Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Haqiqatan ham aqlli odam ekanligingizni tasdiqlovchi 6 belgi
Haqiqatan ham aqlli odam ekanligingizni tasdiqlovchi 6 belgi

Haqiqatan ham aqlli odam ekanligingizni tasdiqlovchi 6 belgi

Haqiqatan ham aqlli odam ekanligingizni tasdiqlovchi 6 belgi
Ko‘pincha biz oldiga qo‘yilgan vazifalarni yaxshi bajaradigan, oliy ma’lumotga ega va dunyoqarashi keng bo‘lgan odamlarni aqlli deb aytamiz.

Bu haqiqatan ham yuksak aql-idrokning juda o‘ziga xos belgilari hisoblanadi, lekin ulardan tashqari boshqa belgilar ham bor.

Ro‘yxatni tekshirib ko‘ring — balki ko‘pchiligi aynan sizning shaxsingiz turiga mos tushishi mumkin.

Empatiya

Yuksak aql-idrok har doim empatiyaning yuqori darajasi bilan bog‘liq. Ba’zi ruhshunoslarning ta’kidlashicha, empatiya — bu telepatiya tomonga bo‘lgan to‘g‘ri yo‘l ekan. Aqlli odamlar suhbatdoshi hozir nima deb aytishini oldindan bilishi bejiz emas-da axir.

O‘z-o‘zini nazorat qilish

Aqlli odam o‘zining beixtiyor qiladigan harakatlarini yengish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Rejalashtirish, aniqlash, muvofiq harakat yo‘lini topish — aqlli odam shu fazilatlari bilan ahmoq odamdan farq qiladi. Bundan tashqari, aql-idrokning yuksak darajasi egasiga noxushliklarni ular boshlanmasdan oldin bartaraf qilishga imkon beradi.

Hazilni tushunish

Garvard universiteti olimi Advita Bixarining aytishicha, aqlli odamlar hazilni yaxshi tushunadi. Nyu-Meksiko Universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarning biri bu xulosani tasdiqladi: odam qancha aqlliroq bo‘lsa, uning hazillari shuncha kulgiliroq bo‘ladi.

Sergaklik

Denverdagi ruhshunos professor Frenk Chju sergakligini saqlay oladigan odamlar juda aqlli bo‘lishini ishonch bilan ta’kidlaydi.

Moslashuvchanlik

Aqlli odamlar juda uddaburon va har qanday yangi sharoitga moslashish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aql-idrok odamga ko‘nikmagan vazifalarning uddasidan chiqish va yangi yashash muhitiga moslashish uchun o‘z odatlarini va yurish-turishini tez o‘zgartirishga yordam beradi.

Tungi boyqush

Ma’lum bo‘lishicha, “boyqushlar” “to‘rg‘aylar”dan ko‘ra aqlliroq bo‘lar ekan. Bu 2009-yilda ruhshunoslar tomonidan isbot qilingan. Faqat ataylab rejimni o‘zgartirish kerak emas, chunki bu ish bermaydi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: