GUGUSh: “YaLDO KEChASI”DAN “IShQ FARYoDI”GAChA...
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: GUGUSh: “YaLDO KEChASI”DAN “IShQ FARYoDI”GAChA...
- Дата релиза: 27-09-17, 15:40
U kuylagan qo`shiqlar o`tgan asrning etmishinchi yillarida jahondagi ko`plab mamlakatlarda radio to`lqinlari orqali yangrab, millionlab muxlislar qalbiga kirib borgan edi.
Bizni maftun etgan ijro
Xonanda ijrosidagi faraxbaxsh taronalarni nafaqat yosh qo`shiqchilar, balkietti iqlimga dong`i ketgan san`atkorlar hamjo`shib kuylashgan. Ammo mayin, xushovozi bilan qalblarni rom etadigan bu yoqimlisan`atkorning kimligi muxlislar uchun o`sha davrda sir bo`lib qolaverardi. Etmishinchi yillar oxirida biz tomonlarda “Yaldo kechasi” (“Dolgaya noch”) filmi namoyish etildi-yu, millionlab muxlislar Gugushning go`zal qiyofasini ko`rishdi, ajoyib aktrisa ham ekanligidan voqif bo`lishdi. Bundan so`ng esa u bosh rolni ijro etgan “Hamsafar” (“Poputchik”) filmibarcha san`at shaydolarini maftun etdi. Endi uning suratlari katta-katta kinoteatrlarda, xonadonlarda paydo bo`lgandi. Shunday ashaddiy muxlislar ham bor ediki, ertalab o`rindan turgach, uning suratiga boqib, pinhona salom berishardi.
Matbuot sahifalarida Gugushning hayoti va ijodiga oid maqolayu esselar yuz ochdi. Ilk maqolalar Eron, Afg`oniston, Turkiya, Ozarbayjon davlatlaridachop etilgan materiallar edi. Muxlislarni esa, eng avvalo, Gugushning ismi ma`nosi qiziqtirardi. Holbuki, Gugush uning asl ismi emas. Onasining ismi – Foyize bo`lgani uchun unga Foig`e ismi berilgan. Otasi – Sobir tabrizlik ozarbayjonlardan edi. Eron akrobatika san`atida u Sobiri Otashin nomi bilan mashhur bo`lgan.
San`at yo`lining musofiri
Gugushlar oilasi Tehronning Sarichashma ko`chasida armanlar bilan qo`shni edi. Kichik Foig`e bilan ularning o`g`illari Anush o`ynar va qizchani Gugush, deb chaqirardi. (Armanlar orasida Gugush o`g`il bolalar ismi). Shu-shu Foig`e Gugushga aylandi...
Gugushning bolaligi oson kechmagan. Ukasi – Faridun dunyoga kelishi bilan ota-onasi ajrashdilar. Foize xonimning ikkinchi oilasi ham buzildi. Sobir – Gugushning otasi Tehron mehmonxonalaridagi qahvaxonalarda akrobatika bilan shug`ullanib, daromad qilardi. Keyinchalik u “Kristall” qahvaxonasida o`tkaziladigantadbirlarga Gugushni ham jalb etadigan bo`ldi. Zehni o`tkir, ovozi shiringina qizaloqning ilk qo`shiqlarisan`at muxlislarini hayratga soldi. Shu tariqa Gugush san`at yo`lining musofiriga aylandi. Otasi bilan safarlarga chiqib, shaharma-shahar kezadigan bo`ldi.
Arab mamlakatlaridan biriga qilgan safari asnosida hokim saroyida ham konsert dasturi tashkillashtirilgan edi. Hokim iste`dodi favqulodda baland qizchaning san`atiga lol bo`lib, Sobir Otashinga uni yuz ming dinor evaziga sotishini taklif qiladi. Ammohunarining bozori kasod bo`layotgan Sobirikkinchi xotinining tazyiqi ostida daromad manbaidan mahrum bo`lmaslik uchun taklifni rad etadi.
Yana bir qiziq voqea. Arab shayxlaridan biri Gugushga bitta oltin tanga va bir jomadon to`la kiyim-kechak tuhfa qiladi.Gugush esa bu tuhfalarni etimxona bolalariga berishni iltimos qiladi. Shayx bu gapdan so`ng nafaqat Gugush qaytargan narsalarni, balki ulardan bir necha chandon ko`p tuhfalarni shahardagi etimxona bolalariga tarqatadi.
Bo`lajak san`atkor sakkiz yoshidaradioning “Subhe jume” (“Juma tongi”)nomli eshittirishlarida qatnasha boshladi.Uo`n yoshidanoq ekranlarda namoyon bo`ldi. Ilk bor rol ijro etgan filmi – “Qo`rquv va umid”(1960 yil) edi.
U – ishq kuychisi
Gugush bugungi kunga qadar 30 dan ziyod filmlarda bosh rolni ijro etgan. “Maloiklar tuni”,“Asal oyi”, “Subhidam”, “Qaynoq his”, “Baxt darvozasi” kabi kinoasarlar dunyoda juda katta auditoriyalarni zabt etgan filmlar sirasidandir. Shunday bo`lsa-da, Gugush ijodining asosiy yo`nalishi – qo`shiq. Uning fors, ozarbayjon, arman, ingliz, italyan, ispan, fransuz tillarida ijro etgan taronalari bugungi kunda jahon musiqasi xazinasidan munosib joy olgan.
Xonanda 1971 yili Fransiyaning Kann shahrida ikkita fransuzcha qo`shig`ibilanAmerika va Evropa qit`asidan 50 nafar ijrochi qatnashgan (u Osiyo qit`asining vakili edi)xalqaro tanlovda birinchi o`ringa munosib, deb topiladi. So`ngra Eyfel teleminorasidagi ikkita konserti, 1973 yilda San-Remo shahridagi chiqishlari uni Evropaga tanitdi.
Gugush 2000 yili Eronni tark etdi va bugun AQShning Los-Anjeles shahrida yashab kelmoqda. U qaerda, qay bir sharoitda bo`lmasin,eng avvalo, beg`ubor, sof muhabbatni, chinakam ishqni tarannum etdi, ishq – inson uchun Alloh ato etgan buyuk in`om ekanligini talqin qildi. Vatan mehri, tinchlikni asrash, xalqlar do`stligi ham Gugushning repertuaridan mustahkam o`rin oldi. Bejiz 2002 yili jahonga mashhur radiostansiyalardan birida o`tkazilganso`rovga ko`ra, uning ijrosidagi “G`aribi oshno” qo`shig`i O`rta Sharq mintaqasidagi eng ommaviy qo`shiq, deb tan olinmagan.
Gugushning konsertlari xorijda hamisha anshlag bilan o`tadi. Kanadaning Toronto shahridagi stadionlardan birida minglabmuxlislar uning bir og`iz “Salom” so`zinidaqiqalab olqishlar bilan kutib olishgani esa hamon ko`pchilikning yodida.
Uning konsert dasturlari bugungi kunda AQShning Los-Anjeles shahri, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Afg`oniston, Kanada, Tojikiston telekanallari orqalimuntazam namoyish etib kelinmoqda. San`atkorning suhbatlarini tinglasang, shodlik, boylik, shuhrat yonida g`am-anduh, yaqinlar sog`inchi, musofirchilik anduhi yonma-yon yashab kelayotganiga amin bo`lasan, kishi.
– Men so`nggi nafasimgacha aziz muxlislarim uchun kuylayman, muxlislarim mening tog`im, – degan edi Gugush teledasturlardan birida.
Shon-shuhrat va armon
Gugushning shaxsiy hayotini sahnadagidek saodatli, deb bo`lmaydi. U uch martaturmush qurdi. Dastlab o`gay onasining jabru zulmidan qochish uchun tungi klub egasi – Mahmud Qurboniyga turmushga chiqishga majbur bo`lgan. Ammo faqat Mahmudning manfaatlariga xizmat qilishi kerak bo`lgan (!) bu oila uzoqqa bormadi. Kombiz —Gugushning yagona farzandi, bu oilaning mevasi bo`ldi. Bugungi kunda Kombiz onasi bilan yashamoqda va u ham qo`shiq kuylayapti.
Gugushning ikkinchi turmush o`rtog`i esa Eron kino san`ati yulduzi – Behruz Vusuqiy edi. Ular “Asal oyi” filmida uchrashib, oila qurdilar, lekin “Ayriliq” (“Judoyi”) filmi suratga olinganidan so`ng ajrashishdi. Gugushning uchinchi turmush o`rtog`i – Humoyun Masdog`iy bo`ldi. Lekinbu oila ham ko`p o`tmay buzildi.
Yurtimizda Gugushning muxlislari juda ko`p. Jurnalist Muhiddin Olimpurning Gugushga oid “Ishq faryod kunad...”(“Ishq faryodi...”) nomli kitobida(1995 yil) o`nlab o`zbekistonlik san`at shaydolarining mashhur xonanda va aktrisa haqidagi iliq fikrlari qayd etilgan. Shundan ham sezish mumkinki, Gugush biz uchunbegona emas!
Shoqahhor Salimov
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар