HOMILADORLIKDA AChITQI ZAMBURUG`I: XAVFLAR, SABABLAR, ChORALAR
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HOMILADORLIKDA AChITQI ZAMBURUG`I: XAVFLAR, SABABLAR, ChORALAR
- Дата релиза: 05-10-17, 09:11
Yoshim 25 da. Birinchi homilam nobud bo`ldi, sababi, mendan «achitqi zamburug`i» degan infeksiya topishdi. Endi ikkinchi homiladorlikni rejalashtirayapman. Bu zamburug` bo`lajak farzandimga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi uchun nima qilishim kerak? Shu zamburug` va u bilan kurashish yo`llari haqida ma`lumot bersangiz.
Mukarram, Farg`ona viloyati
Deyarli har bir ayol organizmida bo`ladigan, ammo qindagi o`ziga xos mikroflora ta`sirida passiv holatda yashaydigan achitqi zamburug`i, boshqacha qilib aytganda, «Candida» ko`pchilik ayollarga homiladorlik paytida talay noqulayliklarni tug`diradi. Yuqoridagi murojaat sabab bu masalaga oydinlik kiritamiz.
Mutaxassi — shifokor-ginekolog Mohira Sodiqova
Bu qanday zamburug`?
Endi kandida zamburug`i har bir organizmda yashashini yaxshi bilasiz. Bolalarimizning og`zi oqarib, stomatit bo`lib qoladi. Yoki ayollarning jinsiy a`zosi qichishib, oq rangli, noxush hidli ajralmalar paydo bo`ladi. Ana shu kandida zamburug`ining faollashishi oqibatidir.
Og`izda va qinda bu zamburug`larning ko`payib-kamayishini shilliq qavat mikroflorasi nazorat qiladi, ya`ni ularning avj olishiga yo`l qo`ymaydi. Ammo biron bir tashqi ta`sir sababli, olaylik antibiotiklar yoki stress tufayli, organizmda immunitet pasaysa, shilliq qavatdagi mikroflora buzilsa, kandidoz yuzaga keladi. homiladorlar esa kandidozga ko`proq chalinadilar, chunki organizmda ishlab chiqarilayotgan maxsus gormonlar tufayli immunitet susayib, leykositlar faollashadi, bu ham zamburug`ning ko`payishiga sabab bo`ladi.
Belgilari bormi?
homilador ayolda kandidoz homilasiz ayoldagi kabi belgilar bilan kechadi: qindan o`tkir hidli oq ajralmalar keladi, qichishish, achishish paydo bo`ladi, tashqi jinsiy lablar qizaradi, kichik hojatga borganda va jinsiy aloqa payti og`riq kuzatiladi. Faqat homilador ayol tez-tez hojatga borgani uchun bu og`riqni ko`proq va o`tkirroq his qiladi.
Davo choralarini ko`rish...
Homiladorlikda bu kasallikni davolash birmuncha muammoli. Chunki achitqi zamburug`i tizimli-majmuaviy davolashni talab etadi. Ya`ni ham tabletkalar ichish, ham surtma, shamchalarni mahalliy qo`llash kerak. Mahalliy qo`llanadigan vositalarga cheklovlar kam, ammo zamburug`ga qarshi ichga qabul qilinadigan dorilarning aksari nojo`ya ta`sirlari tufayli homilador ayolga tavsiya etilmaydi. Shu sababli homilador ayol kandidozga yo`liqsa, o`zboshimchalik bilan emas, shifokorning qat`iy nazorati ostida davolash kerak.
Eng to`g`ri yo`li, homiladorlikni rejalashtirayotganda bu kasallikni aniqlash uchun tahlillar topshirish, aniqlangan taqdirda, uni davolab, keyin homilador bo`lish kerak. Odatda, davo choralari to`g`ri amalga oshirilsa, achitqi zamburug`ini davolashga o`rtacha 7 kun ketadi. Shuning uchun homilador bo`lishdan avval dardga yo`liqmay turib, uning oldini olish osonroq. Buning uchun maxsus vositalarni kasallikning darajasiga qarab shifokor yozib beradi. Aslo o`zboshimchalik bilan davolanmang, chunki bu zamburug` juda ayyor. Ma`lum muddat davo choralari ta`sir qilgandek tuyulib turadi-da, keyin badtar qo`zg`alishi mumkin.
Achitqi zamburug`ining homilaga ta`siri
Ayni paytda achitqi zamburug`ining homilaga keskin va yomon ta`sir qilishi haqida ma`lumotlar yo`q. Chunki homila bachadon va yo`ldosh vositasida yaxshi himoyalangan bo`lib, zamburug` bu himoya qobig`ini yorib o`ta olmaydi. Nari borsa, bola tug`ilayotganda qin yo`lida uni yuqtirib olishi va tug`ilgach og`zi og`rib, oqarib qolishi mumkin.
Mushtariyimizning murojaatida homilaning nobud bo`lishiga achitqi zamburug`i sabab qilib ko`rsatilyapti. Ammo ba`zida jinsiy yo`l bilan yuqadigan xavfli infeksiyalar – gonoreya, trixomoniaz, xlamidiya va bakterial vaginit kabi kasalliklarning belgisi ham kandidozga o`xshaydi. homila asosan shu infeksiyalar tufayli nobud bo`lishi mumkin. Ayni sababdan qaytadan tahlillar topshirishni va yuqorida biz sanagan xavfli infeksiyalarga ham surtmani tekshirtirishni tavsiya qilamiz.
Shahina tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар