Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Homiladorlik haqida eng muhim savol-javoblar
Homiladorlik haqida eng muhim savol-javoblar

Homiladorlik haqida eng muhim savol-javoblar

Homiladorlik haqida eng muhim savol-javoblar

1. Homiladorlik qachon vujudga
keladi?
Hayz ko'radigan ayol ovulyatsiya
payti jinsiy aloqada bo'lib, erkak
spermatozoidi ayolning yetilgan
tuxum hujayrasi bilan to'qnashib
bachadonga o'rnashib olsa,
homiladorlik yuzaga keladi.

2. Homiladorlik davri qancha
davom etadi?
Normada tibbiyot tilida 10
akusherlik oy, yoki 9 kalendar oyi,
yoki 280 kun yoki 40 hafta
homiladorlik davom etadi. Bu
ko'rsatkichdan u yoki bu
tomonga 10-14 kunga siljish ham
norma hisoblanadi.
Hazon.ru saytidan olingan

3. Homiladorllik davrida ishlash
mumkinmi?
Bu davrda shifokor aksini tavsiya
qilmagan bo'lsa, 32-34
haftagacha ishlash mumkin.

4. Homiladorlik payti jinsiy
aloqaning zarari yo'qmi?
Agar homiladorlik normal
kechayotgan bo'lib, bola yaxshi
rivojlanib kelayotgan bo'lsa,
homilador ayolning bunga
xohishi bo'lsa, jinsiy aloqaning
zarari yo'q.

5.Nega ba'zi ayollarda toksikoz
bo'ladi?
Homilador ayol organizmida
ko'plab gormonal o'zgarishlar
sodir bo'lishi tufayli toksikoz kabi
holat yuzaga kelishi mumkin.

6. Homiladorlik paytida dieta
tutish mumkinmi?
Dieta tutish aslo ta'qiqlanadi, bu
homila salomatligiga zarar
yetkazishi mumkin. Hazon.ru saytidan olingan

7. Homiladorlik davrining eng
muhim payti qachon?
Aslida homiladorlikning butun
davri juda muhim hisoblanib,
uning davomida ehtiyotkorlik
talab etiladi, lekin
homiladorlikning 1-3 va 7-8
oylarida ayol o'z salomatligiga,
yeyish - ichishiga va turmush
tarziga nihoyatda e'tiborli va
ahamiyatli bo'lishi darkor. Chunki
bu davrlarda bola tushish havfi va
muddatidan oldin tug'ish holati
yuzaga kelish ehtimoli bor.
8. Homiladorlik davrida nima
qilish mumkin emas?
Alkogol ichimlik ichish;
Chekish yoki chekadiganlar oldida
uzoq vaqt bo'lish;
Og'ir jismoniy ish yoki mashg'ulot
qilish;
Eskirgan yoki kimyoviy moddalar
qo'shilgan mahsulotlar iste'mol
qilish;
Shifokor tavsiyasini olmay, dori
qabul qilish;
Rengen muolajasini o'tkazish;
Kofe va koka-kola ichish.
9. Homiladorlik alomatlari
qanday?
Homiladorlik yuzaga kelganini
bilish uchun dorixonada
sotadigan homiladorlik testidan
foydalansa bo'ladi. Uni homilador
bo'lish uchun qilingan jinsiy
aloqadan so'ng keladigan hayz
kelish muddati 2 haftadan ko'pga
kechkayotganda o'tkazish
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Undan oldin o'tkazilsa test
homiladorlikni aniqla olmay, xato
qilib manfiy natija chiqarib
berishi mumkin. (Bu haqda
batafsil bu yerda o'qing).
10. Homilador bo'lishdan oldin
bola jinsini rejalashtirish
imkoniyati bormi?
Yuz foizlik rejalashtirishning iloji
yo'q. Bu yerdagi jadvallar asosida
bo'lajak bola jinsini 60-80%
aniqlik bilan rejalashtirsa bo'ladi.
Lekin eng asosiysi bolaning
salomat bo'lishi, jinsi emas.
11. Tug'luq boshlanganini
homilador ayol o'zi his qila
oladimi?
Ha, agar u tug'luq alomatlari bilan
tanish bo'lsa, o'zi bila olishi
mumkin.
12. Birinchi homiladorlik oson
kechadimi yoki keyingilarimi?
Hammada har xil. Ba'zilarda
birinchisi oson kechib, tug'ish
ham yengil o'tsa, keyingi
homiladorliklarda qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin.
Ba'zilarda aksincha, masalan,
birinchi juda tug'luq kechishi
mumkin. (megatarona.tk saytidan olindi)
13. Homilani qachongacha olib
tashlash mumkin?
Homilani olib tashlash din
tomondan ta'qiqlanadi. Shifokor
tavsiyasiga binoan (agar
homilada salomatligiga zid
patologiyalar mavjud bo'lsa yoki
homiladorlik davom ettirilishi ayol
umriga xavf solayotgan bo'lsa)
homiladorlikning 12 haftasigacha
homila olib tashlanishi mumkin.
14. Homiladorlik davrida homila
rivojlanishi haqida qanday bilsa
bo'ladi?
Buning uchun muntazam
ravishda shifokor huzuriga
borish kerak va homiladorlik
kalendari bilan tanishib chiqish
maqsadga muvofiq bo'ladi.
15. Homiladorlik yuzaga
kelganidan so'ng qachon
shifokor huzuriga borish lozim?
Homiladorlik aniqlangan zahoti
ginekolokka uchrash talab etiladi.
U kerakli tavsiyalarni beradi.
16. Bu davrda qanday analizlar
topshiriladi?
Asosan qon va siydik tekshiruvlari
va Ultra tovushli diagnostika
qilinadi. Kerak bo'lganda boshqa
qo'shimcha tekshiruvlar ham
amalga oshirilishi mumkin.


 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: