Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Hayotimizni bekorga sarflayotganimiz haqida 12ta belgi
Hayotimizni bekorga sarflayotganimiz haqida 12ta belgi

Hayotimizni bekorga sarflayotganimiz haqida 12ta belgi

Hayotimizni bekorga sarflayotganimiz haqida 12ta belgi
Bolaligingzida fazogir yoki
mashhur yulduz bo‘lishni
istaganmisiz? Va bugun
orzularingizdagi hayotda
yashayapsizmi? Unda siz –
baxtlisiz
Agar, quyidagi 12ta belgidan
birortasi sizda mavjud bo‘lsa, uni
o‘zgartirishga harakat qilishingiz
kerak, deydi Lifehack sayti.
1. Juda ko‘p vaqtni o‘zimizga
kerak bo‘lmagan narsalar
uchun sarflash.
Masalan video-o‘yinlar, televizor
qarshisida, internetda va
hakozolar. To‘g‘i bulardan
foydalanish kerak, lekin haddan
ziyod emas. Balki juda ko‘p
vaqtingiz ovqatlanishga ketar
yoki ichkilik ta’sirida ko‘p vaqt
yo‘qotarsiz. Agar sizda bularning
bari meyorda bo‘lsa, u holda
o‘ylab ko‘ring, sizga zarur
bo‘lmagan, lekin siz uning ustida
ko‘p vaqt sarflayotgan narsa
nima? Suni aniqlasagiz va
bartaraf eta olsangiz, umringiz
bekorga sarflanmayotgan bo‘ladi.
2. Juda ko‘p nolish.
Hayotdan, ishdan, boshliq, oylik,
qo‘shnilar va yana nimalardandir
nolib yashaydiganlarni har
birimiz uchratganmiz. Ba’zan
o‘zimiz ham shunday bo‘lib
qolamiz. Lekin bu xato, chunki
negativ, yomon fikrlar bilan hech
qachon ishimiz yaxshi bo‘lib
qolmaydi. Doim pozitiv, yaxshi
hayollar bilan yurish kerak
3. Miyamizni rivojlantirmaymiz.
Inson har yoshida rivojlanishdan
to‘xtamaydi. Uning miyasi yangi
ma’lumotlarni talab qilaveradi.
Agar biz uni o‘zimizga kerakli
narsalar bilan boyitmasak,
g‘iybatlar, boshqalarning keraksiz
gap-so‘zlari unga o‘rnashib oladi.
Shuning uchun miyangizni
doimiy ravishda kerakli va foydali
ishlarni o‘rganish bilan
“oziqlantirib” boring.
4. O‘zimizni o‘zimiz juda ko‘p
yomonlaymiz.
O‘zimiz-o‘zimiz bilan hayolimizda
suhbatlashamiz va o‘zimizga
baho beramiz. Bu esa bizni
yuksalishimiz yoki paslashimizga
sabab bo‘ladi. Masalan Genri Ford
aytganidek – “Siz qila olaman
desangiz ham, qila olmayman
desangiz ham – har ikki holatda
ham siz haq bo‘lasiz”. Agar biror
ish qilmoqchi bo‘lsangiz-u, yo‘q
eplay olmayman desangiz, albatta
eplay olmaysiz. Qila olishingizga,
kuchingiz yetishiga ishonsangiz,
aniq eplay olasiz.
5. Ruhiy tushkunlik.
Nimagadir mukkasidan
ketganmisiz? Bu savolga
ko‘pchilik yo‘q deb javob beradi.
U holda nimaga ko‘proq
qiziqishingizni yana bir bor
o‘ylab ko‘ring va qiziqishlaringiz
orasida ma’qul ko‘rganlaringiz
bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lishga,
unga mukkasidan ketishga
urining. Chunki qiziqqan
ishingizni qilish sizni yanada
ruhlantiradi.
6. Kelajak rejasining yo‘qligi.
Ko‘pchiligimiz faqat bugunni
yashash kerak deb hisoblaymiz
va kelajak haqida o‘ylamaymiz.
Lekin hayot faqat bugundan
iborat emas, sizning kelajakka
umidingiz bor bo‘lsa va unda
yashashni istayotgan bo‘lsangiz,
u haqida o‘ylashingiz kerak
bo‘ladi. Maqsadsiz inson okean
o‘rtasidagi qayiqqa o‘xshaydi, u
hech qayerga suzmaydi va kimdir
uni qutqarishiga ishonadi. Lekin
har doim ham kimdir qutqargani
kelavermaydi. Inson o‘z oldiga
maqsad qo‘yishi va unga tomon
intilishi kerak bo‘ladi. Olg‘a
intilishda o‘sha maqsad sizga
ko‘makchi bo‘ladi.
7. O‘sishimizga halaqit
beradigan insonlar davrasida
bo‘lish.
Agar kimningdir yonida
o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz,
u bilan kamroq ko‘rishishga
urining. Bunday odamlar
“energiya so‘ruvchi vampir”ga
o‘xshaydi. U sizning o‘sishingizga
emas, pastlashingizga xizmat
qiladi. Uning yonida
yuraversangiz, bir kun albatta
o‘zingizga ishonch tushib ketadi.
Bunday odamlar haqida gap
ketar ekan, ular sizning
ustingizdan kuluvchilar,
ishlaringizga bepisand
qarovchilar, yutuqlaringizga
xasad qiluvchilar deyish mumkin.
Bunday og‘aynilar o‘rniga boshqa
– hayotga yaxshi ko‘z bilan
qarovchi, o‘z maqsadlariga ega
insonlar davrasida bo‘lganingiz
yaxshi.
8. Telefonga qaramlik.
Tan olamiz, telefon eng yaxshi
ermak vositasi. U bilan hech kim
hech qachon zerikmagan. Agar
och qolsa zerikishi mumkin
Umuman telefondan
foydalanmang demaymiz, lekin
ortiqchasi aniq zararligi haqida
o‘zingiz ham bilasiz. Agar zaruru
bo‘lmasa, kim bilandir yozishish
o‘rniga boshqa kerakli – oila
davrasida ovqatlanish,
suhbatlashish yoki dars qilish,
nimadir o‘rganish bilan mashg‘ul
bo‘lgan yaxshi.
9. Pulni keraksiz bo‘lgan
narsalarga sarflash.
O‘ylab qarasak, biz uchun eng
muhim narsalar – ovqat, suv,
boshpana va sevgi. Qolgan
barchasi ularga qo‘shimcha bo‘la
olishi mumkin va bu
qo‘shimchalarning adog‘i yo‘q.
Lekin pulning adog‘i bor Shu
bois, “zarur” va “xohlayman”
o‘rtasidagi chegarani bilsangiz
kifoya. “Zarur” buyumlarni harid
qilib, “xohlayman” uchun
sarflanadigan pulni asrab
qolsangiz, kelajakda nimadir
“zarur” buyumlarga kerak bo‘lib
qoladi.
10. Yetarlicha uxlamaslik.
Yetarlicha uxlash bu sog‘lik
uchun foydali. Ishlar, sevimli
mashg‘ulotlar sabab uxlay
olmayman, desangiz, u holda
mshg‘ulotlar vaqtini almashtiring
va o‘z vaqtida uxlab energiya
to‘plashga harakat qiling.
11. Tana tuzilishimizga kam
e’tibor berish.
Sog‘ligimiz uchun faqat uxlash
emas, ovqatlanish va
badantarbiya ham o‘ta muhim.
Vaqtida ovqalanish, miqdoridan
ko‘p yemaslik va doimiy sport
bilan shug‘ullanib turish million
marta takrorlangan maslahat. Bu
esa shunga yana bir qo‘shimcha
12. O‘zimiz yoqtirmagan
hayotda yashash.
Sizga nimadir kovproq yoqadi.
Lekin aynan hozirgisi emas,
masalan ish, uy, qo‘shnilar… Balki
uydagi mebelllar joylashishi ham
yoqmas, yoki ishingiz uzoqdami?
Bu kabi muammolarni hal qiling –
yoqmasa, voz keching. Ularni
boshqa yoqadiganiga
almashtirish mumkin. Boshqa
uyga ko‘chib o‘tish, sevimli kasb
bilan shug‘ullanish. Hayotingizda
nimadir yoqmayotgan bo‘lsa, uni
almashtirishga urinib ko‘ring.
Bu belgilar o‘zimiz tan olishni
istamaydigan, lekin hayotimizni
bekorga sarflayotgan
narsalarimizdir va ularga men
ham qo‘shilaman. Agar sizda
biror qarshi fikr mavjud bo‘lsa
yoki yana nimanidir qo‘shimcha
qilishni istasangiz fikr bildiring!!!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: