Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » HUSNBUZARGA SABAB STRESSMI? 7 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ
HUSNBUZARGA SABAB STRESSMI? 7 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ

HUSNBUZARGA SABAB STRESSMI? 7 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ

HUSNBUZARGA SABAB STRESSMI? 7 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ
Umri davomida yuziga yoki tanasiga biror marta bo`lsa ham husnbuzar toshmagan inson bo`lmasa kerak. haqiqatdan yiroq, kimlarnidir qo`rqituvchi, ba`zan esa muammoni chigallashtiruvchi «afsonalar» yillar davomida vujudga kelgani ham mubolag`a emas. Xo`sh, husnbuzarlar haqida bilganlarimiz rostmi? Keling masalaga oydinlik kiritamiz.

«Bu faqat o`smirlarning muammosi»

husunbuzarodatda 13-15 yoshli o`smirlarda paydo bo`ladi. Shu sababdan ham ko`pchilik bu holatni faqat yoshlar muammosi, deb qaraydi. Ba`zilar esa turmush qurgach o`tib ketadi, deydi. Albatta, teri usti toshmalari organizmdagi gormonal o`zgarishlar bilan bog`liq, ammo vaqtida davolanmagan husnbuzarlar vaqt o`tgach zo`rayib ketmasligiga kim kafolat beradi?Shuning uchun bu muammoni vaqt hukmiga tashlagandan ko`ra, tashabbusni qo`lga olib u bilan kurashgan afzal.

«Bariga stress aybdor»

Chindan ham kuchli stress toshmalarni ko`paytirishi mumkin. Ammo organizda gormonal o`zgarish yoki nasliy moyillik bo`lmasa, hech qanday ruhiy zo`riqish o`z o`zidan husnbuzar toshishiga sabab bo`lmaydi.

«Quyosh nuri davo»

Aslida, mutaxassislar yoz quyoshi ostida «davolangan» bemorlarda kuzga kelib yallig`lanish jarayoni ko`proq uchrashini ta`kidlashada. Shunga qaramay oftob husnbuzarlardan xalos qiladi, degan fikr kishilar ongiga o`rnashib olgan. Chindan ham ultrabinafsha nurlari terini dizenfeksiya qilish xususiyatiga ega, biroq bu uzoq davom etmaydi. Toblanish ba`zi muammolarni ma`lum muddatgina bartaraf etadi. Biroq quyosh nurlari immun tizimini susaytirishini ham unutmaslik darkor.

«Kosmetika vositalari sababmi?»

ha, agar siz sifatsiz kosmetik vositadan foydalansangiz. Ammo hozirda ishlab chiqaruvchilar terining nafas olishga imkoniyat beruvchi zamonaviy atir-upalar taklif etmoqdalar. hatto «non comedon»yozuvi uchraydi. Bu yozuv terida tiqin hosil qilmaydi, degan ma`noni anglatadi.

«Bir marta yuzni tozalatgach, doimiy muolaja qilish shart»

Bu ma`lumot ikki karra xato. Faqat tozalash muolajasi yordamida husnbuzarlardan xalos bo`lishning imkoni yo`q. Nomidan ham ma`lumki bu amaliyot faqat terini tozalab, uning holatini yaxshilaydi va toshmalar ko`payishining oldini oladi.

«Yuzni bug`ga tutish kerak»

Qaynagan suv bug`iga yuzni tutib muolaja qilish teri kataklarini kattalashtirib, tozalaydi. Ammo bu usul ham husnbuzarlardan xalos bo`lishda foyda berishi ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Bundan tashqari muolajaning bir qancha qarshi ko`rsatmalari bo`lgani tufayli, tavakkal qilishdan oldin yaxshilab o`ylab ko`ring.

«Spirt yordam beradi»

Ko`p yillar davomida spirt asosida tayyorlangan losonlardan husnbuzarlarga qarshi vosita sifatida keng foydalanilgan. Ammo spirt terini quritib yuborgani tufayli bugungi kunga kelib, kosmetologiyada undan deyarli foydalanilmaydi. Uy sharoitida ushbu vositadan foydalanganlar esa bir vaqtning o`zida yog`li va quruqshagan teridan aziyat chekadilar.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: