HAYoTGA KULIB BOQING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HAYoTGA KULIB BOQING!
- Дата релиза: 08-11-17, 20:55
Har kimning o`z haqiqati bor. Hamma o`zi uchun haq! Istalgan vaziyatni o`z foydamizga hal qilishga odatlanib qolganmiz. Oddiygina misol, uyda kattalar, ishda rahbar yo atrofdagi do`stlarimiz bizni keskin tanqid qilsa, ishdagi biron kamchiligimizni dangal aytsa, darrov tarvuzimiz qo`ltig`imizdan tushadi. Tanganing ikki tarafi borligini unutmagan holda yomon gapdan ham yaxshi taraflarini izlasak, foydadan xoli emas. Lekin har qanday tanqid va e`tirozni keskin emas, qog`ozga o`ralgan qanddek, yotig`i bilan tushuntirilsa, olam guliston. Ikki o`rtada xafagarchilik ham bo`lmaydi. Tanqid yaxshi, biroq ishga bo`lgan xafsalani pir qilishi yomon. Shunday vaziyatlarda tushkunlikdan najot izlamang! Bu o`zingizga aks natija ko`rsatadi. Na ishingiz va na halovatingizda unum bo`ladi. Muammolarga yuqoriroqdan nazar solishni o`rganing! Optimist bo`lsangiz, istalgan vaziyatni boshqara olasiz, hayot ham sizga rango-rang jilolarini sochishdan to`xtamaydi. Bunda sizga optimistlarning kun tartibi qo`l kelsa ajabmas...
— Uyqudan ko`z ochib, boshlanajak kuningizda bajarishingiz kerak bo`lgan ishlarni belgilab oling. Faqat ishni eng asosiysidan boshlang!
— Ish hech qachon tugamaydi, xoh u uy yumushi bo`lsin, xoh xizmat vazifasi. Shunday ekan, hordiq uchun kunda yigirma daqiqa vaqt ajrating. Mana shu vaqt mobaynida asablaringiz tin oladi va ishingiz yanada unumli bo`ladi. Ishonavering, sinalgan tajriba!
— Yuzaga kelgan muammolarga engilroq yondashing:
1. Sizni biron voqea hayratlantirdimi? Uni xotirangizga muhrlab qo`ying. Kezi kelganda uni xotiradan so`zga ko`chirishga ulgurasiz. Noo`rin vaqtda aytilgan gapdan sukut afzal, buni yodda tuting!
2. Atrofingizdagilar, ayniqsa, hamkasblaringizni hayratlantiring. Sizdagi sokinlik keskin vaziyatlarning oldini oladi.
3. Yuzaga kelgan muammolarni vizual tarzda kuzating, so`ng oq qog`ozga qoralab qo`ying. Ajabmas, bu turtki orqali ajoyib san`at asari dunyoga kelsa. Toma-toma ko`l bo`lur.
— Jahlingiz burningizning uchida turadimi? Hissiyotlarni jilovlasa bo`ladi. Ularga erk bermay, alamingizni qo`shiq tinglash, toza havoda sayr qilishdan oling. Bir o`q bilan ikkita quyonni urasiz.
— O`zingizga yoqqan biron yumush bilan, aytaylik, bir soat band bo`ling. Ko`rasiz, natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.
— Har kungi bir xillikdan voz kechishning vaqti kelmadimikan? Kechki sayr, kino yo teatrga borib hordiq chiqarish kabilarni ham kun tartibingizga kiriting.
— Kishiga kayfiyat bag`ishlovchi omillardan yana biri — xarid! Tan oling, bu ayollarning eng sevimli ovunchog`i. Har oy bo`lmasa-da, yilda ikki marta imijingizni o`zgartirib turing.
— Baxtli bo`lishni istaysizmi? Maslahatlarimizga amal qilgan holda buni erta tongdan boshlang!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар