Ko`pincha, bemor gripp emas, boshqa virusli infeksiyaga uchrasa ham, gripp bo`ldim deb o`ylaydi. Bu O`RVI bo`lib, unga paragripp, adenovirus, enterovirus yoki rinoviruslar sabab bo`ladi.
Qachondan boshlagan ma`qul?
Grippga qarshi emlanish tadbiri sentyabr oyidan boshlangani ma`qul. Shunda gripp avj olgan davrgacha immunitet shakllanib ulguradi. Grippga qarshi Respublika vaksinasiya markazi va uning viloyatlardagi bo`limlari hamda xususiy tibbiy muassasalarda emlanish mumkin.
Odamlar orasida uyda emlanish usuli bor ekan, degan savollar ko`p bo`lyapti. Afsuski, buning iloji yo`q. Bunday preparatlar dorixonalarda sotilmaydi. Chunki uy sharoitida vaksinani saqlash sharoiti bo`lmagani uchun u tez buziladi va hayot uchun xavfli bo`lib qoladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар