HOMILADOR AYoLLAR UChUN TAVSIYaLAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HOMILADOR AYoLLAR UChUN TAVSIYaLAR
- Дата релиза: 11-11-17, 18:36
Siz ayni paytda juda muhim davrni boshdan kechirayapsiz. Narsa va hodisalarni muhim va nomuhimga ajrating. O`zingizga e`tiborli bo`lib, atrofdagi ba`zi hodislarga ko`z yuming.
Musiqa tinglab, biroz toza havoda sayr qiling. Bu kun davomidagi muammolarni unutishga, charchoqni engishga ko`mak beradi.
Kishiga estetik zavq bag`ishlovchi, kayfiyatni ko`taruvchi filmlar ko`rish, suratlarni tomosha qilishning ham ayni payti. Hali chaqalog`ingiz tug`ilsa, yugur-yugurlaringiz ko`payib, bu qiziqarli mashg`ulotlarga vaqt topishingiz mushkul bo`ladi.
Tug`ilajak farzandingiz kelajakda dunyoqarishi keng, aqlli inson bo`lishini istaysiz, to`g`rimi? Demak, harakatni hozirdan boshlang. Badiiy kitoblar mutolaa qiling. Asarlar mavzusi va mazmuniga e`tiborli bo`lsangiz, bas.
Yuragingiz ostidagi ulg`ayayotgan dilbandingiz bilan suhbatlashing. Unga baxtli hayotni tasvirlang. Dunyoga kelishini kimlar intizor kutayotganini ayting. Kelajakdagi orzularingiz bilan o`rtoqlashing.
Atrofdagilarni yaxshi ko`rishga harakat qiling! Homiladorman, meni tushunishmayapti, deb ortiqcha injiqlik qilmang. Axir bolajoningiz injiq va qaysar tug`ilishini istamassiz?! To`g`rimi?
Kim bilandir tortishib qoldingizmi? Asabiylasha boshladingizmi? To`xtang! Kulib, biror nimani bahona qiling-da, xonani tark eting. Chuqur-chuqur nafas oling. Bolajoningizning dunyoga kelishi, uning jajji qo`lchalarini xayolingizda gavdalantiring. Shunda barcha muammolarni unutasiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар