HECh QAChON HECh KIMNI YoMON KO`RMANG!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HECh QAChON HECh KIMNI YoMON KO`RMANG!
- Дата релиза: 25-10-17, 12:50
«Kelinoyimni yomon ko`raman! Sababini esa bilmayman. Akamning uylanganiga atigi ikki oy bo`ldi. Ammo negadir kelinoyim bilan bitta dasturxon atrofida o`tirishni ham istamayman...»
Tahririyat telefoniga kelgan «SMS»ga avvalo boshqa rukn ostida yondashmoqchi bo`ldik. Biroq o`ylanib qoldik: nega odamlar biror sabab bilan yoki sababsiz bir-birini yomon ko`rishadi? Bu hisdan qanday xalos bo`lish mumkin? Ruhshunos Barno ILHOMOVA mavzuni tahlil qiladi.
Musbat va manfiy
His-tuyg`ularimiz ikki xil bo`ladi: ijobiy va salbiy. Ijobiy tuyg`ular bir-birini «chaqir»ishi natijasida so`zlarimiz, xulq-atvorimiz, hayotimiz chiroyli ko`rinish oladi.
Salbiy hislar ham bir-biriga zanjirdek ulanib, kayfiyatimiz, turmush tarzimiz, sog`ligimizga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi. Kimnidir yomon ko`rishimizning ham negizida turli omillar yotadi. Darrov barmoq bukib, yomon ko`rganingizning «ayb»larini sanamang-da, psixologik sabablarga nazar tashlang.
Bolalikka qaytamiz. Mashhur ruhshunos Zigmund Freyd aytganidek, biz hammamiz bolalik bilan yashaymiz. Kelinoyisidan nafratlanayotgan qiz misoliga nazar soladigan bo`lsak, kimdir bolaligida uni qattiq ranjitgan yoki ozorlagan. Va bola bo`lgani uchun haqqini talab qilolmaganidan, o`zini himoya etolmaganidan o`sha odamni yomon ko`rib qolgan. Yillar o`tib bu voqeani unutgan, o`sha zulmkorni esidan chiqargan esa-da, ong ostida xotiralar o`rnashib olgan. Bugun kelinoyisining ovozi, ko`rinishining qaysidir jihati ong ostiga o`sha voqeani eslatayotgan va o`z-o`zidan salbiy hislar aybsiz aybdorga qaratilgan bo`lishi mumkin.
Yo hasad qilasiz, yo havas? Hammasi yoqtirmaslik, qabul qilolmaslikdan boshlanadi. Masalan, ayni paytda yo`lingiz kesishmaydigan, sen-menga bormagan tanishingizni ham xushlamaysiz. Buning ham ikki sababi bor: yoki o`sha odamga havas qilasiz yoki hasad. Yana murojaatga qaytsak, bu qizga oila a`zolari doim qaysidir salbiy odati uchun tanbeh berishgan bo`lishi mumkin. O`zi ham tanqid qilinadigan odatining yomonligini, buni to`g`irlash kerakligini biladi, ammo hech uddasidan chiqolmaydi. Єarasaki, kelinoyisining fe`lida bu nuqson yo`q va shuning uchun ham oilasida o`zgacha hurmatga sazovor bo`ldi. Yoki aksi bo`lishi mumkin, ya`ni kelinoyisi unga ko`zgu tutayapti, unda ham ayni shu «minus» bor.
«Meni kamroq yaxshi ko`rishadi...» Sabab-besabab yomon ko`rishning yana bir sababi shu. Deylik, yangi kelinga yaxshiroq, chiroyliroq, yumshoqroq muomala qilinayapti. Єizga esa o`zimizniki deya, achitib tarbiya berishda davom etilayapti. Oiladagilarning ikkalasiga bo`lgan munosabati solishtirgan qaynsingil «Kelinoyim uyimizga ko`nikishi uchun shunday qilishayapti, men esa o`zlarinikiman-ku», deb emas, «U kelgach, hamma meni yomon ko`rib qoldi», deya fikrlay boshlaydi.
Hamma tanqid, tanbehlarni shaxsiyatingizga tegishli deb qabul qilish. Nafaqat oila davrasida, ko`cha-ko`yda, maktab, institut, ishxonada ham. Deylik, rahbaringiz yoki biror hamkasbingiz ish bo`yicha qaysidir xatongizni ko`rsatib, sizni ogohlantirdi. Bu ogohlantirishni sizni asli yaxshi ko`rganidan, yanada o`sishingiz uchun aytayotgan bo`lsa ham, negadir «Meni yomon ko`radi» qabilida qabul qilasiz. Shu tariqa fikrlashda davom etsangiz, hech sababsiz uni «dushman»ingizga aylantirib olasiz.
Muhabbat nafratga aylanadimi?
Ha! Єachonki, muhabbat evaziga nimadir kutsangiz. Agar siz munosabatlar avvalida sevganingiz yoki yaxshi ko`rgan do`stingiz uchun nimadandir voz kechsangiz, shu ondayoq ong ostingizda «U bir kun shunga yarasha javob qaytaradi», degan tushuncha paydo bo`ldi. U sizdan qurbonlik talab qilmagan, va`da bermagan bo`lsa-da, shu o`y bilan yashaysiz. Voqelik aksincha davom etib ketganida esa kutganingiz ro`y bermasa, norozilik boshlanadi, xafa bo`lasiz, yomon ko`rasiz va qarabsizki, ko`nglingizda nafrat uyg`onadi. Xo`sh, nima uchun bunday bo`ladi? Chunki siz o`zingizni yaxshi ko`rmaysiz. O`zini sevmagan insonning mehr-muhabbati avvalo o`zi uchun, keyin atrofdagilar uchun xavfli bo`ladi.
«Ko`rishga ko`zim yo`q, tamom-vassalom!»
Ana shunday deb, toshdek qotib o`tiraversangiz, o`zingizga yomon qilasiz, xolos. Chunki yuqorida aytganimizdek, salbiy tuyg`ular koni zarar. Xo`sh, nima qilish kerak?
Bugundan o`z ustimizda ishlashni boshlaymiz. Ya`ni o`zingizga so`z bering: men bugundan hech kimni yomon ko`rmayman deb. Buning uchun hech kimga baho bermang. Ya`ni «Bu — yomon odam» deya.
Farzandlarimizga atrofdagi voqea-hodisalarga ijobiy tuyg`ular bilan qarashni o`rgataylik. Bu yo`lda, avvalo, ularga o`zimiz o`rnak bo`lishimiz kerak. Masalan, qaynona-kelin bir-birini xushlamagan oilada o`sgan bolalar yomon ko`rish — himoya vositasi yoki odatiy hol, deya katta bo`lishadi. Shuning uchun ham kimgadir bo`lgan salbiy munosabatingizni farzandlaringizga oshkor etmang.
Boricha qabul qiling. Shunda taqdir yo`llaringizda uchragan kishiga nisbatan ko`nglingizda nafrat tuyg`usi ildiz otmaydi. Masalan, «Biroz zaharligi bo`lsa-da, mardligi tahsinga sazovor», deng-da, hurmatingizni yo`qotmang. Axir har bir insonning o`ziga xos fe`l-atvori bilan birga ijobiy xususiyatlari ham bo`ladi. Shularni ko`ra biling.
O`zingizni yaxshi ko`ring. Chunki atrofidagi qaysidir odamni yomon ko`rgan kishida o`zidan qoniqmaslik hissi kuchli bo`ladi. Tashqi ko`rinishidan norozi odam ko`ziga sal husnsiz ko`ringanga xunuk deya tamg`a yopishtiradi. Yoki hech omadi yurishmayotgan bo`lsa, omadlining xushmuomalaligini mulozamatgo`ylikka yo`yib, uni ko`rishga ko`zi bo`lmay qoladi. Ko`pchilikdan «O`zingizni yaxshi ko`rishni bilasizmi?» deya so`rasak, «Ha», deydi. Isbot talab qilganimizda esa asosan: «O`zimdan pulni ayamayman...», «Istagan taomimni eb, istagan libosimni kiyaman» kabi jismoniy ehtiyojlar bilan bog`liq javoblarni olamiz. Aslida, o`zini sevgan inson xayollarini o`tib ketgan xafagarchiliklar, noroziliklar, ko`ngilsizliklar bilan band etmaydigan odamdir. Natijada kimnidir yomon ko`rmaydi. Nafrat bilan o`zini-o`zi qiynamaydi.
«Meni yomon ko`radi», deya birovning his-tuyg`ulari ustidan hukm o`qimang. Axir siz o`sha odamning ong ostiga sho`ng`imagansiz-ku! Miyasini rentgen qilmagansiz-ku, sizga hammasi besh qo`ldek ayon bo`lsa. Єo`pol munosabat bildirsa ham, ko`nglingizni og`ritsa ham, bunday xulosa qilishingiz noto`g`ri. U sizni ogohlantirayotgan, sizga ko`zgu tutayotgan yoki yaxshilik sog`inayotgan bo`lishi hech gapmas-ku!
Birinchi belgidanoq ko`zni oching. Avvaliga yoqtirmaysiz, keyin jig`ingizga tegadigan odatidan jahlingiz chiqadi, bora-bora bu agressiyaga aylanib, tilingiz va harakatlaringizga ko`chadi. So`ng nafrat timdalay boshlaydi yurakni. Birinchi belgini sezishingiz bilan avval o`zingizga nazar soling, nima uchunligini yuqorida ta`kidladik, keyin obe`ktni emas, unga bo`lgan munosabatingizni to`g`irlashga harakat qiling.
Xulosa
Hammani birdek yaxshi ko`rib qolish qo`limizdan kelmaydi. Ammo yomon ko`rmaslikka kuchimiz etadi. Buning uchun hech kimga hech qanday baho bermasak va o`zimizni sevsak bo`ldi. O`zini yaxshi ko`rgan insondan esa yomonlik chiqmaydi. Aytishadi-ku «Bu dunyoda hamma yaxshi, bu dunyoda bo`l yaxshi», deya. Sizni faqat va faqat yaxshi ko`rishlarini tilab qolamiz, yaxshilar!
Shoira VAFOEVA.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар