Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Homiladorlar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Homiladorlar uchun eng zararli oziq-ovqatlar

Homiladorlar uchun eng zararli oziq-ovqatlar

Homiladorlar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Ayollar homiladorlik davrida iste’mol qilayotgan ovqatlari bola rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishini unutmasliklari lozim. Shuning uchun faqat foydali ovqatlarni yeyish va ona-bola organizmiga yomon ta’sir qiluvchi oziq-ovqatlardan voz kechish juda muhimdir. Bugun biz sizga homilador ayollar uchun eng zararli hisoblanuvchi oziq-ovqatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Baliq: nahang, qirolcha makrel, qilich baliq, shuningdek sushi. Bu baliqlar tarkibida homila sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi simob moddasi juda ko‘p. Sushilarda esa hamma xom baliqlardagi kabi gijjalar, bakteriya va viruslar ko‘p uchraydi.

Yog‘li va yaxshi pishmagan go‘sht: go‘sht qo‘shilgan xot-doglar va fast-fud mahsulotlari. Bu taomlardagi zararli bakteriyalar va parazitlar tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishiga, shuningdek homila tushishiga yoki muddatidan oldingi tug‘ruqlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Zararsizlantirilmagan sut va yumshoq pishloqlar: ular tarkibida zararli bakteriyalar bo‘lishi mumkin.

Spirtli ichimliklar va kofein (bir kunda 150 grammdan ko‘p bo‘lgan miqdori): homila rivojlanishini sekinlashtirishga, bolaning kichkina vaznli tug‘ilishiga yoki homila tushishiga olib kelishi mumkin.

“Chupa-chups” turidagi so‘riladigan shirinliklar, chaynaydigan konfetlar va pastila, shuningdek shokoladli batonchalar: ular tarkibida ko‘p miqdorda shakar va har xil kimyoviy qo‘shimchalar va bo‘yoqlar mavjud.

Gazli shirin ichimliklar: me’da-ichak yo‘llariga yomon ta’sir qiladi, chunki ular xavfli kimyoviy birikmalar, gaz va shakardan tashkil topgan.

Chipslar: sun’iy hid, rang va ta’m beruvchilar qo‘shilgan ko‘p miqdordagi uglevod va yog‘lar aralashmasidan tashkil topgan.

Do‘kon ketchupi,mayonez va qaylalari: tarkibi sun’iy hid, rang va ta’m beruvchilardan iborat.

Kolbasa mahsulotlari: ulardan ham ehtiyot bo‘lishni maslahat beramiz, chunki ularning tarkibida yashirin yog‘lar, ya’ni cho‘chqa terisi, salo va moylar, shuningdek sun’iy hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalar mavjud.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: