Hayotingizni yaxshi tomonga o`zgartiruvchi 5 odat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Hayotingizni yaxshi tomonga o`zgartiruvchi 5 odat
- Дата релиза: 16-10-18, 22:23
1. Har kuni kitob o`qishga odatlaning. Xotirangiz mustahkamlanadi, dunyoqarashingiz kengayadi, o`zingizga, turmush tarzingizga bo`lgan munosabatingiz ijobiy tomonga o`zgaradi. «Vaqt qayda?» deb bahona qilmang. Ovqatingiz pishguncha, yo`l transportida manziligingizga etguncha yoki uxlashdan oldin 10–15 sahifadan o`qishni boshlasangiz, mutolaaga muhabbatingiz tushadi-qoladi.
2. Yong`oq eng. Ishda, uyda, yo`lda-izda qorningiz ochdimi? Yoki zerikyapsizmi? Bir hovuch istalgan yong`oqdan eb oling. Sochlar, tirnoqlar mustahkamlanadi, yurak-qon tomiri faoliyati bilan bog`liq muammolar kelib chiqishining oldi olinadi. Xullas, koni foyda!
3. Issiq va sovuq — kontrast dush qabul qilishga odatlaning. Har kuni! Qon tomirlari, asab tolalaringiz sizdan minnatdor bo`ladi. Oyoqlarda vena tomirlari kengayishi ham cheklab o`tadi.
4. Taom+bitta olma! Ovqtalangach har doim ham tishlarimizni tozalashga imkonimiz bo`lmaydi. Ish, kundalik tashvishlar degandek. Lekin bittagina olma eb olishni uddalasak kerak. Shunda tishlaringiz nafaqat tozalanadi, milklarda qon aylanishi yaxshilanadi, og`iz hidlanishi, muhimi, parodontoz (milk yallig`lanishi) sizni tashvilantirmaydi
5. Uyingizda doim quritilgan moychechak bo`lsin. Moychechak damlamasi ichish bilan shamollash, turli bakteriyalardan himoyalanasiz, oyoqlaringizni vanna qilib, charchoqdan xalos bo`laasiz. Moychechakli muz bo`lakchalari bilan yuzni massaj qilish esa ularni taranglashtirib, mimik ajinlarga qarshi kurashadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар