Homiladorlik davrida ko'p so'lak ajralishi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Homiladorlik davrida ko'p so'lak ajralishi
- Дата релиза: 20-06-14, 14:04
Ba'zi ayollar homiladorlik davrida ko'p so'lak ajralishini sezadilar. Bu holat ayniqsa, 1 trimestrda ko'p namoyon bo'ladi. Bunga qo'shilib jig'ildoq qaynashi ham kuzatiladi. Buning sababi nima ekan?
So'lakning ko'p ajralishi nima degani?
Tibbiyot tilida so'lakning ko'p ajraishiga ptializm deb ataladi. Bunda og'iz so'lakka to'lib ketib, uni chiqarib tashlashga ehtiyoj bo'ladi.
Homiladorlik davrida so'lakning ko'p ajralishiga sabab nima?
Bu holatga biron spetsifik sabab aniqlanmagan bo'lib, homilador ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlardan ko'radilar.
Buning zarari bormi?
So'lak oqishining homilador ayolga ham homilaga ham zarari yo'q. Lekin ba'zida ko'p so'lak oqishi jig'ildoq qaynashi va toksikoz alomatlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
So'lakning ko'p oqishi qachon namoyon bo'ladi?
Homiladorlikning 6 haftalaridan boshlanib 20-22 haftalarigacha davom etishi kuzatiladi. Juda kam hollarda ptializm bola tug'ilgunicha davom etishi mumkin.
So'lak ko'p ajralishining ijobiy tomoni bormi?
Ha, bor. So'lakning ko'p ajralishi natijasida enzimlar ko'p ajraladi. Ular esa homilador ayolda biroz buzulgan xazm qilish tizimini yaxshilaydi. Undan tashqari so'lakdagi antibakterial, antizambrug' proteinlar homilador ayolni og'iz bo'shlig'i va tishlarini himoyalab turadi.
So'lakning ko'p ajralayotgan holatini qanday yengillashtirish mumkin?
Tishni tez-tez yalpizlik tish pastasi bilan yuvib turing;
Tez-tez suv ichib turing;
Shakarsiz yalpizlik konfet shimib yuring. Bu so'lak ajralishini pasaytirmasa ham, so'lakni yuta olishga yordam beradi. Shirin va nordon konfetlarni shimmaslik kerak, ular so'lakning ajralishini kuchaytirib yuboradi.
Limonni yalang yoki so'ring;
Konfet ko'rinishidagi Vitamin C tabletkalarini shimib yuring;
Yalpizlik saqich chaynang. O'tkir yalpiz ta'mi yo'qolganda tashlab yuborishni unutmang.
Muhimi, bu holat deb asabiylashmaslik kerak. Doim yoningizda salfetka, dasturmol va qog'oz krushkalari bo'lishini ta'minlang. Bu holatingizni ayol hayotida atigi bir necha bor keladigan shirin homiladorlik davrining namoyondalaridan biri deb qabul qiling. Biroz o'tmay o'tib ketadi.

Смс Шерлар