Husnbuzarlar haqida siz bilmagan qiziqarli ma`lumotlar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Husnbuzarlar haqida siz bilmagan qiziqarli ma`lumotlar
- Дата релиза: 11-04-17, 12:04
E`tiboringizga husnbuzarlar haqida siz bilmagan bir qator qiziqarli ma`lumotlarni taqdim etamiz:
Husnbuzarlar kishi organizmida biror kasallik, chunonchi, me`da-ichak, jigar, asab kasalliklari borligidan yoki boshlanganidan dalolat beradi. Bu sharoitda husnbuzardan qutulish uchun kasallikka qarshi davolanish kerak bo`ladi!
Peshonaning soch o`sadigan qismidan chiqqan xusnbuzarlar insonning o`t qopi xasta ekanini bildiradi!
Husnbuzar toshganda, sut va sut mahsulotlari, meva, sabzavot, oshko`klarni va ularning sharbatlarini iste`mol qilish lozim!
Husnbuzarlarni siqish, igna bilan yiringini chiqarish, turli niqoblar yordamida yo`qotishga urunish xavfli. Shu bilan birga sovuq, iflos suv bilan yuvish va yuvilmagan qo`l bilan tegish mumkin emas!
Yuz terisiga husnbuzar toshgan kishilarga o`ta achchiq, sho`r, o`tkir, yog`li, shirin taomlarni iste`mol qilish, spirtli ichimliklarni ichish, tamaki, nos kabilarni chekish mumkin emas!
Aniqlanishicha, husnbuzar bilan bog`liq muammolari bo`lgan kishilar ichida ishsizlar soni ko`p ekan.
Husnbuzar toshayotganidan shikoyat qilib, shifokor huzuriga boruvchi bemorlarning 2/3 qismini ayollar tashkil qiladi.
Husnbuzarlarning toshishi organizmda turli kasalliklarning borligidan dalolat berishi tasdiqlangan, biroq A, V, yod kabi vitaminlar ham uning paydo bo`lishiga olib kelishini ko`pchilik bilmaydi.
Stress holatida yashaydigan kishilarning aksariyatiga ham husnbuzar hamrohlik qiladi.
Husnbuzar toshishining sababi aniqlanib, uning ko`payishiga qarshi chora ko`rilmasa, u tobora rivojlanadi va toshgan joyida tiklab bo`lmas chandiqlarning qolishiga olib keladi.
Olimlarning so`zlariga ko`ra, yuziga husnbuzar toshadigan insonlarning o`ziga bo`lgan ishonchning susayishi va ko`rinishidan qoniqmaslik holatlarida yuzaga kelar ekan.
Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, husnbuzarlar kosmetikadan doimiy ravishda foydalanuvchi ayollarda ko`proq uchraydi, degan fikr noto`g`ri. Ayollarni tinchlantirish maqsadida ba`zi yuz terisi uchun krem ishlab chiqaruvchi kosmetika kompaniyalari krem qadog`ining ustiga “non comedon” – ya`ni krem teridagi teshiklarni kattalashtirmasligi va husnbuzarlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lmasligi haqida yozishadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар