HOMILADORLIKDA GINGIVIT
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HOMILADORLIKDA GINGIVIT
- Дата релиза: 27-09-17, 15:37
Gingivit — milklar yallig`lanishi. 9 oy davomida milklar juda og`ir ahvolda qoladi: zaflashadi, shishadi, qonaydi... Ba`zida hatto tish yuvish jarayonida ham cho`tka bilan ularga zarar etkazib qo`yish xavfi tug`iladi.
Buning sababi ham immunitet pasayishi va so`lakning bakteriosid xususiyati kamayishiga bog`liq. Vitaminlar, xususan, A (retinol) va S (askorbin kislotasi) tanqisligi ham muhim rol o`ynaydi. Gingivit ko`pincha vazomotor rinit (burun yallig`lanishi) bilan birga kechadi. Agar burun doim bitib, og`izdan nafas olib yurishga to`g`ri kelsa, milklar shilliq qavati qurib, himoya funksiyasini bajarolmay qoladi.
Qanday tish pastasidan foydalanayotganingiz ham katta ahamiyatga ega. Ko`pincha yallig`langan milklar uchun dezinfeksiyalovchi tish pastalari tavsiya etiladi. Ammo ularni 14 kundan ortiq qo`llash mumkin emas. Shuningdek, milklarda stomatit paydo bo`lishi ham homiladorlarni ko`p bezovta qiladi. Bu hol immunitet pasaygani sababli faollashgan kandida zamburug`lari tufayli yuzaga keladi.
Maslahat. Tishlarni yuvib bo`lganingizdan keyin eman daraxti po`stlog`i (kora duba), qichitqi o`t (krapiva)dan damlama tayyorlab, yoki soda yo perekis-vodorod eritmasi bilan chaying.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар