HUSNBUZARDAN QOLGAN ChUQURChANI QANDAY KETKAZAY?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: HUSNBUZARDAN QOLGAN ChUQURChANI QANDAY KETKAZAY?
- Дата релиза: 13-09-17, 21:32
HUSNBUZARDAN QOLGAN ChUQURChANI QANDAY KETKAZAY?
-Bundan 3-4 yil avval yuzimdagi husnbuzarni siqqanimda, o`rnida yara hosil bo`lib, gazak olgan. Keyinchalik o`sha sohada chuqurcha paydo bo`ldi. Bilishimcha, buni piling yordamida to`g`irlash mumkin ekan. Menga qanday maslahat berasiz?
Sitora, Bo`stonliq tumani
Maxbuba MAMANOVA, kosmetolog: — Aslida husnbuzarlar organizmdagi turli yallig`lanish jarayonlari va salomatlikdagi o`zgarishlardan darak beradi. Husnbuzarlar yara shaklida paydo bo`lsa, yallig`lanishga qarshi muolaja turlarini qo`llash kerak. Ularni siqish yoki yorish mumkin emas. Aks holda sizdagi kabi teri kataklari zararlanib, chuqurcha hosil bo`lishi yoki dog` tushishi mumkin. Sizning holatingizda kosmetologiya klinikalaridagi piling muolajasi yoki lazer nuri yordamida davolash terapiyasiga murojaat qilishingiz mumkin. Bu kabi muolajalarda teri chuqurchasi to`ldirilib, ustki qavati tekislanadi. Bu borada kosmetologiya xizmatiga murojaat etganingiz ma`qul. Chunki muolajadan avval teri qatlamining maxsus tekshiruvi o`tkazilib, so`ng davolash ishlari bajariladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар