Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Internet ishlamay qolganida nima bilan shug‘ullanish mumkin?
Internet ishlamay qolganida nima bilan shug‘ullanish mumkin?

Internet ishlamay qolganida nima bilan shug‘ullanish mumkin?

Internet ishlamay qolganida nima bilan shug‘ullanish mumkin?
Juda yomon voqea sodir bo‘ldi: sizda internet ishlamay qoldi. Buning sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin: provayderning nimasidir buzilgan yoki o‘z vaqtida to‘lashni unutgansiz yoki boshqalar.

Quyidagi 15 ish sizga vaqtni qisqartirishga va hatto yangi malakalar olishga yordam beradi.

Kitob shkafida taftish o‘tkazing. Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirib chiqing, varaqlang, birontasini o‘qishni boshlang.
Yig‘ishtiring. Balki oshxonada yuvuqsiz idishlar to‘planib qolgandir, hamma joyni chang bosgandir.
O‘z fikrlaringizni yozing. Kelgusi oy uchun reja tuzing, birinchi millionni nimaga sarflash haqida xayol suring.
Vaqtingizni uy hayvonlari bilan o‘tkazing.
Uxlang. Uyqu ham seriallar kabi qiziqarli bo‘ladi.
Do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling.
Qarindoshlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. Nafaqat ota-onangiz bilan, balki bobo, buvingiz bilan ham gaplashing.
Biron nimani tuzating. Balki sizda oyog‘i singan stul bo‘lishi mumkin.
Balkonni yig‘ishtiring. Ko‘pchilik uni eski va keraksiz narsalarni saqlaydigan ombor sifatida ishlatadi. U yerga qarashga va hamma lash-lushlarni tashlab yuborishga o‘zingizda kuch toping.
Musiqa asbobini chaling. Fortepyano, gitara, garmoshka, yog‘och qoshiqlar — deyarli har bir uyda bularning birontasi albatta topiladi.
Sayr qiling. Smartfonsiz va cheksiz xabarlarsiz sayr qilishning gashti o‘zgacha bo‘ladi.
Muzeyga boring. Muzeyda ham juda ko‘p yangi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
Kinoga tushing. Katta ekran qarshisida va popkorn bilan maza qilib yangi filmni tomosha qiling.
Stol o‘yinlari kechasini tashkil qiling. Hayron bo‘lmang, lekin ko‘pchilik do‘stlaringiz va tanishlaringiz kelib o‘ynashga rozi bo‘ladi!
Sport bilan shug‘ullaning. Mashq qilish, yugurish bilan— tanangizni his qilasiz, uni uyg‘otasiz.
Esingizda tuting: vaqtincha ma’lumotlar oqimidan chiqish va haqiqiylik bilan yolg‘iz qolish hech qo‘rqinchli emas.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: