HOMILADORLIKDA TO`LIShMASLIKNING 8 ChORASI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HOMILADORLIKDA TO`LIShMASLIKNING 8 ChORASI
- Дата релиза: 11-10-17, 14:08
— Turmushga chiqqanimda 58 kg edim. Biroq homiladorlik davrida juda “erkalanib” ketdim, shekilli, tug`ruqqa olib kirib ketishayotganida vaznim 87 kg chiqdi.Tug`ruqdan keyin va emizish davrida esa ozolmadim. Faqatgina bolam 2 yoshga kirganida uni ko`krakdan ajratib, o`z holimga qaytdim. hozir ikkinchi farzandimga homiladorman, yana semirib ketishdan qo`rqyapman. Menga bu borada tavsiya bera olasizmi?
Zilola, 25 yosh, Toshkent shahri
Baxtga to`la 9 oy davomida ayol 8-10 kg vazn to`plashi tabiy hol sanaladi. Agar tarozi ko`rsatkichi undan ham ko`prog`ini ko`rsatsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Negaki, homilador ayolni shishlar bezovta qilayotgan bo`lishi mumkin. Vazn har bir organizmning o`ziga xos jihati bo`lib,barchada ham bir xil holat kuzatimaydi. Ammo hammaga birdek foydali tavsiyalar mavjud.
Nonushta qiling!
Bo`shqorong`ulik yoki homiladorlikdan avvalgi odatiga ko`ra, aksariyat ayollar nonushta qilishdan bosh tortishadi. Bu noto`g`ri! Kechki ovqatdan keyin va uyqu vaqtida siz kamida 8–9 soat ovqatlanmagan bo`lasiz. Bu vaqt davomida tana sarflagan kaloriyalarning o`rnini to`ldirish lozim. Aks holda, tushlik vaqtida keragidan ko`p tamaddi qilib yuborasiz.
Shaxsiy taomnoma tuzing!
Bugun tushlikka yoki kechki ovqatga nima eysiz? Agar bilmasangiz, organizm uchun keraksiz shokolad yoki chips iste`mol qilishingiz xavfi oshadi. homilador ayolning ishtahasi tushunarsiz bo`lib, istagan vaqtda turli xil narsalarni egisi keladi. Agar qat`iy taomnomangiz bo`lsa, doim yoningizda olma, mayiz-yong`oq va yogurt olib yuring. har ehtimolga qarshi...
Uyda ovqatlaning!
Kafe, restoran va oshxonalarda ovqatlanishni kamaytiring. Taomlar xilma-xilligi sizni qiynab qo`yishi bilan birga, u erda keragidan ko`p ovqat eb qo`yasiz. Shuningdek, qahva hamda choy miqdorini kamaytiring (homila uchun kerakli foliy kislotasini organizmga singdirmaydi). Qornim dam bo`lmasin, desangiz, gazli ichimliklar ichmang!
Organizmingizga quloq tuting!
Qaynonagiz «ikki kishi uchun ovqatlaning» deydi, onangiz esa «yana bir bo`lak xasipdan ol» deb undaydi. Eringiz esa hammadan berkitib cho`ntagida siz uchun shokolad olib keladi... Ana shunday qilib, asta-sekin ortiqcha grammlar kilogrammga aylanadi. Keragidan ortig`ini emang! homiladorlik davrida ikki kishining ovqatini emas, ikki kishiga foyda va quvvat bo`ladigan tamolarni iste`mol qilish lozim.
Taqiqlangan mahsulotlar
Dudlangan, achchiq, sho`r, nordon, shirin, gazli, kremli va undan tayyorlangan mahsulotlar mumkin emas! har holda ularning miqdorini kamaytirish kerakligi aniq. Imkon qadar tabiiy mahsulotlarni iste`mol qiling. Birinchidan, homila va bo`lajak ona uchun qadoqlangan chipsdan ko`ra bitta bodring foydali. Ikkinchidan, esa semirtirmaydi! Shishlar kuzatilmasa, kuniga 2 litrdan kam suyuqlik ichmang.
Jismoniy mashqlarni cheklamang!
Homiladorlik kasallik emas! Agar sizning holatingizda turli ta`qiqlar bo`lmasa, shifokor bilan maslahatlashib, homiladorlikdan avval shug`ullanib yurgan jismoniy mashg`ulotlaringizni davom ettiring. Toza havoda piyoda sayr qiling. O`tirib ishlasangiz, har soatda 5-10 daqiqa yurishga harakat qiling.
Tunda ovqatlanmang!
Homiladorlik o`zining iroda kuchini sinash davri emas. Agar tungi soat 12:00 da qorningiz ochqasa, organizmingiz talabi bilan bahslashmang. Bu vaqtda ilitma palovdan ko`ra, bir stakan iliq sut, qatiq yoki meva iste`mol qilishingiz maqsadga muvofiq.
Och yurmang!
Avvalo homilaga zarar. Keyin qorningiz uzoq vaqt och bo`lsa, ishatahangiz ham karnay bo`lib ketadi. Kuniga 5-6 marta oz-ozdan ovqatlaning. Nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik, tolmas choy, kechki ovqat va uyqudan oldin bir stakan kefir — mana siz uchun tartib! Unga rioya qiling!
Dilnoza MIRTOLIPOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар