Ish salomatligingizga putur yetkazishining 4 belgisi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ish salomatligingizga putur yetkazishining 4 belgisi
- Дата релиза: 21-01-18, 22:56
Agar siz ko‘p ishlasangiz, organizmingiz o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq stressni boshidan kechiradi — buning sabablari har doim ham ayon bo‘lmasligi mumkin. Siz o‘z ish haftangizni biroz yengillashtira olishingiz uchun quyidagi bandlar hayotingizda ishtirok etish yoki etmasligini tekshirib ko‘rishni taklif qilamiz.
Siz hamma vaqt o‘tirib ishlaysiz
Agar odam ofisda ishlasa, u deyarli butun kunni o‘tirib o‘tkazadi. Bu sog‘liqqa yomon ta’sir ko‘rsatadi. Shifokorlarning aytishicha, har kuni 8 soatdan ortiq o‘tirib ishlash diabet va yurak kasalliklariga olib keladi.
Organizmga yordam berishning bir necha usullari bor: har soatda kichikroq mashqlar bajarib turish, ko‘proq piyoda yurish uchun mashinani ofisdan uzoqroqda qoldirish yoki hamma qo‘ng‘iroqlarga tik turgan holatda javob berish.
Siz tushlikni o‘tkazib yuborasiz
Hatto ishingiz shunchalik ko‘p bo‘lsa ham tushlik tanaffus uchun hech bo‘lmasa 30 daqiqa vaqt ajratishingiz zarur. Bir vaqtning o‘zida xatlarga javob berish va tushlik qilish — vaqtni tejashning eng yaxshi usuli deb o‘ylaysizmi? Bu organizmga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi.
Siz tez-tez ishda ushlanib qolasiz
Haftalar davomida ish vaqtidan tashqari vaqtda ishlagan kishilar ko‘pincha qattiq charchashini e’tirof etadi. Ularga agar kamroq uxlasa ko‘proq ish bajarish mumkindek ko‘rinadi, lekin bunday rejimda konsentratsiya yomonlashadi, unumdorlik esa sezilarli darajada pasayadi.
Turku universiteti ruhshunoslari tadqiqot o‘tkazdi va uyqu yetishmasligi yoki sifatsiz uyqu kognitiv buzilishlarga: xotiradagi kamchiliklar, qaror qabul qila olmaslik, diqqatning tarqoqligiga olib kelishini isbot qildi.
Agar o‘z vaqtida ketishning iloji bo‘lmasa, me’yor belgilashga harakat qiling — dam olishga yetadigan vaqt qolishi uchun siz qachon kompyuterni albatta o‘chirishingiz kerak.
Siz uxlash oldidan xatlarga javob berasiz
Siz hatto yotishda ham yozishmalarni davom ettirasizmi? Demak, ofisdan allaqachon ketgan bo‘lsangiz ham dam olish o‘rniga ish haqida o‘ylashni davom ettirasiz.
Biron bir muhim ishni unutib qoldirishdan qo‘rqishingizni tushunish mumkin, lekin ba’zi xatlar ertalabgacha bemalol kutib tura oladi. Agar vazifangiz doimiy band bo‘lishni talab qilsa, o‘zingiz uchun qoida belgilang — masalan, ishga aloqador xatlarni uxlashgacha bo‘lgan ikki soat davomida ochmaslik.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар