«IKKITASI BIRDA» PIROGI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: «IKKITASI BIRDA» PIROGI
- Дата релиза: 16-11-17, 18:45
Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 grammdan un, 250 gr margarin, 200 ml. qatiq, 200 ml. smetana yoki qaymoq, tuz; ichiga solishga: 250 gr. pishloq, 400 grammdan tovuq go`shti va qo`ziqorin, 2 bosh piyoz, 1 dona tuxum sarig`i, 1 osh qoshiq kunjut, tuz; sous uchun: 50 gr. margarin, 200 ml. sut, 1 osh qoshiq un, yong`oq.
Tayyorlanishi: 1. Muzlatilgan margarinini qirg`ichdan o`tkazing, 200 gr. qaymoq yoki smetana, un qo`shing-da, aralashtiring. Tuz va qatiq solib xamir tayyorlang. Zuvala yasab, sellofanga o`rang-da, 1 soatga muzlatkichda qo`ying.
2. Margarini quruq tovaga solib, sut qo`shing-da, aralashtirib turgan holda eriting. Un, tuz va maydalangan yong`oq solib, qaynating. So`ngra olovdan oling.
3. Qo`ziqorin va piyozni maydalab to`g`rang, qizdirilgan margarinda qovuring. Qaynatilgan tovuq go`shtini maydalab to`g`rab, qo`shing-da, biroz qovurilgach, olovdan oling.
3. Zuvalani katta va bitta kichik bo`laklarga bo`ling. Kattasini yoyib, yog`langan qolipga soling-da, chetlarini ko`tarib chiqing. Ichiga tovuq go`shtli qiymani solib, ustidan sariyog`li sousni quying. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazib, pirog yuziga seping.
4. Ikkinchi bo`lak xamirni yupqalab yoying-da, sanchqini ustidan yurgizing. So`ngra pirog ustini yoping. Shunda pirog yuzi panjarasimon bo`ladi. Yuziga tuxum sarig`i surtib, kunjut seping-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 20 daqiqa.
5 kishilik.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар