Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?
Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?

Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?

Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?
Ha, bir necha soat to‘xtamasdan smartfon ekraniga qarash zararli ekanligidan xabarimiz bor. Ko‘rish qobiliyati buziladi, konsentratsiya pasayadi, shuningdek ko‘k chiroq uyqu davrlari va sergaklikning buzilishiga olib keladi. Lekin ma’lum bo‘lishicha, bu hali hammasi emas ekan.

Smartfon raqamli qarishga sabab bo‘ladi

Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ekranlardan tarqaladigan ko‘k chiroq quyosh nurlari kabi terining bevaqt qarishini keltirib chiqarish xususiyatiga ega ekan. Ya’ni smartfon ekranlari ajinlar va pigmentatsiyaning paydo bo‘lishida, himoya funksiyasining buzilishida aybdor bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar hozircha yakunlanmagan, lekin bu yerda SPF’li kremlar yordam berolmasligi aniq.

Shuning uchun kosmetik kompaniyalar HEV belgisi ostida himoyalovchi vositalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Smartfon ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi

Anchadan beri G‘arb kosmetologlarida Tech Neck termini paydo bo‘ldi. Buni o‘zbek tiliga “texnobo‘yin” deb tarjima qilish mumkin. Gadjet ekraniga qarayotgan holatingizni ko‘z oldingizga keltiring. Gavda bukilgan, bo‘yin egilgan, bosh haddan tashqari engashtirilgan, iyak o‘mrov suyagigacha tushgan. Gavdaning bunday holati oqibatida tezda quyidagi muammolar paydo bo‘ladi:

bo‘yinda ajinlar paydo bo‘ladi;
iyak sohasidagi teri osilib qoladi;
yuz shakli aniqligini yo‘qotadi.
Nima qilish kerak?

Hech bo‘lmasa dam olish kunlari pochtani o‘qish va ijtimoiy tarmoqlar tasmasini ko‘rishdan voz kechish.

Agar ko‘p vaqtingizni qo‘lda smartfon bilan o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, bir nechta qoidalarga rioya qiling.

Smartfonni yuzingiz qarshisida ko‘zingiz bilan baravar balandlikda ushlang.
Gavdangizga e’tibor bering: boshingizni tik tuting, yelkalarni to‘g‘rilang, ko‘krakni rostlang. Gavdaning to‘g‘ri bo‘lishi qon aylanishini yaxshilashga va teri hujayralarini kislorod bilan ta’minlashga, ya’ni yoshlikni saqlashga yordam beradi.
Agar yoshingiz 25 dan oshgan bo‘lsa, yuz va bo‘yin shakllari uchun mustahkamlovchi kremlardan foydalanishni boshlang.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: