Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Haj va uning sirlari, fazilat va odoblari
Haj va uning sirlari, fazilat va odoblari

Haj va uning sirlari, fazilat va odoblari

Haj va uning sirlari, fazilat va odoblari
Kimki Hajni iroda etsa, tavba bilan boshlashi lozim bo‘ladi. Qilgan zulmlarini qaytarishi, qarzlarini uzishi, qaytib kelguniga qadar nafaqasi lozim bo‘lgan har bir kishiga yetgudek nafaqa hozirlashi, o‘zida saqlayotgan omonatlarni egasiga qaytarishi kerak, deb yozadi “Muslimaat.uz” muslimalar sahifasi.

Hajga borish va kelishga kifoya etadigan miqdorda halol moldan o‘zi bilan birga olib oladi. Zodi-rohilasiga bag‘rikenglik qilib, faqir-u miskinlarga yumshoqlikda xasislik etmaydi.

Hoji zarur bo‘lgan misvok, taroq, oyna, (soat, ko‘zoynak… – tarj.) kabilarni o‘zi bilan birga olishi yaxshi.

Safarga chiqishdan oldin xayr-u sadaqa etadi. Agar ot-ulovni kira etadigan bo‘lsa, o‘zi bilan olib boradigan barcha, ozmi yoki ko‘pmi, yuklarni ochiq-oydin sarbonga ko‘rsatadi. Chiroyli so‘z va muomalada bo‘lish musulmonning belgisidir.

Bir kishi Abdulloh ibn Muborak roziyaallohu anhuga “Mana bu xatni falonchiga olib olsangiz”, — deb aytdi. U zot: “Avval hammoldan ruxsat olay”, — deb aytgan ekanlar.

Safarga chiquvchi solih, yaxshilikni do‘st tutuvchi va yordamga hozir yo‘ldoshni topishi lozim. Bunday rafiq agar unutsa, esga soladi, agar zikr etsa, yordam beradi. Yuragi siqilsa, sabr qiladi (tilaydi).

Yo‘ldoshlar o‘zlariga xulqi eng chiroyli, as’hoblarga mehribonrog‘ini amir qilib ixtiyor etishadi. Amir saylashga ehtiyoj shundaki, safar chog‘ida fikrlar turlicha bo‘ladi, chora-tadbirlar nizomda bo‘lmaydi. Bularning oldini olish uchun amir ixtiyor etiladi. Amir odamlarga chiroyli muomalada bo‘lishi, ularning manfaatlariga qarashi va o‘zini ularning himoyalari yo‘lida xizmatga bag‘ishlashi lozim.

Musofir chiroyli so‘zlarni aytishi, odamlarga taom berishi, go‘zal axloqini namoyish etishi zarur, zero safar mashaqqati botiniy sifatlarni yuzaga chiqaradi. Kimki qiyin, og‘ir safarda husni xulqda bo‘lsa, o‘troq-shaharda juda ham chiroyli bo‘ladi.

Shunday deb aytiladi: “Agar bir odamga o‘troqda u bilan muomala qiluvchilar va safardagi yo‘ldoshlari maqtov aytishsa, bas, biz uning solihligidan hech bir shikoyat etmaymiz”.

Safarga otlangan muqim odam do‘st-birodarlari bilan xayrlashmog‘i va ulardan duo etishlarini so‘ramog‘i lozim. Safarni payshanba tongidan boshlashi maqbul. Uyidan tashqariga chiqishidan oldin u kishi ikki rakaat namoz o‘qishi, ahli ayoli, mol-u dunyo va uyini Alloh ixtiyoriga qoldirib, duo qilishi lozim. Manzildan chiqishda duolar va ma’sur zikrlarni aytadi. Bir ulovga minish va tushishda ham shunday ish tutadi. Jamiki Haj manosiklari – ehrom, tavof, sa’y, Arafotda turish va boshqa amallarda ham turli zikrlar, duolarni aytadi hamda Hajga taalluqli odoblarga qat’iy rioya etadi. Bular haqida fiqh va boshqa kitoblarda batafsil bayon etilgan. Marhamat qilib ularga murojaat etishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: