HAQIQIY AYoLNING 10 QOIDASI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HAQIQIY AYoLNING 10 QOIDASI
- Дата релиза: 22-10-17, 10:46
Ayol ko`zguga qaraganida doim mamnunlik hissini tuyishi, hayotdan zavq ola bilishi lozim. Shunday ekan, atrofdagilarning ko`zini quvnatib yurishdan charchamang!
1. Xushomadlarni qabul qilishni biladi
Ko`zguga qarab «Ko`rinishim yaxshimi?» degan savolingizga doim «hayratda qoldiradigan darajada go`zalman!» deya javob qaytaring!
2. O`ziga ishongan ayol tashqi ko`rinishi borasida atrofdagilarning fikri bilan qiziqmaydi
Sochingizning rangini o`zgartirib, dugonalaringizga: «Qaranglar, qanday ajoyib!» deng, hech kim fikringizni inkor etolmaydi!
3. Tabassum ulashishni kanda qilmaydi
Kulib turganingizni ko`rganlar «tabassum aynan shu inson uchun yaralgan», degan fikrga kelsin. Demak, qovoq uyub yurishni bas qiling!
4. Haqiqiy ayol o`zidan mablag` qizg`anmaydi.
Go`zal tashqi ko`rinish uchun bir safar bor maoshini sarflar. Bu fojia emas! Shuni bilingki, o`zini sevgan ayolgina boshqalarning mehrini qozona oladi.
5. Kulib javob beradi
Tashqi ko`rinishiga doir istalgan fikrga munosib javob qaytara olish san`atiga ega bo`lishi kerak.
6. O`tib ketgan ish uchun sira afsus chekmaydi
Noxush vaziyatning ham ijobiy tomonini ko`ra biladi. Keraksiz xotiralar va vaziyatlarni tezda unutadi.
7. Hech kimga hasad qilmaydi
hasad raqiblar oldidagi qo`rquv belgisi ekanini unutmang!
8. Boricha ko`rinishdan cho`chimaydi
Samimiy munosabati doim atrofdagilarni uni o`ziga jalb qiladi.
9. Muammolarga engilroq ko`z bilan qaraydi
Tanqid qilganida, hatto koyiganida ham o`zini og`ir-vazmin tutadi. Uning gaplaridan so`ng, odamlar haqiqatan yaxshi tomonga o`zgarishga harakat qiladi.
10. Yomonlik va hiylalar haqida bosh qotirmaydi
haqiqiy ayol shunchaki hayotdan zavq olib yashashni biladi!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар